text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
8 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
Toshkent shahrining yashil maydoni (butalar va maysalar ham kiritiladi) qariyb 30%ni (hokimiyat o‘lchovi bo‘yicha — 26,84%) tashkil etadi. 3 foizlik ko‘rsatkichni O‘zgidromet vakili texnik xato tufayli e’lon qildi, deyiladi markaz xabarida. Hokimiyat yashillik ko‘rsatkichi qanday aniqlanishini tushuntirdi.
O‘zgidromet rahbarining birinchi o‘rinbosarining fikricha, qurilishlar sabab O‘zbekistonda havo ifloslanishi muammolardan biriga aylanib bormoqda. «Qurilishlar baribir bir kun to‘xtaydi. Mutaxassis sifatida aytaman, 5−10 yildan keyin shahar havosi yaxshi bo‘ladi», — dedi Ibratjon Karimov.
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirildi. Xuddi shuningdek, Rossiya fuqarolarining O‘zbekiston hududida registratsiyasiz bo‘lib turish muddati 3 kundan 15 kunga uzaydi.
Andijon viloyati XTB boshlig‘i Azizbek Mirkomilov budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi tariqasida hibsga olindi. Seshanba kuni Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov protsessual tartibda ushlangani ma’lum bo‘lgandi.
Sud rossiyalik sayyohning dronini davlat foydasiga musodara qilish va O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshirish haqida qaror chiqardi. Uskunaning narxi 2000 dollarga baholanmoqda.
Urganchda kunduzi gavjum ko‘chada avtomobil haydovchisi shafqatsizlarcha o‘ldirib ketildi. Bir kishi qasddan odam o‘ldirishda, yana biri bezorilikda ayblanib hibsga olindi, bezorilikda ayblangan yana olti nafar shaxs tilxat asosida ozod qilindi.
Avstriyaning «UniCredit Bank Austria AG» banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalar transferini moliyalashtirish uchun 7,9 mln yevro ajratdi. Ushbu imtiyozli mablag‘lar «Bauer GmbH» kompaniyasining yomg‘irli sug‘orish uchun innovatsion texnologiyalarini xarid qilishga sarflanadi.
2022 yilda erkin iqtisodiy va sanoat zonalariga elektr, gaz va suv kommunikatsiyalarini o‘tkazish dasturi tasdiqlandi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, ularning uchdan birida elektr, gaz, suv va kanalizatsiya yo‘qligini tanqid qilgandi.
BMTTD, Islom taraqqiyot banki va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Orolbo‘yida yangi loyihani ishga tushirdi — arxitektura-loyiha institutlari hamda hududiy arxitektura va qurilish boshqarmalari vakillari ekologik toza muhandislik loyihalari va bosh rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘qitiladi.
Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qariyb 41 foizi yotoqxona bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qilgan. 2 qavatli karavotlar, turar joylarni optimallashtirish, yangi yotoqxonalar hisobiga o‘rinlar soni ko‘paytirildi.
Wizz Air Abu Dhabi loukasteri O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi. Kuzda aviakompaniya mamlakatning ikki shahriga to‘rtta reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Import oziq-ovqatlar, jumladan kartoshka, go‘sht, yog‘, un va shakar «birinchi qo‘l» tamoyili asosida o‘rtakashlarsiz bozorga chiqarilmoqda, dedi Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i Dilshod Rahimov. Yil boshidan beri narxlarni manipulyatsiya qilgan 187 nafar shaxsga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistonda yil boshidan buyon Suriyadagi «Islom davlati» va «Tavxid va jihod katibasi» terrorchilik tashkilotlarga aloqador 4 ta yashirin, 10 ta «virtual» guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib, ular faoliyatiga chek qo‘yildi.
Samarqand viloyati FVB Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida yuz bergan yong‘in oqibatida jami 16 ta do‘konning 240 kv.m. maydoniga zarar yetganini ma’lum qildi. Avvalroq, uchta do‘konning shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari zararlangani aytilgandi.
Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga 55 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi To‘rtko‘l tumanidan o‘tgan avtomagistralda yonib ketdi. Voqea tunda sodir bo‘lgan, taxminan yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka sertifikati 5 yilga beriladi. Sertifikat DXM va YAIDXP orqali taqdim etiladi, buning uchun BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ukrainadagi urush Rossiyaga kuchli bog‘langan iqtisodiyotlar uchun tashqi savdo xatarlarini keltirib chiqardi. Shunga qaramay, mart-aprel holatiga O‘zbekiston tashqi savdosi sog‘lom ko‘rsatkichlarda o‘sdi. «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyevning ta’kidlashicha, bu tendensiya kelgusi oylarda o‘zgarishi mumkin. | 5Jamiyat
|
«Hokimning mahallasi» degan tushuncha bo‘lmasligi kerak – Shavkat Mirziyoyev qurilishlardagi korrupsiya haqida gapirdi
“Jizzax viloyatida aholining uy-joy bilan bog‘liq masalalarini hal qilish maqsadida kelgusi besh yilda jami 18 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi, uy-joyga muhtoj 3 mingta ehtiyojmand oilaga 120 milliard so‘m subsidiyalar ajratiladi.
Sharof Rashidov, Zomin, G‘allaorol, Baxmal, Paxtakor va Forish tumanlarida ehtiyojga qarab, 6 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha, shifoxona, savdo markazi kabi obektlardan iborat Yangi O‘zbekiston massivlari barpo etiladi.
Shu bilan birga, Jizzax shahri aholisi bugungi kunda 180 mingdan oshib, kelgusi besh yilda 230 mingga yetishi kutilmoqda. Lekin, shaharning infratuzilmasi 50 yil ichida ancha eskirib, hali ham 50 ming aholiga mo‘ljallangan desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Sohada haligacha korrupsiya bor. Endi faqat sifatga e'tibor beriladi. Mahallani tanlashdan ham voz kechish kerak. “Hokimning mahallasi” degan tushuncha bo‘lmasligi kerak. Hamma mahallalarda qulayliklar bo‘lishi lozim. Endi zarur mablag‘ ajratiladi, lekin jamoatchilik buni nazorat qilishi kerak. Shunda inson qadri degan tushunchaga munosib ish qilgan bo‘lamiz”, – dedi prezidentlikka nomzod. | 8O‘zbekiston
|
Putin: AQSh KXDRning qarorlaridan qat’iy nazar raketaga qarshi mudofaa tizimini kengaytirishga bahona topadi
Shimoliy Koreya yadroviy dasturni to‘xtashini ma’lum qilgan taqdirda ham AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimini kengaytirishga bahona topadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Agar ertaga Shimoliy Koreya yadroviy sinovlarni va raketa dasturini to‘xtatishini ma’lum qilsa, AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimlari qurilishi boshqa bahona bilan yoki hech qanday bahonasiz davom etadi — Yevropada hozir shunday qilinyapti. Biz, albatta, bu haqda o‘ylashimiz kerak”, — dedi Rossiya rahbari. | 2Dunyo
|
Kroyf oltin medal bilan mukofotlandi
Niderlandiya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi marhum Yoxan Kroyfni Barselona shahar ma'muriyati sportdagi xizmatlari uchun oltin medal bilan mukofotladi.
Eslatib o‘tamiz, Kroyf shu yilning 24 martida 69 yoshida saraton kasalligidan so‘ng vafot etgandi.
Ushbu afsonaviy futbolchi o‘z faoliyatini «Ayaks» va «Barselona» jamoalariga bag‘ishlagan. U futbolchi sifatida 8 marta Niderlandiya chempioni, 1 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Niderlandiya terma jamoasi safida 1974 yilgi Jahon chempionatining kumush medalini, 1976 yilda esa Yevropa birinchiligining bronza medalini qo‘lga kiritgan. | 13Sport
|
Server Jeparovga Avstraliyaning “Sidney” klubi qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Server Jeparov Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyunday” klubida faoliyat olib borayotgan edi. Ammo koreys klubi shartnomasi yakunlanib borayogan o‘zbekistonlik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishni istamadi va Jeparov “Ulsan”ni tark etdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Nashr bergan ma’lumotlarga qaraganda, 33 yoshli tajribali yarim himoyachi xizmatlariga Avstraliyaning “Sidney” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ortda qolgan mavsumda Avstraliya A Ligasida ikkinchi pog‘onani egallagan mazkur klub kelasi yili Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etadi. Shu sababli “Sidney” Osiyo maydonlarida tajriba to‘plagan futbolchi qidirmoqda va Jeparov bu borada asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Agar tomonlar kelisha olsa, Server Jeparov Avstraliya A Ligasida to‘p surgan ilk o‘zbek futbolchisiga aylanadi.
Ta’kidlab o‘tamiz, Server Jeparov shu paytga qadar “Seul”, “Ulsan Xyunday” (Janubiy Koreya) va “Al Shabab” (Saudiya Arabistoni) kabi xorijiy jamoalarda faoliyat olib borgan. | 13Sport
|
EXHT prezidentlik saylovlarini bo`lib o`tganligini tan oldi
YXHT Parlament Assambleyasi, EXHT/DIIHB va Evropa Parlamenti tomonidan saylovini kuzatish natijalarini taqdimotiga bag`ishlangan press-konferensiyadagi bayonotlari xulosasiga ko`ra prezidentlik saylovlari bo`lib o`tganligi tan olindi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Jumladan, EXHT missiyasi va Evropa Parlament ta`kidlashicha:
– 1267 ta saylov uchastkasida kuzatuv amalga oshirilgan. Ovoz berish jarayoni tinch va tartibli o`tib, MSK kun davomida ovoz bergan saylovchilarning soni to`g`risida jamoatchilikni xabardor qilib turgan. Barcha saylov uchastkalarida siyosiy partiyalar va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etgan. Shuningdek, saylovni 966 nafar xalqaro kuzatuvchi va 1672 nafar jurnalist kuzatgan. Bu saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta`minlagan. Ovoz berish jarayoni bilan bog`liq salbiy holatlar faqatgina 11 foiz saylov uchastkasida qayd etilgan.
– prezidentlik saylovlari O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda “Yangi O`zbekiston” shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasining izchil amalga oshirilishi sharoitida o`tkazildi.
– so`nggi yillarda O`zbekistonda saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonida sezilarli yutuqlarga erishilgani, saylov qonunchiligida qator islohotlar EXHT/DIIHBning tavsiyalarini doirasida amalga oshirilganligi e`tirof etildi. Saylovoldi tashviqotini to`siqlarsiz o`tkazish kafolatlari kuchaytirilgani, ma`muriy resurslardan foydalanish faktlarini istisno qilish chora-tadbirlari ijobiy baholanib, saylov huquqlarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirilgani qayd etildi.
– COVID-19 bilan bog`liq muammolarga qaramay, MSK o`z faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda professional, sifatli va samarali tashkil etdi. Ilk marotaba MSKning barcha yig`ilishlari keng jamoatchilikka ochiq va real vaqt rejimida efirga uzatilgani va uning qarorlari darhol komissiya saytida e`lon qilindi.
– imkoniyati cheklangan saylovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi, saylov kampaniyasi davomida milliy ozchiliklarga nisbatan kamsitish hollari yoki biron bir salbiy bayonotlar qayd etilmadi
– 2019 yilda tashkil qilingan Saylovchilarning yagona elektron ro`yxati sezilarli darajada takomillashtirilib, keng jamoatchilikka, shu jumladan Internetda orqali foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu real vaqtda saylovchilar haqidagi ma`lumotlarni yangilash imkonini berdi.
O`z navbatida, EXHT DIIHB missiyasi rahbari Ouen Merfi saylovni kuzatishga taklif qilinganligi va amaliy yordam uchun O`zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi. Uning so`zlariga ko`ra, «EXHT kuzatuvchilar missiyasi saylovlarni bir oydan ko`proq vaqt davomida kuzatgan, uning faoliyatiga mahalliy hokimiyat yoki umuman hukumat tomonidan biron-bir to`sqinlik bo`lmagan. Aksincha, davlat organlari ham, xususiy sektor ham, fuqarolik jamiyati ham Missiyaga har tomonlama yordam berib, EXHT kuzatuvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilgan».
YXHT Parlament Assambleyasi delegasiyasi rahbari Daniella de Rider so`zlariga ko`ra, amalga oshirilgan islohotlardan, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan hayratga tushgan. Uning qo`shimcha qilishicha, "tanlangan islohotlarni aholi tomonidan qo`llab-quvvatlanganlinining yaqqol isboti – bu saylovlarda 80% dan ortiq saylovchi qatnashganligidir".
YXHT qisqa muddatli kuzatuvchilari maxsus koordinatori Reynxold Lopatka matbuot anjumanida demokratiya uzoq jarayon va O`zbekiston to`g`ri yo`ldan ketayotganligini ta`kidladi. “Biz O`zbekistonni bu yo`lida qo`llab-quvvatlaymiz” – dedi R.Lopatka.
Ekspertlarning fikricha, EXHT PA, EXHT/DIIHB va Evroparlamentning 44 mamlakatdan 365 nafar kuzatuvchilardan iborat delegasiyasining saylovlarda ilk bor ishtirok etishi O`zbekistonda so`nggi yillarda amalga oshirilayotgan demokratik o`zgarishlarni e`tirof etilishidan va qo`llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, prezident Sh.Mirziyoev rahbarligida mamlakatda islohotlarni amalga oshirshish va modernizasiya qilishda tanlangan strategik kursni xalqaro hamjamiyat O`zbekiston tomoni bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. | 12Siyosat
|
Shavkat Mirziyoyev: "Yolg‘iz yashovchi fuqarolar va imkoniyati cheklangan kishilarga moddiy ko‘mak berishning yangi turi joriy etiladi"
Ma'lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq vakillari va faollar bilan uchrashdi. Uchrashuvda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
"Qoraqalpog‘iston aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish dasturiga ajratilayotgan moliyaviy yordamni miqdori 1,5 barobar oshirish hisobiga kam ta'minlangan oilalar va qariyalarni ijtimoiy tomondan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Yolg‘iz yashovchi fuqarolar va nafaqa oluvchi imkoniyati cheklangan insonlar boshqaradigan oilalarning eng kam ish haqining 2 dan 5 martagacha bo‘lgan moddiy ko‘mak berishning yangi turi joriy etiladi.
Bu ikki hudud aholisi uchun havo yo‘llari va temir yo‘l transporti yo‘lkira narxlari amaldagi narxlarga nisbatan ikki karra arzonlashtirildi. Orolbo‘yi aholisini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2017 yilning o‘zida jami xarajat 56,8 milliard so‘mni tashkil etadi"- dedi davlatimiz rahbari. | 8O‘zbekiston
|
Bugun Toshkentda Qilichbozlik bo`yicha jahon chempionati start oldi
Bugun, 1 aprel kuni “O`zbekiston” sport saroyi hamda Badiiy gimnastika bo`yicha bolalar-o`smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabida qilichbozlik bo`yicha 17 yoshgacha o`smirlar va 21 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida Jahon chempionati start oladi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.
2014 yilning 21 noyabr kuni Italiyaning Rim shahrida bo`lib o`tgan Xalqaro qilichbozlik federasiyasining navbatdagi Kongressida 2015 yilgi jahon chempionati ilk bor Toshkent shahrida o`tkazilishi haqida qaror qabul qilgan edi.
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi hamda qator tegishli vazirlik va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan bu musobaqada dunyoning yuzdan ortiq davlatlaridan 1500 nafarga yaqin yosh qilichbozlar shaxsiy va jamoaviy hisobda rapira, shpaga va sablyada medallar uchun kurash olib borishlari kutilmoqda.
Bugun 16:30da Badiiy gimnastika bo`yicha bolalar-o`smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabida musobaqa oldidan matbuot anjumani o`tkazilsa, 18:00da turnirning tantalali ocholish marosimi boshlanadi.
Musobaqalar 9 aprelgacha davom etadi. | 13Sport
|
Namangandagi kardiologiya markazida ishlatilgan tibbiyot buyumlari muassasaning o‘zida kuydirib, yo‘q qilinayotgani aniqlandi
Namangan shahrining Qo‘qon va Dambog‘ ko‘chalari oralig‘ida sobiq “Sovpartaktiv” shifoxonasi, hozirgi Kardiologiya markazi joylashgan. Ishlatilgan shpris, osma ukol shlanglari, bint, paxta kabi tibbiyot buyumlari ushbu tibbiyot muassasasining o‘zida kuydirilishi aniqlandi, deb xabar berdi O‘zA.
Kuydirilgan buyumlar qoldig‘i qurum holida atrofdagi xonadonlarga tarqaladi. Aholi necha yillardan buyon achchiq tutun va qurum zahridan aziyat chekmoqda.
Mazkur masala bo‘yicha Namangan viloyati sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologiya davlat nazorati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga bir necha bor murojaat qilingan. Ammo, natija bo‘lmagan.
Hududdagi Farovon mahallasida 4 ming 684, Dambog‘ mahallasida esa 4 ming 570 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. | 8O‘zbekiston
|
MRB rahbari maxfiy ravishda Isroilga kelib ketdi
Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbari Jon Brennan maxfiy ravisha Isroilga tashrif buyurdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, u Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu, shuningdek, Isroilning turli razvedka xizmatlari, xususan, “Mossad”ning yuqori martabali vakillari bilan uchrashgan.
Ko‘pdan beri kutilgan tashrif davomida MRB rahbari “Mossad” tashqi razvedka xizmati rahbari Tamir Pardo, harbiy razvedka qo‘mondoni, general-mayor Xertsi Alevi va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Yosi Koen bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Isroilning Haaretz nashri.
Xabar berishlaricha, MRB rahbari Isroil tomoni vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida asosan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha 30 iyun kuni imzolanishi kutilayotgan shartnoma borasida fikr almashilgan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, muloqotlar chog‘ida Yaqin Sharq mamlakatlaridagi terrorchilarning faolligi va qo‘poruvchilik harakatlaridagi Eronning ehtimoliy ishtiroki ham muhokama qilingan.
MRB rasmiylari mazkur tashrif haqidagi axborotlarga izoh berishdan bosh tortishdi. | 2Dunyo
|
Qarshida Prezident talabi nima sababdan bajarilmayapti?
“Qashqadaryo ziyokori” gazetasining 2018-yil 1-oktabr sonida jurnalist Otabek Qo‘ldoshеvning Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani aholisini qiynayotgan muammolar aks etgan maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.
Tahririyatimizga yo‘llangan galdagi murojaat o‘zgachaligi bilan bizni quvontirdi. Odatda jurnalist sifatida har safar muammolar yechimi bilan qiziqqanimizda, rahbarlar qarshiligiga uchrayverganimizdanmi yoki murojaat rahbar kishidan bo‘lgani uchunmi noodatiy bo‘lib ko‘rindi bizga. Lekin nima bo‘lganda ham muammoni xaspo‘shlash o‘rniga o‘zini Prezident jamoasidan deb bilib, o‘zidan “tepa”ning qosh-qovog‘iga qaramasdan muammoni dangal aytolgan va yechimi haqida qayg‘urgan Qarshi tumanidagi Agrosanoat kasb hunar kolleji direktori Muzaffar Abbosovning jasorati bizni hayratlantirdi...
Gap shundaki, Hilol qishlog‘idagi mazkur kollej rahbari hududga yaqin masofada joylashgan umumta’lim maktablarining 10—11-sinf o‘quvchilari kasb o‘rganishi uchun barcha sharoitlari bisyor kollejga emas, tayinli jihozlari bo‘lmagan maktabdagi o‘quv ishlab chiqarish majmualarida olib o‘tirilganidan norozi.
— Prezidentni yana aldashayotgani, o‘quvchilarga kasb hunar o‘rgatayapmiz deya ilgarigidan-da, battar ahvolga olib kelishayotgani meni qiynayapti, — deydi direktor. Vijdonan ayting, birorta tikuv dastgohisiz ham yoshlarga tikuvchilik sirlarini o‘rgatish mumkinmi? O‘tgan o‘quv yilida Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 5, 61, 29, 31, 54, 60, 66, va 67-umumta’lim maktabidan jami 208 nafar o‘quvchilar maktabda ta’lim olish bilan birga, kollejimizda kasb hunar o‘rganishgan. Ammo bu yil 5 va 61-umumta’lim maktabi o‘quvchilarigina kollejda kasb o‘rganishda davom etishmoqda. Qolgan maktablar esa xalq ta’limi bo‘limining nuqtayi nazariga ko‘ra, masofaning uzoqligini bahona qilishib, 29 va 60-umumta’lim maktablari tarkibida tashkil etilgan o‘quv ishlab chiqarish majmualariga jalb etilgan. Garchi ushbu maktablarda tashkil etilgan o‘quv ishlab chiqarish majmualari kasb hunar o‘rganish uchun yetarli darajadagi jihozlar bilan ta’minlanmagan bo‘lishsa-da...
Kollej direktorining ta’kidicha, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10—11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida respublikamizdagi barcha umumta’lim maktabining 10—11-sinf o‘quvchilari haftada 1 kun kasbiy fanlarni o‘rganishi belgilangan. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limi, hududdagi 31,54-maktab o‘quvchilari 29-umumta’lim maktabida tashkil etilgan o‘quv ishlab chiqarish majmuasida, 66, 67-umumta’lim maktabi o‘quvchilari esa 60-maktabda tashkil etilgan majmuada kasb hunar o‘rganadi degan xulosaga kelishadi. Bu xususida XTB mudiri Anvar Eshonqulov kollej direktorining 3-sentabrdagi №87-sonli xatiga javoban 4-sentabr kuni № 624-sonli javob xati orqali ma’lum qiladi. Xatda keltirilishicha bunday qaror qilishlariga sabab 31, 54, 29-umumta’lim maktablari kollejdan 8—14 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lsa, 60, 66 va 67-umumta’lim maktablari esa 12—16 kilometr masofada joylashganligidir.
Biz ushbu holatni o‘rganish chog‘ida kollejdan 29-umumta’lim maktabigacha bo‘lgan masofani o‘lchadik. Olti kilometrga ham yetmaydi. Aniqrog‘i besh yarim kilometr. 60-umumta’lim maktabi esa nari borsa 11 kilometr masofada joylashgan. Shu o‘rinda taqqoslash uchun bir misol. Qarshi tumanidagi 48-umumta’lim maktabining 71 nafar 10-sinf va 41 nafar 11-sinf o‘quvchilari 14 kilometr yo‘l bosib Qarshi tuman agrobiznes kasb hunar kollejiga haftaning har seshanba va payshanba kunlari kelishib kasb o‘rganishadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Nega endi xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari 14 kilometr uzoqlikda joylashgan kollejga “xo‘p” deyishyapti-yu, 11 km.lik kollejga esa “yo‘q” deya oyoq tirashmoqda?
“Bunga sabab shuki, — deydi kollej direktori Muzaffar Abbosov o‘tgan o‘quv yilida 31, 60, 66, 34, 29-maktabining direktorlari, 5-umumta’lim maktabidan esa direktor o‘rinbosari o‘quvchilarining amaliyot darslariga o‘z vaqtida qatnashmayotganliklari, amaliyot davomida kuzatilayotgan kamchiliklari bois ham javobgarlikni zimmasiga olib, kollejning o‘sha paytdagi direktori K.Qurbonovga 25-iyul sanasi bilan tilxat berishgandi. Buni qarangki, biz shunday talab qilganimiz uchun ham ularning ko‘ziga yomon ko‘rindik. Va bu yil ham o‘quvchilarning amaliyot darslariga doimiy qantashishini nazorat qilishimizdan cho‘chishyaptimi yoki boshqa bir sabablari bormi hech qanday jihozga ega bo‘lmagan majmuada dars o‘tamiz deyishmoqda.
Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ullarining Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosi xususida bosh qotirishayotgani tahsinga loyiq, albatta. Qolaversa, o‘quvchi uchun masofa ham ahamiyatli omil hisoblanadi. Agar haqiqatdan ham kollej, o‘quvchilar uchun noqulay hududda joylashgan bo‘lsa-yu, maktab qoshida tashkil etiladigan o‘quv ishlab chiqarish majmualari kerakli jihozlar va eng asosiysi mutaxassis o‘qituvchilar bilan ta’minlangan bo‘lsa-ku nur ustiga a’lo nur, albatta. Kollej direktori aytayotgandek aksi bo‘lsa-chi?
Kuzatuvlarimiz davomida tumandagi 29 va 60-umumta’lim maktablarida tashkil etilgan o‘quv ishlab chiqarish majmualaridagi shart-sharoitlar bilan ham tanishdik. 29-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil berilishi mo‘ljallangan majmua yaqindagina ta’mirlangan sinfxonada joylashgan bo‘lib, siniq stol va o‘tirsang shimga achinadigan darajadagi stullardan iborat, xolos. Na biror bir (nomigagina bo‘lsa-da) tikuv dastgohi-yu, na bir dazmol taxtasiga ko‘zimiz tushdi. Hech vaqo yo‘q. 60-umumta’lim maktabidagi duradgorlik ustaxonasida esa siniq andava-yu amaliyot o‘qituvchisining aytishicha motorini qo‘ysa ishlaydigan eski tokarlik dastgohigina savlat to‘kib turibdi. Tikuvchilik ustaxonasi esa aksiga olib borgan paytimiz yopiq ekan. Direktor O‘tkir Narzullayev tikuv dastgohlarimiz bor, deya bot-bot takrorladi-yu, ammo ko‘rsatolmadi. Eng qizig‘i har ikkala maktabda ham kompyuter operatorligi bo‘yicha tahsil beruvchi kompyuter xonalari maktab o‘quvchilarining informatika darslari o‘tkazilishi mo‘ljallangan sinfxonalarda joylashgan. Hatto 29-umumta’lim maktabida informatika xonasi bor-yo‘g‘i 1 ta ekanligiga nima deysiz? Vaholanki, 31 va 54-umumta’lim maktablaridan ushbu maktabga kasb o‘rganaman deya 70 nafar “qora ko‘z” yo‘l bosib kelsa, mazkur maktabning ham 70 nafar 10 va 11-sinf o‘quvchilari kasb o‘rganish ishtiyoqida juma va shanba kunlari “o‘zini kasbga bag‘ishlaydi”. Ammo bu bag‘ishlovga yarasha javob bormikin?
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassisi Shavkat Fayziyevning ma’lumot berishicha, Vazirlar Mahkamasining yuqorida tilga olganimiz — 2017-yil 24-oktabrdagi 868-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Qashqadaryo viloyat hokimining 2018-yil 30-avgustdagi №x-904/08 -sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatida jami 281 ta o‘quv ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan bo‘lib, shundan 128 tasi kasb hunar kollejlarida bo‘lsa, 153 tasi umumta’lim maktablarda joylashgan. 2018—2019-o‘quv yilida o‘quv ishlab chiqarish majmualariga viloyat bo‘yicha 81 681 nafar o‘quvchi jalb qilingan bo‘lib, shundan 49 247 nafari 10-sinf, 32 434 nafari 11-sinf o‘quvchilaridir. O‘IChMda 2017—2018-o‘quv yilida 40 ta kasb bo‘yicha ta’lim berilgan bo‘lsa, 2018—2019-o‘quv yilida 51 ta kasb bo‘yicha ta’lim berilmoqda.
Qarshi tumani bo‘yicha jami 19 ta o‘quv ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan bo‘lib, shundan 6 tasi kollejlarda, 13 tasi esa maktablarda tashkil etilgan, — deydi Shavkat Fayziyev. 2018—2019-o‘quv yilida jami 78 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi jihozlanishi uchun buyurtma berilgan bo‘lib, jihozlash ishlari oktabr oyidan boshlanadi. Maktablarda tashkil etilgan O‘IChMlarining nazariy bilimlari kasb hunar kolleji o‘qituvchilar tomonidan berilib, 36 soatlik amaliy mashg‘ulot darslari kollejlarning ustaxonalarida olib boriladi.
Kundek ravshanki, viloyat hokimining o‘quv ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorining qabul qilinishida hudud mas’ullari ya’ni maktablar sharoitini yaxshi biladigan tuman xalq ta’limi mansabdorlarining bergan ma’lumoti alohida ahamiyat kasb etgan. Demakki, tuman xalq ta’limi vakillarining noto‘g‘ri tanloviga ko‘ra Qarshi tumanidagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan 13 ta o‘quv ishlab chiqarish majmualaridan 2 tasi ya’ni 29 va 60-umumta’lim maktablaridagi majmualar bugungi kun talabi darajasida kasb o‘rgatmayapti. Buni jurnalistik kuzatuvlarimiz ham isbotlab turibdi, albatta. Bundan kelib chiqadiki, o‘quvchiga kasb o‘rgatishdagi sa’y-harakatlarimiz ushbu hududda o‘sha-o‘sha eski hammom eski tos shaklida. Gapning indallosini aytganda, kollej direktorining iddaosida jon borga o‘xshab ko‘rinadi. Prezident 10—11-sinf o‘quvchilariga ta’lim berishdan tashqari kasb hunar ham o‘rgatishni talab qilib turgan paytda o‘quv ishlab chiqarish majmualaridagi bu kabi holatlar Qarshi tumanida Prezident talabi bajarilmayotganidan dalolat bermaydimi? | 8O‘zbekiston
|
«Qo‘rqinchli» byust. Krishtianuga yoqmadi
Portugaliyaning Madeyra orolidagi aeroportga «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nomi berildi.
29 mart kuni shu voqea munosabati bilan tashkil qilingan tantanali tadbirlar o‘tkazildi. Unda futbolchining o‘zi va orol rasmiylari ishtirok etishdi. Tadbir davomida futbolchiga bag‘ishlangan haykalning ochilish marosimi ham bo‘ldi.
Telegraph xabariga ko‘ra, tadbirning guvohi bo‘lganlar haykalning «beo‘xshov» ekanini qayd qilishgan.
Ronalduning o‘zi ham uning ko‘rinishidan hayron qolgan. Hozircha bu borada orol rasmiylarining fikri ma'lum qilinmadi.
Qayd etish kerakki, Madeyra hukumati bunday qarorni bir necha bor tanqid qilib chiqqandi. | 13Sport
|
Samarqanddagi Afrosiyob Palace mehmonxonasi 43,4 mlrd so‘mga sotildi
Samarqand shahri markazidagi Afrosiyob Palace mehmonxona majmuasining auksion savdolari yakunlandi, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, auksionda 3 ta ishtirokchi qatnashgan. Boshlang‘ich narxi 27,4 milliard so‘m bo‘lgan davlat aktivi 29 qadam bilan 43,3 milliard so‘mga sotilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu davlat aktivini sotib olgan g‘olib 2022-yil 1-aprelga qadar 100 ta yangi ish o‘rni yaratib, xalqaro standartlarga mos keladigan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini to‘liq foydalanishga topshirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning kuzida Samarqand viloyati hokimligi va investitsiyalar davlat qo‘mitasi Singapurning Exim Investments Ple kompaniyasi Afrosiyob Palace mehmonxonasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Loyiha biznes-rejasi ham tayyor bo‘lgan. Investor barcha kredit qarzdorligini qoplashi, shuningdek, bu yerda zamonaviy mehmonxona kompleksini barpo etishi uchun ikki yil mobaynida 12 million dollar miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini olishi lozim bo‘lgan.
Agentlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, investor shartnomada belgilangan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagan, shu sababli oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan. 2020-yilning noyabrida mehmonxona qayta sotuvga qo‘yilgan. | 8O‘zbekiston
|
Prezidentning murojaati, ishdan bo‘shatilgan moliyachilar, qora ro‘yxatga tushgan o‘zbekistonliklar va boshqalar
O‘tib borayotgan haftaning eng muhim xabarlari va yangiliklarini KUN.UZ ning haftalik dayjestida yana bir bor esga olib o‘tamiz.
O‘ZBeKISTON XABARLARI
Haftaning eng muhim yangiligi xabari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi e'lon qilingani bo‘ldi.
«Juda katta marra olganmiz» — Prezident
Shavkat Mirziyoyev 2018 yil nomini e'lon qildi
Prezident oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha yillik hisob berdi
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati isloh qilinadi
Prezident tadbirkorlik sub'yektlarini tekshirishni 2 yilga to‘xtatishni taklif qildi
Oltin-valyuta zaxiralari 1,1 mlrd dollarga ko‘paydi — Prezident
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston parlamentiga murojaatnomasidan 15 iqtibos — to‘liq video
Hafta ichida bo‘lib o‘tgan muhim voqealardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Senatining navbatdagi, XIII yalpi majlisi o‘tkazildi. Senat majlisida 26 masala ko‘rib chiqildi
2018 yilgi davlat byudjyeti tasdiqlandi
Mudofaa doktrinasi senatorlar tomonidan ma'qullandi
Senatda ichki ishlar vaziri axborot berdi
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga o‘tish bosqichlari e'lon qilindi
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri: «Fermerlar paxta va g‘alla yetishtirishda ziyon ko‘rmoqda». Vazir ayrim tumanlarda fermer xo‘jaliklari yordamga muhtoj ekanini ma'lum qildi
Qish va bahor kunlari bozordagi qimmatchilik nimaga bog‘liq ekani ma'lum qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Toshkent shahridagi ijtimoiy obektlar bilan tanishdi
Milliy bog‘dagi Adiblar xiyobonidan fotogalereya
20 ta yangi uy. Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga bordi
Mirziyoyev Toshkent Sity’ning takomillashtirilgan loyihasi bilan tanishdi
Rasmiy xabarlar
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov boshlandi. Mirziyoyev ham ovoz berdi
Davlat xizmatlari agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Propiska tartibi soddalashtirildi
Shavkat Mirziyoyev Xitoy mudofaa vazirini qabul qildi
Surxondaryo viloyati hokimi bilan eksklyuziv suhbat: yillik hisobot va kelgusi rejalar
Toshkent viloyatining 7 tumanida yer ajratish vaqtincha taqiqlandi
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston parlamenti spikerini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga boradi
AQSh hukumati Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiya joriy qildi
O‘zbekiston BMTda Trampning Al-Quds bo‘yicha qarorini yoqlamaganlar tarafida bo‘ldi
Iqtisodiyot va bank sohasi xabarlari
Moliya vazirligida bir kunda 50 kishi ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 1 mln. 350 ming so‘mga yaqin ekani ma'lum qilindi
O‘zbekiston o‘zining Xalqaro paxta birjasini tashkil etish niyatida
«Abu Saxiy» bozorida o‘zgarishlar boshlandi
2018 yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllari tasdiqlandi
YeTTB 2018 yilda O‘zbekistonda nechta loyihani amalga oshiradi?
Botirjon Parpiyev: «Hokimliklar imkoniyatdan unumli foydalansin»
Soliqchilar yangi namunadagi formali kiyim-boshga o‘tishmoqda
Suv va yoqilg‘i energetika sohasi
USAID: 2050 yilga borib Markaziy Osiyodagi suv resurslari 10–15 foizga kamayadi
Qirg‘iziston O‘zbekistondagi aholi punktiga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi
«O‘zbekiston neftni import qiluvchi mamlakatga aylanib bo‘ldi» — Moliya vaziri
Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qiladimi?
«Falokat yuz berdi». Elektr energiyasidagi uzilishlarga izoh berildi
Vodiy viloyatlarda elektr energiyasi ta'minoti qachon izga tushadi?
Yoshlar va ta'lim sohasi
Prezident raisligidagi videoselektorda maktabgacha ta'lim tizimi muhokama qilindi
O‘zbekistonda talaba-o‘quvchilar uchun qishki ta'til muddati o‘zgarmaydi
Maktabgacha ta'lim tizimi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 21 mlrd. so‘m ajratilmoqda
Maktabgacha ta'lim vazirligi bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Transport
«O‘zbekiston temir yo‘llari» o‘quvchi va talabalar uchun 50 foizlik chegirma haqida ma'lum qildi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Toshkent – Rybache» poyezdini yo‘lga qo‘yadi
«O‘zbekiston Havo Yo‘llari» yangi reys qatnovini e'lon qildi
IIBB mast haydovchilar fotosuratini e'lon qilishni boshladi
Tahliliy maqola va materiallar
Olmoniyaliklar tasavvuridagi O‘zbekiston: Afg‘onistondan xatar, ayollar xatnasi, karvonlar va hojatxona madaniyati
«Poyabzallar ichidagi yirtiq paypoqlar». Ko‘zbo‘yamachilik, tadbirbozlik va maddohlik haqida
Zavodga sayohat: Termizda qamishdan sifatli va arzon faner mahsuloti tayyorlanmoqda
O‘zbekistonga yanada ko‘proq sayyohlarni qanday jalb etish mumkin?
Yuliy Yusupov: Markaziy Osiyo davlatlarining alohida iqtisodiy ittifoqi tuzilishi ehtimoldan uzoq
Eski dehqon bozorining buzilishi bo‘yicha hokimlik izoh berdi
«Pensionerlar rostdan ham dam olishga chiqishlari kerak...» yoxud tarmoqda nima gaplar?
Mirziyoyevga bo‘lgan ishonchimiz oqlandimi? Nimalar amalga oshdi, nimalar oshmadi?
JAHON XABARLARI
Markaziy Osiyo
Emomali Rahmon: «Dunyo yangi sovuq urush bo‘sag‘asida turibdi»
Jahon banki Tojikistonga yana mablag‘ ajratdi
Tojikistonda fuqarolarga qurilish materiallarini pasportsiz sotish taqiqlandi
Jeenbekov xorijda ishlayotgan qirg‘izlarga murojaat bilan chiqdi
Bishkekda Babanovga tegishli telekanalni egallab olinmoqda: telekanal mol-mulki xatlovga olindi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi
Qozog‘iston fuqarosi AQShda IShID sabab 15 yilga qamaldi, ishda o‘zbekistonliklar ham bor
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘li qurilishi dekabr oxirida muhokama qilinadi
MDH
G‘ofur Rahimov ham qora ro‘yxatda — AQSh sobiq SSSRdan yana o‘nta kriminal avtoritetni qora ro‘yxatga qo‘shdi
Boshlandi. Rossiyada prezidentlik kampaniyasiga start berildi
Aleksey Navalniy nomzodi Rossiya prezidentligi uchun ilgari surildi
Saakashvili tarafdorlari Oktyabr saroyida gvardiyachilar bilan to‘qnashdi
Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosarining nabirasi 6 yilga qamaldi
Terrorchilar MDH davlatlari elchixonalariga hujum qilishni rejalashtirishgan edi
Putin MDH uchun xavf haqida ma'lum qildi
Vaziyat taranglashdi. Donbassda «Yangi yil mushakbozligi» bo‘ladimi?
Ramzon Qodirov AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganiga izoh berdi
Yaqin Sharq
Yamanda 7 milliondan ko‘proq odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda
Damashqda yangi aeroport quriladi
Amerikalik diplomat AQSh Al-Quds bo‘yicha qarori sababli yakkalanib qolganini aytdi
Isroil politsiyasi Al-Quds shahrida turk fuqarolarini hibsga oldi
Isroil BMT Bosh assambleyasining Al-Quds bo‘yicha qarorini ma'qullamaydi
AQSh
30 yil ichidagi birinchisi. AQSh keng ko‘lamli soliq islohotiga yaqin
«Yo‘q!». Pentagon al-Bag‘dodiy haqidagi xabarni rad etdi
Tramp Al-Quds bo‘yicha qarorni qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlarga tahdid qildi
Tramp va Saudiya Arabistoni qiroli o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi
AQSh o‘z dollariga boshqa davlatlar ovozini sotib olmoqchi – Erdo‘g‘an
Boshqa xabarlar
Yaqin o‘n yil ichida yuz berishi mumkin bo‘lgan eng xavfli hodisalar ma'lum qilindi
BMT Bosh assambleyasida AQShni qo‘llab-quvvatlagan davlatlarda Yer aholisining 5 foizi yashaydi – infografika
Kataloniya parlamentiga saylovlarda mustaqillik tarafdorlari g‘alaba qildilar
Germaniyaning davlat qarzi 22 yil ichida ilk bor kamaya boshladi
Haagada sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal yopildi
BMT Qrim tufayli Rossiyani «istilochi barqudrat davlat» deb tan oldi
Kim Chen In otasining qabriga bordi va va'da berdi
Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Liviya prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkin
Raul Kastro Kuba rahbari lavozimidan ketishini tasdiqladi
QIZIQARLI XABAR VA YaNGILIKLAR
Avto va transport olami
Qoyilmaqom o‘nlik. Qayta-qayta xarid qilgingiz keladigan avtomobillar – fotojamlanma
Dunyodagi ilk elektr samolyot mijozga yetkazildi
Dunyodagi eng katta samolyot ilk bor sinovlarga olib chiqildi (video)
Dunyodagi eng katta amfibiya-samolyot birinchi sinov parvozini amalga oshirdi (video)
Toyota ichki yonuv dvigateliga ega mashinalardan butunlay voz kechadi
Tovushdan ham tez. Lockheed Martin yangi avialaynerni taqdim etadi
Ilon Mask Marsga jo‘natiladigan avtomobilni ko‘rsatdi
Tesla’ning ilk limuzini auksiondan sotilmoqda
Innovatsiya va energetika
Niderlandiyadagi to‘g‘on elektr energiyasisiz yoritilgan ilk obekt bo‘ldi
Okeanda quyosh energiyasi hisobiga vodorod olinadi
Xitoyda quyosh panellaridan yo‘llar qurilmoqda
Apple 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi yangi iPhone X'ni tayyorlamoqda
Telegram iOS-smartfonlar uchun muqobil versiyasini ishlab chiqardi — Telegram X
Sihat-salomatlik
Oddiy yechim. Saraton xavfini 40 foizga kamaytirish yo‘li topildi
Ozarboyjonda belida ortiqcha jinsiy a'zosi bo‘lgan bola dunyoga keldi
Britaniyaliklar yashirin bo‘lmalarga ega antiqa poyabzal yaratishdi (foto)
Erkak dafn qilingandan keyin 7 oy o‘tgach uyiga keldi
Meksikaning eng keksa insoni 122 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
Turizm va g‘aroyibot
Dengizchi 42 kunda dunyo bo‘ylab sayohat qilib rekordni yangiladi
Kelajak mehmonxonalari: Mehmonxona biznesi 2018 yilda qanday o‘zgaradi?
To‘tiqush iPhone ringtonini takrorlashni o‘rganib oldi (video)
National Geographic eng top turistik yo‘nalishlarni sanab berdi — foto
Juda do‘stona kayfiyatdagi pingvin internet «yulduzi»ga aylandi (video)
Eng, eng, eng...
Dunyodagi eng uzun lag‘mon Ginnes rekordlar kitobiga kirdi (video)
Forbes 2017 yilda kimning boyligi eng tez o‘sganini ma'lum qildi
Yerning 2017 yilgi eng ajoyib aerofotosuratlari
Dunyodagi eng mitti telefon taqdim etildi
2018 yilda biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar — Forbes reytingi
Xitoyda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik ishga tushiriladi
Tarix va arxeologiya
Kutilmagan yangilik - Afg‘onistonda yuzlab qadimiy karvonsaroylar topildi
171 yil. Belgiyada telegraf o‘z ishini to‘xtatmoqda
100 yil avval sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan suv osti kemasi topildi
Buyuk daholarni nima birlashtiradi?
SPORT XABARLARI
O‘zbekiston xabarlari
Otabek yili Shukurov BAA klubiga o‘tdi
«Velosiped qachon ixtiro qilinadi?» O‘FFning antiqa qarorlari reytingi
Kelgusi Superligada qatnashadigan 12 jamoa nomi ma'lum
Eron kubogi. Jyeparov goli bilan «Istiqlol» g‘alabasiga hissa qo‘shdi
Fazliddin G‘oibnazarov o‘z jangi bekor bo‘lganiga izoh berdi
O‘zbekiston 2018 yilda velosport bo‘yicha Osiyo kubogi va chempionatini qabul qiladi
G‘oibnazarov boks va hayotdagi qiyinchiliklar, finalga jarohat bilan chiqqani va boshqalar haqida
Yevropa futboli
0:3. «Barselona» «El-klasiko»da yirik g‘alabaga erishdi
Statistika. Ronaldu Messidan yaqqol ortda qoldi
Ronaldu ikki futbolchining transferiga qarshi chiqmoqda
Messi «Kamp Nou»da «Oltin butsa»sini ko‘rsatdi
Messi top-100 eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini boshqarmoqda
«Manchester Siti» Gvardiolani yangi Fergyusonga aylantirmoqchi
«Manchester Siti» birinchi davrani katta farq bilan yakunladi
«Liverpul» «Real»ga Muhammad Saloh narxini e'lon qildi
Messi La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi
«Dars? Ko‘chaga chiqib to‘p tepsang bo‘lmaydimi?»: Katta maosh oluvchi yosh futbolchilar
El-klasikoni yomon ko‘rish uchun 10 sabab
Angliya Liga kubogida ikki yarim finalchi aniq bo‘ldi
Messi va Ronalduni ortda qoldirgan oxirgi qahramon. Bir afsona tarixi
Jahon sporti
«Rossiyalik olimpiyachilar». Rossiyalik sportchilar kiyimida shunday yozuv bo‘ladi
Tokio-2020 Olimpiadasi byudjyeti yana qisqartirildi
Qodirov: Chechenistonga Meyvezer keladi
Yakkakurash jangchisi singan qo‘li bilan g‘alaba qila oldi | 8O‘zbekiston
|
Rossiyadagi namoyishlarda hibsga olingan Aleksey Navalniyning rafiqasi 20 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi
Moskvaning Sherbinskiy tuman sudi siyosatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnayani 20 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda uning advokati Svetlana Davidovaga asoslanib “Interfaks” xabar qildi.
Navalnaya ruxsatsiz mitingda qatnashish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi. U 31-yanvar kuni tushdan keyin Moskvadagi norozilik namoyishida hibsga olingan, uch soatdan ko‘proq vaqt davomida politsiya bo‘limida saqlangan, keyin ma’muriy bayonnoma bilan ozod qilingan.
Meduza va OVD-Info ma’lumotlariga ko‘ra, 31-yanvar kuni Rossiya shaharlarida o‘tkazilgan Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlarda 5400 dan ortiq odam hibsga olingan. Bu Rossiya namoyishlarida hibsga olinganlar bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Avvalgi rekord 23-yanvar kuni o‘rnatilgandi, o‘shanda politsiya to‘rt mingdan ortiq odamni hibsga olgan.
Ayni paytda Navalniyning o‘zi Moskvadagi 1-raqamli tergov izolyatorida saqlanmoqda. Sud siyosatchini shartli sudlangan shaxsning xulq-atvor qoidalarini buzgan deb hisoblab, uni Federal jazoni ijro etish xizmatining talabiga binoan 30 kunga hibsga olgan va 15-fevralga qadar qamoqda bo‘lishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Aleksey Navalniyning ukasi uy qamog‘iga yuborilgani haqida xabar berilgandi. | 2Dunyo
|
Amerikalik o‘smir otasini arbaletdan otib o‘ldirib qo‘ydi
AQShning Delaver shtatida yashovchi amerikalik o‘smir otasining o‘limida ayblanmoqda, deb xabar beradi “Kun” Associated Press axborot agentligiga tayanib.
11-dekabr kuni Delaverdagi xonadonlardan biridan erkak kishining jasadi topilgandan keyin 17 yoshli Set Remsi hibsga olindi. U otasini o‘ldirganiga iqror bo‘lgan.
Politsiya xodimlari 41 yoshli Todd Remsi bir necha kun ishga chiqmaganligi sababli uning uyiga tekshiruv bilan kelgan. Politsiya xodimlari yotoqxonadan uning jasadini topgan. Toddning o‘g‘li Set Remsi otasini arbaletdan otib o‘ldirganini darhol bo‘yniga olgan.
Politsiya hisobotida o‘sha kuni o‘smir maktabga bormagani, bundan otasining darg‘azab bo‘lgani va shu tufayli qotillik kelib chiqqani aytiladi. | 2Dunyo
|
Surishtiruvchilarning vakolatlari cheklandi
23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-son Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi
Koʻzdan kechirishdan keyin jinoyat ishini qoʻzgʻatish muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi
JPKning 137-moddasining koʻzdan kechirish tergov harakati yakunlanganidan keyin jinoiy ish qoʻzgʻatish yoki uni rad etish boʻyicha vaqt cheklovi olib tashlandi.
Muqaddam koʻzdan kechirish amalga oshirilganidan keyin jinoiy ish 72 soatdan kam boʻlmagan muddatda, alohida holatlarda 10 kun ichida qoʻzgʻatilishi kerak edi. Endi esa umumiy muddat – darhol, sababning qonuniyligi va jinoiy ishni qoʻzgatish uchun asos borligini tekshirish zarurati tugʻilganda – 10 sutka, prokuror tergov oldi tekshiruvi muddatini uzaytirganda – 1 oy muddatga amal qilinadigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, koʻzdan kechirish tergov harakatlaridan biri boʻlib, kechiktirib boʻlmaydigan holatlar bois jinoiy ish qoʻzgʻatilishdan oldin oʻtkazilishi mumkin.
Surishtiruvchilarning vakolatlari qisqardi
Kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, surishtiruvchi endi oʻz qaroriga koʻra ehtiyot choralarini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish huquqiga ega emas. Masalan bularga garov miqdorini belgilash, ayblanuvchidan munosib хulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilхat olish, shaхsiy kafillikda kafillar sonini belgilash, jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligini olish, harbiy хizmatchi boʻlgan jinoyatchiga nisbatan harbiy qism, qoʻshilmalar qoʻmondonligi, harbiy muassasa, harbiy ta’lim muassasasi kuzatuvchiga topshirish haqida qaror chiqarish kabilar kiradi.
Koʻrsatib oʻtilgan хatti-harakatlar endi tergovchi, prokuror va sud vakolatlariga kiradi.
Agar gumonlanuvchiga nisbatan uy qamogʻi koʻrinishidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan boʻlsa, surishtiruvchi tergov qilish muddatining tugashini kutmasdan ishni darhol tergovchi yoki prokurorga topshirishi lozim.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Yelena Yermoхina,
bizning ekspert-yurist | 10Qonunchilik
|
Aktam Xaitov O‘zLiDeP fraksiyasi raisligiga tasdiqlandi
Bugun, 18 yanvar kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ta'sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.
O‘zLiDeP parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tgan saylovlar yakuniy natijalariga ko‘ra Qonunchilik palatasida 53ta yoki 35,3 foiz o‘rinni egalladi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan 53 nafar deputatdan iborat O‘zLiDeP fraksiyasini ta'sis etish bo‘yicha taklif o‘rtaga tashlandi. Ushbu masala atroflicha muhokama qilingandan so‘ng deputatlar tomonidan yakdillik bilan tasdiqlandi.
Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimiga partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Ahmadovich Xaitov nomzodi taklif etildi va bir ovozdan ma'qullandi.
Yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan siyosiy partiyalar vakillari Kengashiga O‘zLiDeP fraksiyasidan ham vakillarni belgilash masalasi muhokama qilindi va O‘zLiDeP fraksiyasidan uch nafar nomzod ko‘rsatildi. | 8O‘zbekiston
|
Afg‘onistonda ikkita harbiy vertolyot to‘qnashishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Tolo News telekanalining xabar berishicha, voqea vertolyotlar maxsus kuchlar jangchilarini tushirib, bortiga yarador jangchilarni olgandan keyin yuz bergan.
Afg‘oniston mudofaa vazirligida hozircha ushbu hodisaga izoh berilmagan. | 2Dunyo
|
Toshkentning har bir tumanidagi 4 tadan maktabda 10—11-sinflar ochiladi
17-iyun kuni Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Uznews.uz”.
Yig‘ilishda maktab direktorlari, Xalq ta’limi tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari va Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Bosh vazir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 10—11-sinflarni sinov tariqasida qaytadan tiklash haqidagi taklifini e’lon qildi.
Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Toshkentning har bir tumanidagi 4 tadan maktablarda 10—11-sinflarni ochish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, maktablarda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlovchi “nulevoy” sinflari ochiladi.
Bosh vazir shuningdek, 10—11-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlashga ko‘rsatma berdi. | 8O‘zbekiston
|
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yevropa mamlakatlarini rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga chaqirdi
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Gamachek ittifoqchi mamlakatlarni Praga bilan birdamlik belgisi sifatida rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga chaqirdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
«Biz birdamlikni istaymiz va hamkasblarimdan ularning hududlarida ishlaydigan rossiyalik mansabdor shaxslarni chiqarib yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘radim», — dedi Gamachek.
17 aprelda rasmiy Praga Rossiya maxsus xizmatlarini 2014 yilda Chexiyada o‘q-dori omborxonasidagi portlashga aloqadorlikda gumon qilib, rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Praganing fikricha, ushbu shaxslar Rossiya maxsus xizmatlarining diplomatik niqob ostida ishlovchi xodimlari hisoblanadi.
Rossiya bunga javoban Chexiyaning 20 nafar diplomatini «persona non grata» deb e'lon qildi. | 2Dunyo
|
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi QL-884-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 18-fevralda kiritilgan “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi QL-884-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 10Qonunchilik
|
Tvorogli xamirdan olchali o’ramalar
Yumshoq tvorogli xamirdan tayyorlangan olchali o’ramalar – sizni qalbingizni zabt etishi aniq. Ular tez va oson tayyorlanadi.
Aytgancha, bunday o’ramalarni istalgan meva va rezavor mevalar bilan tayyorlash mumkin.
Maslahat: agar vaqtingiz juda oz bo’lsa, o’ramalarni tayyor qatlama xamirdan tayyorlashingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling. | 9Pazandachilik
|
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining sakkiz yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish qo‘mitasi, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash
O‘zbekistonning mudofaa qudrati, milliy xavfsizligi va xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi, mustaqil Vatanimizni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoiyligi va mardligi, Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish hamda huquq-tartibotni ta’minlashdagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: | 10Qonunchilik
|
Samarqandda FVV xodimlari tomonidan 24 kishi qutqarildi
2019 yilning 4 iyul kuni soat 10:05da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik xizmatiga telefon orqali Toyloq tumani “Zarafshon” mahallasi “Mirzapolvon” qishlog‘ida yashovchi fuqaro H.A. murojaat qilib yordam so‘ragan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 3 iyul kuni Zarafshon mahallasi Mirzapolvon qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida joylashgan, o‘zlashtirilgan yer maydonida dehqonchilik qilish uchun orolchaga 24 nafar mahalliy fuqaro daryoni kechib o‘tishgan. Ammo, suv sathi ko‘tarilganligi tufayli oroldan yashash punktiga qaytish imkoni bo‘lmagan.
Mazkur holat bo‘yicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida jami 4 nafar harbiy xizmatchi va 6 nafar qutqaruvchi zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqaro tan jarohatisiz maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tildi. | 5Jamiyat
|
Rossiyalik MMA jangchisi o‘zbekistonlik Baxtiyor Baratovga qo‘qqisdan zarba yo‘llab, raqibini 3-soniyadayoq nokautga uchratdi
Rossiyalik alaralash janglar san’ati (MMA) vakili Ibragim Halilov o‘zbekistonlik Baxtiyor Baratovni Xitoydagi jangning 3-soniyasidayoq nokautga uchratdi. Bu haqda 1news.uz nashri xabar berdi.
Bu hol jang startidagi qo‘l urishtirish lahzasidayoq amalga oshgan. Jangchilar bir-biri bilan qo‘lqop urishtirgan va shu onning o‘zidayoq Ibragim Halilov kutilmagan zarba yo‘llagan. O‘zbekistonlik jangchi og‘ir nokaut qabul qilib olgach, ringda shifokorlar paydo bo‘lgan.
Bu hol ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etildi, deb yozdi 1news.uz. Ayrimlar rossiyalik jangchining bu harakati sport prinsiplariga zid ekani va u noto‘g‘ri yo‘l tutgani haqida yozgan. Foydalanuvchilarning aksar qismi esa Baxtiyor Baratov jang startidayoq sergaklikni yo‘qotib qo‘ygani borasida fikr bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik sportchi MMA qoidalariga zid harakat qilmagan. Uning kutilmagan zarbasi qoidalar asosida berilgan. Shu boisdan ham Ibragim Halilovga g‘alaba yozildi. O‘zbekistonlik sportchi vakillari tomonidan bildirilgan e’tiroz esa qabul qilinmadi. | 13Sport
|
OAV: Istanbul metrosida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Istanbul metrosining Bayramposhsho stansiyasidagi yerosti o‘tish yo‘lida portlash yuz berdi. Bu haqda Turkiyaning NTV telekanali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Hodisa joyiga ko‘plab tez tibbiy yordam va o‘t o‘chirish mashinalari yetib keldi. Haberturk telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisa natijasida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi yaralangan.
Poyezdlar harakati to‘xtatildi. Hozircha portlash sababi noma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash transformator budkasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. | 2Dunyo
|
Denis Istomin Osiyo o‘yinlari finalidan so‘ng, 16 ming kilometr masofani bosib o‘tib, US Open bahsida ishtirok etdi
O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin AQSh ochiq chempionati (US Open) birinchi davrasida Stiv Jonsonga 3:6, 6:7, 3:6 hisobida yutqazdi. Hamyurtimiz uchun Nyu-Yorkdagi o‘yin omadli kelmadi, biroq u yergacha bosib o‘tilgan yo‘l afsonaviy bo‘ldi.
Sports.ru jurnalisti Pavel Nitkin bu haqda o‘z maqolasini taqdim qildi.
25 avgust kuni Istomin Osiyo o‘yinlari finalida xitoylik 18 yoshli tennischi, US Open o‘smirlar chempionatining amaldagi g‘olibi Ibin U bilan bellashib, 2:6, 6:2, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs Indoneziyaning Palembang shahrida o‘tkazildi.
Uch set davom etgan va yomg‘ir tufayli, biroz to‘xtatib turilgan final bahsi, taqdirlash marosimi va matbuot anjumanidan so‘ng, Istomin Nyu-York shahriga uchib ketdi. Shaharlar o‘rtasidagi masofa 15 807 kilometr bo‘lib, uni bosib o‘tish uchun kamida 25 soat vaqt sarflanadi va 2ta reys kerak bo‘ladi.
Istomin Jakarta va Istanbul orqali uchib ketdi va yo‘lga 27 soatdan ortiq vaqt sarfladi.
Qayd qilish joizki, Jonson ham shanba kuni boshqa shahardagi bahsda ishtirok etgandi. Ammo uning raqamlari kamtarona: Uinston-Seylem va Nyu-York orasidagi masofa taxminan 900 kilometrni tashkil qiladi. Unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys mavjud va taxminan 2 soat vaqt sarflanadi.
O‘z navbatida Indoneziya va Nyu-York o‘rtasidagi vaqt tafovuti 11 soat ekanini ham inobatga olish lozim. Demak, Denisdagi uzoq yo‘ldan toliqish alomatlariga og‘ir akklimatizatsiyani ham qo‘shish darkor.
Xo‘sh, Istomin nega o‘zini bunchalik qiynadi? Birinchidan, u O‘zbekiston sharafini xalqaro turnirlarda himoya qilish imkoniyatini hech qachon boy bermaslikka harakat qilishini aytdi. Ikkinchidan, Osiyo o‘yinlaridagi g‘alaba orqali 31 yoshli Denis Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
66,5 soat ichida Denis Istomin Osiyo o‘yinlari finalida g‘alaba qozondi, 16 ming kilometr masofani bosib o‘tdi va US Open bahsida ishtirok etdi. Qahramon! | 13Sport
|
Ronaldu va Sheyk tez orada turmush quradi
Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu nihoyat rossiyalik top-model Irina Sheyk (Shayxislomova) bilan oila qurishga qaror qildi. Sevishganlar tantanali nikoh marosimini yoz oyining so‘nggi kunlari Portu-Santu orolida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Juftlik o‘zaro ishqiy munosabatlarini sinashi uchun 3 yil vaqt ketdi.
Irina Sheyk va Krishtianu Ronaldu
Elbalonrosa.com saytining xabar berishicha, nikoh oqshomining Portu-Santu orolida o‘tishiga asosiy sabab bu maskan futbolchining tug‘ilgan yeri – Madeyraga juda yaqinligidir. Shuningdek, Ronaldu orolda qurilishi rejalashtirilgan Burj Dubai Al Araba turidagi yetti yulduzli mehmonxonaga sarmoyador sifatida qatnashishi mumkin.
Ayni damda Krishtianu va Irina birgalikda Elunda dam olish maskanida ta’til oylarini o‘tkazmoqda. | 13Sport
|
La Liga. “Real” safarda ishonchli g‘alabaga erishdi, Karim Benzemadan dubl va golli uzatma
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turida “Real” 20-mart, shanba kuni “Selta” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Karim Benzema hisobni ochgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib, fransiyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘lim oxirida Santi Mina hisobni qisqartirishga erishdi.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Marko Asensio Benzemaning uzatmasidan keyin yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Real” ochkolarini 60 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va bitta zaxira o‘yiniga ega “Atletiko”dan uch ochko ortda qolmoqda.
La Liga
28-tur bahsi
20-mart, shanba
Gollar: 0:1 – 20 Benzema, 0:2 – 30 Benzema, 1:2 – 40 Santi Mina, 1:3 – 90+4 Asensio.
“Selta”: Vilyar, Aaron Martin, Malyo, Arauxo, Murilyo (Ferreyra, 84), Denis Suares, Tapiya, Mendes (Beltran, 84), Nolito (Solari, 71; Fontan, 90), Santi Mina, Aspas.
“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Vaskes, Valverde, Kroos (Asensio, 71), Kazemiro, Modrich, Vinisius Junior, Benzema.
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (22), Tapiya (25), Kroos (39), Nacho (70), Denis Suares (78), Modrich (80), Solari (85).
Gollar: 1:0 – 9 Berchiche, 1:1 – 17 Kike Garsiya
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
2019 yilgi Superliga yangi formatda o‘tkaziladi
2019 yilgi O‘zbekiston chempionatida 12ta klub g‘oliblik uchun kurash olib boradi va u yangi formatda o‘tkaziladi, deb xabar beradi PFL.
2018 yilgi mavsumda Superliga bellashuvlari “oltin ochko” qoidasiga ko‘ra o‘tkazilgan va klublar jami 32ta o‘yinda maydonga tushgandi.
Professional futbol ligasi 2019 yilda 12ta klub uchun ishlab chiqilgan yangi formatni sinab ko‘rishga qaror qildi. Unga ko‘ra, jamoalar uy-safar tizimida jami 22ta tur o‘yinlarini o‘tkazadi. Qolgan 11ta tur esa 22-turdan keyingi turnir jadvaliga qarab tuzib chiqiladi.
Bunda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan klub uchinchi davrada 2-o‘rin sohibini o‘z uyida qabul qiladi hamda 3-o‘rin maydoniga safar etadi. 4-o‘rin egasini o‘z uyida qabul qiladi va 5-o‘rinni egallagan klub maydoniga safar etadi. Shu tariqa istalgan jamoa 22-tur yakuniga ko‘ra o‘zidan keyingi o‘rinda turgan klubni o‘z maydonida qabul qiladi va keyingisining maydoniga safar etadi.
Bu formatda jamoalar mavsum oxiriga qadar ikkiga ajratilmaydi. Klublar ishlagan ochkolari saqlanib qoladi. Uchinchi davra taqvimi 22-tur yakuniga yetganidan so‘ng muxlislarga havola etiladi. Turlar ketma-ketligi yil avvalida tashlangan qur'a qanday ko‘rinish olgan bo‘lsa, 33-turga qadar shu ketma-ketlikda qoladi.
PFL hamda O‘FA chempionatning avvalgi formati o‘zini oqlamagani uchun emas, ikki yo‘lni solishtirish uchun ham shunday qarorga keldi. Agar 2020 yilda ham jamoalar soni 12ta bo‘lib qolaversa, u holda so‘nggi ikki yildagi formatdan qay biri yaxshiroqligi borasida katta so‘rovnoma o‘tkaziladi. U vaqtda ikkita formatni solishtirib olish imkoniyati bo‘ladi. | 13Sport
|
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 4 dekabr kuni soat 21:30 larda Denov tumani Totuvlik mahallasi hududida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-2106» mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotan piyodani urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Denov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Surxondaryoda 10 yoshli bolani urib yuborib qochib ketgan haydovchi ushlandi
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda mast holda yurgan piyoda vafot etdi | 5Jamiyat
|
O`zbek dzyudo sporti og`ir judolikka uchradi
Tajribali murabbiy, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi Boris Grigorev vafot etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Boris Ivanovich uzoq yillar davomida MHSK (Markaziy Harbiy Sport Klubi) dzyudo bo`limida bosh murabbiy lavozimida ishlagan. Vatanimizga harbiy sportchilarni tayyorlab berishda o`zining ulkan hissasini qo`shgan. Uning qo`l ostida Abdulla Tangriev, Ramziddin Saidov, Rishod Sobirov kabi taniqli harbiy-dzyudochilarimiz mashg`ulot o`tkazgan va musobaqalarda ishtirok etgan.
O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Biz ham tahririyatimiz nomidan ustoz sportchining yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. | 13Sport
|
PSVning 20 yoshli hujumchisi penta-trikka erishdi. U bir hafta oldin Germaniyaga gol urgandi (video)
Futbol bo‘yicha Niderlandiya chempionatining 6-turida Eyndxovenning PSV jamoasi rossiyalik Leonid Slutskiy qo‘l ostidagi “Vitess”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Barcha golga esa 20 yoshli Doniell Malen mualliflik qildi. Malen 18, 36, 46, 83, 89-daqiqalarda gol urishga erishdi.
Qayd etish joiz, Malen 6-sentabr kuni Yevro—2020 saralashi doirasida Niderlandiya terma jamoasi safida Germaniya darvozasiga ham gol urgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
XTV: Elektron kundalik bepul ta'lim olish huquqini cheklamaydi
«O‘zbekistonda har kim bepul ta'lim olish huquqiga ega. Elektron kundalik uchun to‘lov bolaning bu huquqini cheklamaydimi?» degan savolga XTV rasmiysi yo‘q deya javob berdi.
«Yo‘q, cheklamaydi. Sababi, kundalik yoki boshqa o‘quv anjomlari maktab tomonidan bepul berilmaydi. Ota-onalar har doim o‘z farzandlari uchun zarur barcha narsalarni o‘zlari xarid qilib kelishgan.
Elektron kundalikning joriy etilishi bilan qog‘oz kundalikdan voz kechilmoqda. Bunda qog‘ozli kundalikning o‘rtacha bahosi hisobi olinib, uning elektron muqobili uchun yillik obuna 9200 so‘mga baholanmoqda.
Shularni inobatga olib, Xalq ta'limi vazirligi joriy o‘quv yili boshlanishidan oldin elektron kundalik joriy etilayotgan maktablarning ota-onalariga qog‘oz kundalik sotib olmaslikni so‘rab murojaat qilgan», – dedi Laylo Rustamova.
Uning aytishicha, kundalikning elektron talqini ota-onaga va bolaning boshqa yaqinlariga darslarni, uy vazifalarni, bolalarning davomatini uydan chiqmasdan turib, ishdan chalg‘imagan holda va hatto chet elda turib ham nazorat qilish imkoniyatini beradi.
«Ushbu kundalik yordamida ota-onada bolaning uy vazifasi, davomati, sharhlar, baholar, maktab hayotidan doimiy xabardor bo‘lish imkoniyati mavjud. Agar uy vazifasini bajarish jarayonida bolada savol tug‘ilsa, u o‘qituvchisiga tizim orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishi ham mumkin. O‘qituvchi esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarga qo‘shimcha o‘quv materialini taqdim etishi, video darsiga havola yuborishi mumkin bo‘ladi», – dedi vazirlik rasmiysi.
«Bu majburiy talab emas»
Laylo Rustamova ota-onalarda tanlash huquqi borligini ta'kidladi.
«Ular ushbu tizim orqali farzandlarining bilim olish darajasini nazorat qilishi va bu bilan uning sifatini oshirib borishi yoki elektron kundalikdan voz kechgan holda bolaning baholarini maktabga borganda bilib turishlari mumkin. Hech kimga hech qanday majburiy talab yo‘q.
Bilamizki, hech qanday yangilik osonlik bilan qabul qilinmaydi. Lekin aytish joizki, elektron kundalikning afzalliklari juda ko‘p. Bu birinchi navbatda o‘qituvchining vaqtini tejashdir. O‘qituvchilar endilikda qog‘oz jurnalini to‘ldiradigan vaqtini o‘zi va o‘quvchilari ustida ishlashga sarflashi mumkin bo‘ladi.
Ko‘p yillar davomida elektron jurnal va kundalik qo‘llanilayotgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar uning yordami bilan har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejay oladi», – dedi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Laylo Rustamova.
1,5 mingga yaqin maktabda qog‘oz jurnal va kundalikdan butunlay voz kechilgan — XTV | 8O‘zbekiston
|
Yangi jamg‘arma blokcheyn texnologiyalari joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi
«Raqamli ishonch» jamg‘armasi tashkil etildi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilmoqda. Prezidentning 2.09.2018 yilda e'lon qilingan PQ–3927-son qarorida shular nazarda tutilgan.
Norma’ning yozishicha, «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi investitsiyaviy, moliyaviy va boshqa resurslarni raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarida konsolidatsiyalash maqsadida faoliyat yuritadi. Jamg‘arma tasarruf etadigan mablag‘lar haqidagi axborot jadvalda keltirilgan:
Jamg‘arma Kengashi tashkil etildi. Yaqin orada u quyidagilarni amalga oshirish chog‘ida «blokcheyn» texnologiyalari bosqichma-bosqich joriy etilishini ham nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:
• markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari, davlat va mintaqaviy dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish;
• Davlat byudjyeti mablag‘lari kelib tushishi va sarflanishi, davlat organlarida to‘lov intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
• sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, ta'lim va madaniyat sohalarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek ajratiladigan byudjyet mablag‘lari taqsimlanishini monitoring qilish;
• shu jumladan idoralararo hamkorlik qilish, davlat xaridlarini amalga oshirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlarni verifikatsiyalash chog‘ida davlat organlari faoliyatini tashkil etish;
• davlat kadastrlari, reyestrlar, klassifikatorlar va boshqa ma'lumotlar bazalarini yuritish, shu jumladan ularga kiritilgan axborotni aktuallashtirish va ulardan foydalanish;
• shu jumladan biznes-jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma'muriy va operatsion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek zamonaviy menejment va resurslar boshqaruvini joriy etish uchun ustav kapitalida (ustav fondida) davlat ishtiroki ustunlik qiladigan yirik tijorat tashkilotlarida korporativ boshqarish;
• bank va moliya sektorlaridagi tranzaksiya operatsiyalari, shu jumladan kliring operatsiyalari, elektron to‘lovlar, sug‘urtalash, savdoni moliyalashtirish (akkreditiv) va loyihalarni kreditlashni monitoring qilish.
Jamg‘arma quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent sh., I. Karimov ko‘ch., 1-uy.
Hujjat 2.09.2018 yildan kuchga kirdi. | 4Iqtisodiyot
|
O‘zbekistonga Yaponiyadan 201 600 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi
O‘zbekistonga Yaponiyadan gumanitar yordam sifatida 201 600 doza AstraZeneca vaksinasi keltirildi. Bu haqda SSV ma’lum qildi. Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 61 470 153 dozaga yetdi.
Ulardan:
Shundan 47,3 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi. Hozirda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi 14 111 439 doza vaksina zaxirasi mavjud. | 8O‘zbekiston
|
Puma kompaniyasi Shanxayda 421 ming dollar jarimaga tortildi
Sport kiyimlari va poyabzali ishlab chiqaruvchi mashhur Puma kompaniyasi 2015-yilda o‘z mahsulotida Shanxayning jun matolar ishlab chiqaruvchi “Xenyuansyan” korporatsiyasi logotipidan foydalangani uchun unga 2,9 million yuan (421 ming dollar atrofida) jarima to‘lashi lozim. “Shanxay jibao” gazetasining ma’lum qilishicha, tegishli qaror Xuanpu shahri Xalq sudi tomonidan chiqarilgan, deb yozadi “TASS”.
Gap kompaniya tomonidan 2014-yilning mart oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan logotip haqida bormoqda. Logotipda qadimgi Xitoy iyeroglifini eslatuvchi echki boshi aks ettirilgan. 2015-yilda Puma kompaniyasi Echki yilida chiqarilgan oyoq kiyim va futbolkalarida o‘lchami boshqacha xuddi shunday ramzdan foydalangan.
Sud Puma kompaniyasi tomonidan ushbu logotipning qo‘llanishi xaridorlarni kompaniyaning maxsus seriyadagi mahsulotlari “Xenyuansyan” korporatsiyasi bilan bog‘liq degan yanglish fikrga kelishiga sabab bo‘lgan degan qarorga keldi.
Surishtiruv natijalari, Puma Xitoyda chiqarilgan kiyim va poyabzallardan 6 million yuanga yaqin daromad qilganligini ko‘rsatdi. Sud mazkur mablag‘ning yarmiga yaqinini “Xenyuansyan” korporatsiyasiga to‘lash majburiyatini yukladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 2Dunyo
|
Samsung Galaxy S21 Ultra eng yaxshi kamerofonlar reytingida 17-o‘rinni egalladi
DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari Samsung Galaxy S21 Ultra’ning asosiy kamerasi sinovdan o‘tkazilganiga oid natijalar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi IXBT.
Testlar davomida Galaxy S21 Ultra 121 ball to‘plagan, jumladan, 128 ball surat sifati uchun, 98 ball — video sifati va 76 ball — zum imkoniyati uchun. Bu orqali flagman reytingning 10-pog‘onasidan o‘rin olgan Galaxy S20 Ultra’dan ham pastlab, 17-o‘ringa tushib ketgan. Shuningdek, undan oldingi pog‘onalarda Honor 30 Pro+, iPhone 11 Pro Max, Huawei Mate 30 Pro 5G, iPhone 12 mini, iPhone 12 va Honor V30 Pro o‘rin olgan.
Bundan tashqari, Galaxy S21 Ultra Huawei Mate 40 Pro+ kamerofonidan 16 ball kamroq natija to‘plagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Samsung’ning barcha urinishlariga qaramay, kompaniyaning yangi premium telefoni kutilganidek yangi kamerofonga aylanmagan.
“Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (Exynos) deyarli har qanday sharoitda yaxshi surat va videoga olishga qodir. Biroq biz natija kamida 10 ballga yuqori bo‘lishini kutgandik. S21 Ultra 5G smartfoni Huawei Mate 40 Pro va iPhone 12 Pro Max kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchilaridan barcha test yo‘nalishlari bo‘yicha ortda qolmoqda, hatto nazariy jihatidan ikkita teleobyektivning o‘rnatilishi Samsung’ga ancha ustuvorlikni berishi kerak bo‘lgan zumda ham. E’tiborli jihati, u o‘zidan oldingi model — Galaxy S20 Ultra’dan ham, shuningdek, ancha eski, masalan, iPhone 11 Pro Max’dan ortda qolayotganida”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Samsung Galaxy S21 Ultra va iPhone 12 Pro Max mustahkamlik testidan o‘tkazilgan edi. Test natijalariga ko‘ra, Galaxy S21 Ultra Apple mahsulotidan zarbalarga bardoshli chiqqan. | 14Texnologiya
|
MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi
MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
«Yana bir orzu ro‘yobga chiqdi. Hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. 26 yil davomida shu kunning kelishiga shubha qilmagandim, hech qachon o‘z ajdodlarimni va o‘zbek zamini o‘g‘loni ekanligimni unutmaganman, bugun esa buni tasdiqlovchi hujjatni qo‘lga oldim. O‘z yurtimning to‘la huquqli fuqarosi sifatida uning sha'nini jahon arenalarida himoya qilishga va har bir davlat o‘zbek sportchilarining qudratini bilishi uchun bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga va'da beraman. Har bir inson orzu bilan yashaydi, meniki esa bugun ushaldi. Yana bir bor rahmat...», - deya yozgan M.Murodov.
Ma'lumot uchun, Mahmud Murodov asli Tojikistonda tavallud topgan. Ko‘p yillardan beri jahon ringlarida O‘zbekiston bayrog‘i ostida jang qilib kelayotgan edi. | 13Sport
|
Samarqandda 90 yoshli otani qarovsiz qoldirgan 4 o`g`ildan "aliment" undirildi
FIB Samarqand viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi Sherjahon Zayniddinovning ma`lum qilishicha, ota-onaning farzandlar ustidan da`vo arizalari kiritishi so`nggi yillarda ko`proq uchramoqda.
Ushbu ishda ham 7 nafar farzandning 90 yoshli otasi o`z holidan biror farzandi g`amxo`rlik qilmayotgani yuzasidan sudga murojaat qilgan.
Da`vogar Ya.S. sudda g`amxo`rlikka o`ta muhtoj ekani, 4 nafar o`g`lidan birortasi biror marta xabar olmagani, qizlarining uyiga hadeb borish esa kuyovlariga yoqmasligini ma`lum qilgan.
Sud majlisining vaqti va joyi to`g`risida bir necha marta xabar qilingan bo`lsa-da o`g`illardan birortasi kelmagach, ish sirtdan ko`rib chiqildi.
Sudda da`vogarning ko`rsatmalari isbotini topib, uning kam ta`minlangani, o`g`illari unga qaramasligi ma`lum bo`lib, da`vo qanoatlantirildi va darhol ijroga qaratildi. O`g`illardan otaga belgilangan miqdorda pul undiriladigan bo`ldi. | 6Jinoyat
|
Putin prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun «roziligini» qachon e'lon qilishi aytildi
Vladimir Putin nomzodini Rossiya prezidentligi uchun ilgari surish ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi: birinchisida u oshkora, fuqarolar bilan suhbat davomida yangi muddatga borishga rozi bo‘ladi. Ikkinchisida esa davlat rahbari «juda qisqa muddat ichida» mustaqil nomzod sifatida imzolarni yuridik jihatdan yig‘a boshlaydi. Bu haqda «Kommersant'» prezident ma'muriyatiga yaqin bo‘lgan ikki manbaga asosan xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi bosqichni 2017 yilning noyabrida boshlash rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, prezident o‘z nomzodligi ilgari surilishiga «Jonli efir»ni eslatuvchi» shaklda «prinsipial tarzda rozi bo‘ladi». Putin fuqarolar bilan muloqot qiladi, ular ilgari surish haqidagi iltimos bilan teleefir vaqtida chiqish qilishadi. «'» manbasining aniqlik kiritishicha, Kremldagilar masalani dekabrga qadar hal qilish niyatida, sababi aks holda «bu soxta narsa kabi qabul qilinadi».
Putin kuzda birdaniga bir necha ichki siyosiy tadbirda ishtirok etishi lozim.
Ikkinchi bosqichda esa Putinni yuridik jihatdan ilgari surish ro‘y beradi. Kremldagilarning taxminicha, davlat rahbari mustaqil nomzod bo‘ladi hamda uni qo‘llab-quvvatlash uchun imzolarni juda kech muddat ichida yig‘ishni boshlaydilar, bu rasmiy saylov kampaniyasi «maksimal qisqa» bo‘lishini ta'minlaydi. «Kommersant'» ma'lumo tlariga ko‘ra, imzolarni yig‘ish uchun «Yagona Rossiya» partiyasi faollari jalb etilishi mumkin, biroq faollar shtab a'zolari sifatida ishlaydilar. | 2Dunyo
|
Foto: Los-Anjyeles tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘ini
AQShning Kaliforniya shtati gubernatori Los-Anjyeles okrugida, 1 sentabr kuni La Tuna Kanon bog‘i boshlangan o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e'lon qildi. Yong‘in sababli avtomagistrallarning bir qismi va kichik yo‘llar yopildi, hukumat 700 dan ortiq uyda yashovchi fuqarolarni xavfsiz joyga ko‘chirdi.
Los-Anjyeles hokimi Erik Garsettining ma'lum qilishicha, yong‘in maydoni 20 ming kvadrat metrga yetdi – bu uning so‘zlariga qaraganda, okrug tarixida yong‘in bo‘yicha eng katta maydondir.
Yong‘inni bartaraf etish ishlariga o‘t o‘chirish xizmatining mingdan ortiq xodimi jalb etilgan.
Avvalroq Los-Anjyeles okrugida favqulodda holat rejimi joriy etilgani xabar qilingandi.
Pair of superscoopers just made another water drop. #LaTunaFire #latunacanyon #latunacanyonfire #abc7eyewitness pic.twitter.com/tjkZThmWOC
At #LaTunaCanyon #brushfire with #LACoFD #Carson #thanks ! @foxla pic.twitter.com/vgv9HyJ8Z6 | 2Dunyo
|
Hukumat jahon bozorlaridagi vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qildi
9 mart kuni jahon moliya bozorlarida fond birjalarining qulashi, neft narxining keskin pasayishi va rublning arzonlashishi kuzatilgan edi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank hamda Moliya vazirligi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida jahon moliya va xom ashyo bozorlaridagi oxirgi o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshid Qo‘chqorovning fikrlariga ko‘ra, neft narxining tushishi oqibatida gaz narxining pasayishi va ayrim mamlakatlar milliy valyutasining devalvatsiyasi O‘zbekiston eksport tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, neft va gaz narxi pasayishining ichki bozorga ijobiy ta’siri ham o‘rganib chiqilishi aytilgan.
Qo‘chqorovning aytishicha, xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyatning so‘mning almashuv kursiga ta’siri hozircha neytral deb baholanmoqda.
Gaz narxi pasayishi sababli Davlat byudjeti daromadlarining yo‘qotishlari jahon bozorida oltin narxining yuqori ekanligi evaziga to‘liq qoplanishi aytilgan. Vazirning ta’kidlashicha, davlat byudjeti barcha majburiyatlarni to‘liq ta’minlash imkoniga ega.
Xalqoro moliya va tovarlar bozorlaridagi tebranishlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri ko‘lami ularning qanchalik uzoq muddat davom etishiga bog‘liq bo‘lishi aytilgan.
O‘zbekiston hukumati hamkor davlatlarning makroiqtisiodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha e’lon qilgan rejalarini ijobiy baholashi bildirilgan. 13 mart kuni MDH davlatlari iqtisodiy kengashining yig‘ilishida tashqi savdo bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy hamkorlari bilan ushbu masalalar yana muhokama qilinishi kutilmoqda.
Yig‘ilish natijasida mamlakat makroiqtisodiy barqarorligiga salbiy ta’sirlarni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. | 12Siyosat
|
Diyego Maradona “Real” klubini boshqarish istagini bildirdi
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi va murabbiyi Diyego Armando Maradona Madridning “Real” klubini boshqarish istagini bildirdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Maradona “Real”da ishlash orqali “Barselona” hujumchisi Lionel Messi bilan raqobatlashib, Argentina futbolining eng buyuk namoyondasi ekanligini isbotlamoqchi. Shuningdek, “Real” rahbariyati uni murabbiy etib tayinlasa, Maradona Neymarni Madridga olib kelishga yordam berishini aytib o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, Diyego Maradona murabbiy sifatida Argentina terma jamoasi, Argentinaning “Mandiyu” va “Rasing” klublari hamda BAAning “Al-Vasl” jamoasini boshqargan. | 13Sport
|
Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda 10-fevral kuni Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining 2017-yil 4—6-dekabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Afg‘oniston qo‘shma komissiyasini tuzish haqidagi kelishuvga erishilgan edi. Komissiya tarkibiga O‘zbekiston va Afg‘onistonning Xavfsizlik kengashlari apparati, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari kiritilgan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirish va uyushgan transmilliy jinoyatchilikning boshqa shakllariga barham berish masalalaridagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Bojxona bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf qilish, davlat chegaralari xavfsizligini ta’minlash sohalaridagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Xavfsizlikni ta’minlash, qo‘shma taraqqiyot va infratuzilma loyihalari, jumladan, Mozori-Sharif—Hirot temir yo‘li hamda Surxon—Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi qurilishini amalga oshirish, shuningdek, Kobul va Mozori-Sharif shaharlaridagi ishlab chiqarish korxonalari, markazlari, savdo uylari xavfsiz faoliyatini ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Tadbirda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro aloqalarni rivojlantirishning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Tranzit-transport, infratuzilma, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika va boshqa muhim sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi nafaqat ikki tomonlama, balki ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.
Yig‘ilishda Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda uzoq istiqbolli barqarorlikni ta’minlashda tinchlik, izchil taraqqiyot va xavfsizlik masalalarining uzviy bog‘liqligi ta’kidlandi. Shu jihatdan Markaziy Osiyoda tinchlik, hamkorlik va farovonlik hududini yaratish maqsadida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish hamda afg‘on muammosini hal qilishning siyosiy-diplomatik vositalaridan yanada samarali foydalanish orqali Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash muhim ekani qayd etildi.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining ilk yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi. | 8O‘zbekiston
|
Grekcha «Dzadziki» qaylasi
Dzadziki — bu ko’pchilikka tanish va sevimli qaylalardan biri bo’ib, u oddiy yogurt, bodring va sarimoqpiyozdan tayyorlaniladi.
Bu qaylani tayyorlashda qaymoqli suzmasan foydalanishingizni tavsiya qilamiz, chunki u ko’proq grekcha yogurtga o’xshab ketadi.
Aytgancha, bu qaylani shunchaki nonga surtib yesangiz ham bo’ladi. | 9Pazandachilik
|
Britaniya – yangi koronavirus o‘chog‘i: tahlillar JSSTga yuborilgan, yangi shtamm boshqa davlatlarda ham aniqlanmoqda
Slovakiya birinchilardan bo‘lib Britaniya bilan qatnovlarni to‘xtatgandi. Ispaniya esa Britaniyadan faqat ispanlar mamlakatga qaytib kelishi mumkinligi bo‘yicha vaqtincha chora-tadbir e'lon qilgandi. Chiliga yaqin o‘rtada Britaniyada bo‘lib qaytgan muhojirlar kirishi taqiqlangan. Hongkong Britaniya bilan har qanday aviaqatnovlarni amalga oshirmay turadi. Britaniyadan Bolgariyaga kirgan 650 kishi 10 kunlik karantinga olingan. Ko‘p o‘tmay Estoniya, Polsha va Shveytsariya ham qirollik bilan qatnovlarni to‘xtatdi.
Isroil nafaqat britaniyaliklar uchun, balki qirollikda tarqalgan virus yetib borgani aytilayotgan Daniya va JAR fuqarolari uchun ham mamlakatga kirishni chekladi. Salvador Britaniya va JAR fuqarolariga mamlakatga kirishni vaqtincha taqiqladi.
Mutatsiyaga uchragan yangi turdagi koronavirus Britaniyada keng tarqalib bo‘lgan. Chunki yangi virus oldingisidan farq qilishi kech aniqlangan. Qirollik bo‘ylab cheklovlar e'lon qilingan, lekin odamlar orasidagi kontakt to‘liq uzilmagani tufayli yangi turdagi virus tarqalib ketgan. Hozirgacha virusning yangi shtammi allaqachon Italiya, Daniya, JAR va Avstraliyada ham aniqlangan.
Yangi shtammning tarqalishi Yevropa Ittifoqi va Britaniya o‘rtasidagi breksit masalasi bo‘yicha muzokaralarni ham to‘xtatib qo‘ydi. JSST Britaniyada tarqalayotgan yangi virusdan xavotirda ekanini ma'lum qilgach, mamlakat koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi namunalarini tashkilotga taqdim etgan. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson London ma'lumotlar uzatishda, shuningdek, tahlillar natijalari va olib borilayotgan tadqiqotlar haqida xabardor qilishda davom etishini ma'lum qilgan.
«Biz ushbu virus turining xususiyatlari va har qanday oqibatlari to‘g‘risidagi dolzarb ma'lumotlar haqida tashkilotga a'zo davlatlar va jamoatchilikni xabardor qilib boramiz», deyiladi JSST xabarida.
Yangi virus nega xavfli?
Yangi turdagi koronavirusning xavfliligi shundaki, u oddiy koronavirusdan tezroq tarqaladi. Shuningdek, u yangicha tarkibda bo‘lgani uchun shu vaqtgacha samarali bo‘lgan dorilar ta'sirida yo‘qolmasligi mumkin. Virusning yangi turi mutatsiyaga uchrash oqibatida paydo bo‘lgan.
Sentyabrda aniqlangan yangi shtamm Londonda shu qadar tez tarqaldiki, bugun poytaxtda koronavirus yuqtirganlarning 65 foizida aynan mutatsiyaga uchragan koronavirus aniqlangan. Boris Jonson maslahatchilariga tayanib ma'lum qilishicha, yangi virus oldingisidan 70 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkin.
Virus mutatsiyaga uchrashi yangilik emas. Uhanda tarqalgan koronavirus mutatsiyaga uchrab, fevralda yangi shtamm Yevropada juda keng tarqalib ketgandi. Butun dunyo bo‘ylab virusning aynan mana shu turi eng keng tarqaldi. Yozda dastavval Ispaniyada dam olayotgan sayyohlarda aniqlangan va keyinchalik keng tarqalgan A222V turdagi koronavirus ham mutatsiyaga uchragandi.
Olimlar yangi turdagi virus paydo bo‘lganining taxminiy sabablaridan yana birini ilgari surishdi. Unga ko‘ra, immuniteti sust bo‘lgan odamning tanasiga tushgan koronavirus rivojlanib, mutatsiyaga uchragan. Bu virus oldingisiga qaraganda ko‘proq o‘limlarga sabab bo‘lishi isbotlanmagan, lekin u yangi ekanining o‘zi shifokorlar uchun muammo tug‘dirishi aytilmoqda.
Olimlarning aytishicha, yangi shtamm oldingi virus uchun samarali bo‘lgan vaksina bergan immunitetga ham bosim o‘tkazishi mumkin. Bu esa xuddi grippda bo‘lgani kabi vaksinani doim o‘zgartirib turishni talab qiladi. Koronavirusga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinalar esa insoniyatning baxtiga aynan o‘zgartirish uchun qulay... | 2Dunyo
|
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 10Qonunchilik
|
JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish ko`rsatkichlari 19 foizga kamaydi
Jahonda pandemiya to`lqinining keskin pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ketma-ket rekord ko`rsatkichlari yangilanayotgan qator davlatlarda endi kasallanishlar dinamikasi ortga qayta boshladi.
JSSTning navbatdagi bayonotida keltirilishicha, o`tgan haftada dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 19 foizga kamaydi. Ya`ni 7-13 fevral sanalari oralig`ida SOVID-19ni yuqtirganlar soni 16 million nafarga yaqinlashdi.
Tahlillar shuni ko`rsatadiki, pandemiya davri boshlanganidan buyon uning eng yuqori cho`qqisi shu yil yanvar oyi so`nggi haftasida kuzatildi. Bu davrda 22 million nafardan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qo`yildi.
Fevral oyidan esa vaziyat yana o`nglana boshladi. Xususan, o`tgan haftada Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlaridan tashqari deyarli barcha hududlarda kasallanishlar soni kamaydi.
Masalan, AQShda 10 yanvar kuni 1,4 milliondan ziyod kishida SOVID-19 infeksiyasi aniqlanib, antirekord qayd etilgan bo`lsa, keyingi kunlarda bu raqamlar qariyb 10 barobardan ziyod pasaygan.
Hindistonda ham bundan bir oy avval kuniga 300 ming atrofida bemor ro`yxatga olinayotgandi. Hozirga kelib sutkalik holatlar o`rtacha 30 mingtani tashkil etmoqda. Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya kabi qator Evropa mamlakatlari haqida ham shunday xulosalarni aytish mumkin.
Ammo bu hali xotirjamlik uchun asos bo`la olmaydi. Chunki ayrim davlatlarda kasallanishlar avj olmoqda. Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gruziya shular sirasidan.
Qolaversa, JSST “omikron”ning subvarianti hisoblangan BA.2 mutasiyasi keng tarqalayotganidan jiddiy xavotirda. Chunki pandemiya to`lqini pasayayotgan bir paytda yangi turdagi mazkur infeksiya bilan kasallanish holatlari ortib boryapti.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda dunyo bo`yicha “omikron”ga chalinayotgan har besh nafar bemordan biri BA.2 mutasiyasini yuqtirmoqda. Bu esa emalanish jarayonini susaytirmaslik, aksincha yanada kuchaytirish lozimligini anglatadi. | 2Dunyo
|
Toshkent markazida «Captiva» haydovchisi bir insonning umriga zomin bo‘ldi
2017 yil 27 sentabr kuni soat 18:20 larda, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “O‘zbekinvest” binosi qarshisida, 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi “Captiva” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda - 1991 yilda tug‘ilgan erkak kishi yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. | 5Jamiyat
|
Zidan Beyl «Real»dan ketishini tasdiqladi
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan vinger Garet Beyl klubni tark etish arafasida ekanini aytdi.
«Beyl tez orada ketishiga umid qilamiz, bu hamma uchun yaxshi bo‘ladi. Uning yangi klubga transferi ustida ishlayapmiz.
Garetga qarshi hech qanday shaxsiy adovatim yo‘q, lekin shunday vaqtlar bo‘ladiki, nimanidir o‘zgartirish kerak. Men qaror qabul qilishim kerak, o‘zgarmasak bo‘lmaydi.
Transfer – bu murabbiyning hamda vaziyatni tushunib turgan futbolchining qaroridir. 24 soatdan keyinmi yoki 48 soat ichida, uni bilmadim, ammo vaziyat o‘zgaradi. Hamma tomon uchun shunisi yaxshi», – degan Zidanning so‘zlarini keltirdi Goal.
Ma'lumot uchun, uelslik hujumchi «Real»ning Xalqaro Chempionlar kubogi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yinida (1:3) qatnashmadi.
«Real» Beylni 2013 yilda 100 mln yevroga sotib olgan, bu bilan Garet o‘sha vaqtda jahonning eng qimmat futbolchisi va transfer narxi 100 million yetgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangandi. | 13Sport
|
Millatlar Ligasi. Fransiya Germaniyani yuta olmadi, Uels va Ukrainada g‘alaba
Kecha, 6-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasi musobaqasining birinchi turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Amaldagi Jahon chempioni Fransiya Germaniya maydoniga safar qilib, golsiz durangga rozi bo‘ldi. Garet Beyl yetakchiligidagi Uels terma jamoasi esa Irlandiya termasini yirik 4:1 hisobida taslim etdi. Ukraina termasi Chexiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Shevchenko shogirdlari hisobda ortda borib, avvaliga 45-daqiqada Yevgeniy Konoplyankaning goli evaziga hisobni tenglashtirdi, 90-daqiqada esa Zinchenko gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
UEFA Millatlar Ligasi
1-tur bellashuvlari
6-sentabr, payshanba
“A” liga
Germaniya – Fransiya 0:0
“B” liga
Uels – Irlandiya 4:1
Gollar: 1:0 – 6 Lourens, 2:0 – 18 Beyl, 3:0 – 37 Remzi, 4:0 – 55 Roberts, 4:1 – 66 Uilyams.
Chexiya – Ukraina 1:2
Gollar: 1:0 – 4 Shik, 1:1 – 45 Konoplyanka, 1:2 – 90 Zinchenko.
“C” liga
Norvegiya – Kipr 2:0
Gollar: 1:0 – 20 Yuxansen, 2:0 – 42 Yuxansen.
Sloveniya – Bolgariya 1:2
Gollar: 0:1 – 3 Krayev, 1:1 – 40 Zays, 1:2 – 59 Krayev.
“D” liga
Armaniston – Lixtenshteyn 2:1
Gollar: 1:0 – 30 Pisselli, 1:1 – 33 Volfinger, 2:1 – 76 Barsegyan.
Gibraltar – Makedoniya 0:2
Gollar: 0:1 – 19 Trichkovski, 0:2 – 35 Alioski.
Latviya – Andorra 0:0
Qozog‘iston – Gruziya 0:2
Gollar: 0:1 – 69 Chakvetadze, 0:2 – 74, avtogol Maliy. | 13Sport
|
Toshkent xalqaro aeroporti ochiq va belgilangan tartibda ishlamoqda
Toshkent xalqaro aeroporti ochiq va belgilangan tartibda ishlamoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Uzbekistan Airways barcha yo‘lovchilarga oq yo‘l va qulay ob-havo sharoitlarini tilagan. | 8O‘zbekiston
|
Malining Niger daryosida to‘nkarilib ketgan qayiq 18 kishining umriga zomin bo‘ldi
Malining markaziy qismidan o‘tuvchi Niger daryosida odamlar va yuk to‘la qayiq ag‘darilib ketgani oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hammasi bo‘lib uzun tor qayiqda 90 dan ziyod kishi bo‘lgan. Ulardan 70 nafari omon qolgan, to‘rt kishi dom-daraksiz yo‘qolgan.
Mahalliy xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, qayiqlarning aksari eski va nobop bo‘lgani, odamlar hamda yuk tirbandligi tufayli Afrikada bunday falokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. | 2Dunyo
|
Andijonda 6 kishi tomonidan zo‘rlanganini aytgan ayol tuhmat qilgan deb topildi
Sudlanuvchiga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Andijon viloyat sudi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bundan 6 oy muqaddam Andijon viloyati Andijon tumanida 6 nafar erkak dala shiyponida yosh kelin O.O.ning nomusiga tekkani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 6 kishi gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb etilgan. Oradan ma'lum vaqt o‘tib, andijonlik kelinning arizasidagi holatlar o‘z isbotini topmagani va uning tuhmat qilganligi holatiga huquqiy baho berish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilishi ma'lum qilingandi.
Andijon viloyat sudining Kun.uz’ga xabar berishicha, kelinning tuhmat qilganlik holati sudda ko‘rib chiqilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudining 2021 yil 10 sentyabrdagi hukmi bilan sudlanuvchi O.O. Jinoyat kodeksi 139-moddasi (tuhmat) 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan.
Sud tomonidan O.O.ga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, sud hukmiga nisbatan prokuror protest keltirgani sababli ish apellyatsiya sudida ham ko‘rib chiqilgan. Andijon viloyat sudining 2021 yil 4 noyabrdagi ajrimi bilan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Mavzuga oid:
«Odamlar bizni tinglamay xulosa chiqaryapti» — oilali ayolni zo‘rlaganlikda ayblanayotgan besh erkak | 8O‘zbekiston
|
Seoul Mun: dunyo ekspertlarining prognozlari va rivojlanish istiqbollari
Seoul Mun – Dream City Development kompaniyasining savdo va dam olish me'morligi yangi loyihasi. Koreys me'morligining eng yaxshi an'analari bilan uyg‘unlashgan mazkur maskan Bo‘rijar kanalining qirg‘oqlari bo‘ylab bunyod etiladigan uch darajali savdo zonasidir.
20.000 m² savdo maydonlari poytaxt tadbirkorlari uchun yangi biznes joylari bo‘lishiga tayyor. Mijozlar talabiga va biznes egasining ehtiyojlariga qarab bu joyda chakana savdo do‘konlari, restoranlar, kafelar, ovqatlanish joylar, spa va go‘zallik salonlari, kiyim-kechak butiklari, zargarlik buyumlari do‘konlari, kosmetika va parfyumeriya do‘konlari va boshqa ko‘plab biznes turlari tashkil etilishi mumkin.
Strategik sheriklik doirasida tijorat ko‘chmas mulk sohasidagi dunyoning yetakchi mutaxassislari Knight Frank va Cushman&Wakefield kompaniyalari mahalliy bozorni mustaqil moliyaviy-iqtisodiy tahlil qildi. Mutaxassislarning ma'lumotlari xaridorlik qobiliyatining barqaror o‘sishi va iste'molchilarning istaklari o‘zgarganligini ko‘rsatadi, bu holat yildan yilga takomillashib bormoqda.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Seoul Mun loyihasi zamonaviy chakana savdo markazining asosiy talablariga javob beradi:
Ekspertlar tahlili davomida Seoul Mun'ning o‘rtacha tashrif buyuruvchilar oqimi aniqlandi. Kundalik tashrif buyuruvchilar 11.000 yoki yiliga 4.000.000 dan oshishi kutilmoqda.
20 avgust kunidan Seoul Mun janubiy-g‘arbiy sohilida sotuvlar boshlandi. Bugunoq poytaxt sohil bo‘yidagi savdo maydonining egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang!
Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: www.seoulmun.uz
Telegram: www.t.me/dreamcityuz
Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz | 8O‘zbekiston
|
Ukrainadagi mashg‘ulotlarga xorijiy harbiylarni qo‘yishga ruxsat berildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2020 yilda harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Ukraina hududiga xorijiy harbiylarni qo‘yish haqidagi qonunni imzoladi.
Hujjat xorijiy harbiylarning Rapid Trident 2020, Sea Breeze 2020, «Yug-2020», Riverine 2020 va Warrior Watcher 2020 deb nomlangan harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etishi uchun Ukrainaga qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Mashg‘ulotlardan birinchi ikkitasi amerikalik harbiylar bilan birga, qolganlari mos ravishda Moldova, Ruminiya va Britaniya harbiylari bilan birgalikda o‘tkaziladi.
Qonun, shuningdek, xorijiy askarlarning umumiy soni, turi, Ukrainada qolishi muddati va joylashadigan joylari, qurol sonini tartibga soladi. | 2Dunyo
|
"Normand to‘rtligi" yetakchilari Berlinda uchrashishga kelishib olishdi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko, uning fransuz hamkasbi Fransua Olland va GFR kansleri Angela Merkel "normand formatida" uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishdi. Muzokaralar 19 oktabrda Berlinda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqida 18 oktabr, seshanba kuni Poroshenkoning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, uchrashuv o‘tkazishdan maqsad - "Rossiyani Minsk kelishuvlarini bajarishga majburlash".
Poroshenko, Olland va Merkel uch tomonlama telefon muloqot davomida 19 oktabr kuni uchrashishga kelishib olishdi.
Bundan tashqari, Germaniya kanslerining matbuot xizmati Merkelning Berlindagi Ukraina inqiroziga doir muzokaralarga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham taklif qilgani haqida xabar berdi. | 2Dunyo
|
Mugabe iste'foga chiqdi
Zimbabvening ko‘p yillik prezidenti Robert Mugabe mamlakat parlamenti uning impichment qilinishiga qaror qilgandan keyin iste'foga chiqdi. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Jyeykob Mudenda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Herald nashri.
Shu tariqa, Mugabe parlament unga o‘z vakolatlarini topshirish uchun bergan 24 soatlik muhlat tugashini kutib o‘tirmadi.
Spiker parlamentdagi yig‘ilishni to‘xtatib, Mugabening iste'foga ketishi haqidagi maktubini o‘qib eshittirgan. Mudenda yangi prezidentning nomi 22 noyabrdayoq e'lon qilinishini taklif qilgan.
Mamlakatning yetakchi partiyasi ZANU-PF Mugabe iste'foga ketishni istamagandan keyin uning impichmenti jarayonini boshlagandi.
Mugabe 1980 yil aprelida Zimbabvega bosh vazir bo‘lgan. 1987 yilning 31 dekabrida esa prezident etib saylangan. U bu lavozimga bir necha marta qayta saylangan. U 2013 yilda o‘tgan oxirgi prezidentlik saylovlarida 61 foiz ovoz to‘play olgandi. | 2Dunyo
|
OFKga a`zo futbol asosiasiyalari reytingida O`FF 10-o`rinda
Osiyo Futbol Konfederasiyasi a`zo mamlakatlar futbol federasiyalarining so`nggi 4 yillik uchun yakuniy reytingini ma`lum qildi. O`zbekiston Futbol Federasiyasi ushbu reytingda 10-o`rinni egalladi.
OFK taqdim etgan ro`yxatda O`zbekiston jamg`argan ochkolari soni 35.917 ekanligii ko`rsatilgan, deya xabar bermoqda O`FF rasmiy sayti.
Ushbu reytingda peshqadamlikni 77.167 ochko yiqqan Saudiya Arabistoni egalladi. Ikkinchi o`rinni Janubiy Koreya 68.250 ochko yiqqan holda qo`lga kiritdi. Kuchli uchlikni Birlashgan Arab Amirliklari yakunlab bergan. Ushbu mamlakat hisobida 60.083 ochko bor.
O`zbekistongacha bo`lgan keyingi o`rinlarda Eron, Yaponiya, Xitoy, Qatar, Avstraliya va Kuvayt joy olgan.
Ma`lumot uchun, ushbu reyting 2012 yilning 1 yanvaridan, 2015 yil dekabriga qadar klublar va terma jamoalar qayd etgan natijalarga ko`ra hisoblangan.
Osiyo klublarining ushbu davr uchun tuzilgan reytingida O`zbekiston klublari orasida eng yaxshi natijani «Bunyodkor» qayd etgan - 12-o`rin. Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi peshqadam bo`lgan ushbu ro`yxatda O`zbekiston klublari orasida ikkinchi natijani «Paxtakor» ko`rsatgan - 34-o`rin. Ro`yxatdan shuningdek «Nasaf» (53), «Lokomotiv» (73) hamda «Neftchi» (81) jamoalari ham o`rin olgan. | 13Sport
|
Senatorlar “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida“gi qonunni ma'qulladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida, xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida“gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. 28 iyun kuni ish boshlangan Senatning XV yalpi majlisida ushbu masala ham muhokama qo‘yildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 5 ta bob va 32 moddadan iborat qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
“Qonunning maqsadi esktremizmga kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, uning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning esktremizmdan xavfsizligini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlash hisoblanadi“, deydi senator Boymatjon Rasulov.
Qonunda ekstremistik faoliyat (ekstremizm), ekstremistik guruh, ekstremistik material, ekstremistik tashkilot va ekstremizmni moliyalashtirish kabi tushunchalar qo‘llanib, ekstremizmga qarshi kurashishning prinsiplari va bu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari mustahkamlab qo‘yilgan.
Ma'lumot uchun, 2017 yil 9 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida o‘tkazilgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ShHTning “Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasi“ imzolangandi.
Shundan so‘ng, 2017 yil 15 iyunda Konventsiya me'yorlarini implementatsiya qilishga oid prezident farmoyishi qabul qilindi. Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida esktremizm tahdidlarining oldini olish, unga qarshi kurashish va bartaraf etishga qaratilgan “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangandi.
Shu tartibda, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 apreldagi qonuni bilan Shanhay hamkorlik tashkilotining “Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasi“ ratifikatsiya qilingandi. | 8O‘zbekiston
|
Narxi 100 milliondan oshgan futbolchilar to‘rttaga ko‘paydi
Futbolchilarning transfer narxi bilan shug‘ullanuvchi obro‘li nemis portali Transfermarkt yangi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Unga ko‘ra, 2018 yil holatiga, 4 nafar futbolchining narxi 100 million yevrodan oshib ketgan. Avvalroq, bunday ko‘rsatkichga Lionel Messi (180 mln yevro), Neymar (150) va Krishtianu Ronaldu (120) erishgan edi.
Endi esa Kevin De Bryuyne (110 mln yevro), Harri Keyn (120 mln yevro), Antuan Grizmann (100 mln yevro) va Eden Azar (100 mln yevro) ular safiga qo‘shilgan.
Shuningdek, 100 million yevro marraga yana bir qator futbolchilar yaqinlashib olgan - Killian Mbappe, Pol Pogba, Filippe Koutino (barchasi 90 mln yevro), Paulo Dibala, Romelu Lukaku va Luis Suares (85 mln yevro). | 13Sport
|
Qashqadaryoda soxta diplom bilan 20 yildan ortiq maktabda o‘qituvchilik qilib kelayotgan shaxslar aniqlandi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tumani bo‘limi soxta diplom bilan ko‘p yillardan beri maktabda ishlab kelayotgan o‘qituvchilarni aniqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ikki fuqaro — S.G. va B.A. o‘zlarining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlari qalbaki ekanligini oldindan bilgan.
Shunga qaramay, fuqaro S.G. Mirishkor tumanidagi 8-maktabda 1993-yildan 2018-yilga qadar boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi, fuqaro B.A. esa 9- maktabida 1997-yildan 2018-yilga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelgan.
“Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.ga qalbaki diplomlarni yuqoridagi oliygohda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab berganligi aniqlangan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Qayd etishlaricha, “mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”. | 8O‘zbekiston
|
WBA Chagayev — Ortis unvon uchun kurash bo‘yicha muzokaralarni boshlash majburiyatini yukladi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik “doimiy” jahon chempioni Ruslan Chagayev va kubalik vaqtinchalik chempion Luis Ortis o‘rtasida o‘ta og‘ir vaznda unvon uchun kurash bo‘yicha muzokaralarni boshlash majburiyatini yukladi. Bu haqda WBA rasmiy saytiga asoslanib, UzDaily xabar berdi.
“Muzokaralar uchun ajratilgan 30 kun muhlat payshanba kuni boshlanadi. Tomonlar berilgan muddat ichida kelishib olmasa, jangni o‘tkazish huquqi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi”, — deyiladi xabarda.
Professional ringda 23 marta g‘alaba (20 tasi nokaut bilan)ga erishib, 2 marta mag‘lub bo‘lgan, bitta o‘yinni durang bilan tugatgan Chagayev “doimiy” unvonni shu yilning iyul oyida AQSh vakili Fres Okendoga qarshi jangda yutib olgan. Ortis (22 g‘alaba, 19 nokaut, 0 mag‘lubiyat) unvonga sentabrdan egalik qilib kelmoqda. | 13Sport
|
Italiyada yuz bergan kuchli zilzila Amatriche shahrini vayron qildi
Italiya markazida joylashgan Amatriche shahri 23 avgustdan 24 avgustga o`tar kechasi yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayronaga aylandi, deb yozadi “Lenta.ru”.
6,1 balli zilzila mahalliy vaqt bilan 01:36 da sodir bo`lgan.
Shahar meri Serjio Pirossining aytishicha, shahar aholisining aksariyat qismi vayronalar tagida qolib ketgan. “Shaharga olib boradigan yo`llar buzilgan. Shaharning deyarli yarmi xarobalardan iborat”,—deydi u.
Italiya fuqaro mudofaasi agentligi zilzilaga o`ta kuchli sifatida baho bergan.
Ma`lumotlarga ko`ra, zilzila oqibatida kamida 4 kishi halok bo`lgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida eng ko`p talofot ko`rgan shaharlar—Akkumoli, Amatriche, Posta va Arkuata-del-Tronto. | 2Dunyo
|
Nukusda mebel sexi ishchisi o‘z ish joyidan qariyb 180 mln so‘m o‘g‘irladi
Nukus shahrida 4 yanvar kuni o‘zi ishlab turgan korxonani o‘margan xodim qo‘lga olingan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 03:30 atrofida Nukus shahrida tug‘ilgan J.O. o‘g‘rilik qilish maqsadida o‘zi ishlaydigan mebel ishlab chiqarish sexiga hech kim yo‘qligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Ofis sifatida foydalaniladigan xonadagi temir seyfni buzib, ichidagi 236 million so‘mdan 179 million so‘mini talon-toroj qilgan.
O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida J.O. mebel sexiga kirish darvozasini qulflaydigan temir ilgichni ochib kirgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bir muddat oldin Taxtako‘pirda 16 yoshli yigit seyfdan salkam 9 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgandi. | 8O‘zbekiston
|
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni ko‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni va 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-376-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni bilan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) sifatida qayta tashkil etilganligi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tuzilmasiga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Jamg‘armaning maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari;
Jamg‘armani boshqarish, uning mablag‘larini shakllantirish hamda faoliyat yuritish tartibi;
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari, mablag‘larni boshqarish va taqsimlash tartibi;
Jamg‘arma xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlari;
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobining yuritilishi, Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibi.
3. Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Jamg‘arma Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) Jamg‘armaning oliy boshqaruv organi, Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) esa uning ijro organi hisoblanadi;
Direksiya ijrochi direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining tavsiyasiga asosan Vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Direksiya Jamg‘arma faoliyati natijalari bo‘yicha har yil yakunida Vasiylik kengashiga, har chorak yakunida — Qo‘mita raisiga hisobot taqdim etadi;
Direksiya ijrochi direktori Qo‘mitaning boshqarma boshlig‘iga, uning o‘rinbosari — boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosariga, boshqa xodimlar esa mos ravishda Qo‘mitaning boshqa xodimlariga tenglashtiriladi;
Jamg‘arma xodimlariga Qo‘mita xodimlari uchun Davlat budjeti hisobidan to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari tatbiq etiladi hamda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Jamg‘arma Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Qo‘mitaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
6. Vasiylik kengashi:
Jamg‘armaning har yillik daromadlari va xarajatlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni tasdiqlab borish;
Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etish;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova bir oy muddatda Direksiya shtat jadvalini uning boshqaruv xodimlari sonini 6 nafardan oshirmagan holda tasdiqlash hamda Direksiyani saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin.
8. Qo‘mita bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 14-apreldagi 210-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, Jamg‘armani boshqarish, uning mablag‘larini shakllantirish va faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Vasiylik kengashining (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi), O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) buyruq va qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
3. Jamg‘arma Qo‘mita tuzilmasiga kiruvchi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankaga va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
4. Jamg‘armaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi;
qisqartirilgan nomi — Oila va xotin-qizlar jamg‘armasi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvenniy tselevoy fond podderjki semi i jenщin;
qisqartirilgan nomi — Fond podderjki semi i jenщin;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — State fund for family and women support;
qisqartirilgan nomi — Family and women fund.
5. Jamg‘armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish, oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ularga ko‘maklashish va rag‘batlantirishdan iborat.
6. Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish;
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini qaytarmaslik sharti bilan to‘lab berish;
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ularning mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish.
7. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni ta’minlash uchun Vasiylik kengashining qarori asosida mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan Jamg‘arma vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur axborotlarni so‘rash va olish;
G‘aznachilikdagi o‘z hisobvaraqlarida ushbu Nizomda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish;
Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat etish hamda Jamg‘armani saqlash hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni qoplash bilan bog‘liq xarajatlardan tashqari barcha moliyalashtirishni belgilangan tartibda to‘xtatish;
vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida depozitlarga joylashtirish;
Jamg‘arma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Jamg‘arma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Jamg‘arma o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda:
qonunchilik hujjatlari, ushbu Nizom talablari, Qo‘mita va Vasiylik kengashi qarorlarini to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarishi;
Jamg‘arma mablag‘larining ushbu Nizom doirasida ishlatilishini ta’minlashi hamda ulardan maqsadli va samarali foydalanishini nazorat qilishi;
o‘z faoliyatini amalga oshirish chogida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart.
Jamg‘armaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
9. Jamg‘armaning boshqaruv organlari Jamg‘arma Vasiylik kengashi va Ijro etuvchi direksiyasidan (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) iborat.
Vasiylik kengashi Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi oliy boshqaruv organ, Direksiya esa — ijro etuvchi organ hisoblanadi.
10. Vasiylik kengashi a’zolari bir vaqtning o‘zida Direksiyada mehnat faoliyatini yuritishi mumkin emas.
11. Vasiylik kengashi:
Jamg‘arma mablag‘lari va boshqa mol-mulkidan foydalanilishi hamda Jamg‘armaga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi;
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar yillik parametrlarini hamda amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;
umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat bo‘lganda, Jamg‘arma daromadlari (manbalar bo‘yicha) va xarajatlarining prognoz parametrlariga o‘zgartirishlar kiritadi;
Direksiyani saqlash xarajatlari smetasini, shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lgan taqdirda, tasdiqlangan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Direksiya tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining tavsiyasiga asosan Direksiya ijrochi direktorini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalarini jalb etishga ko‘maklashadi;
Jamg‘arma xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlarini qonunchilik talablari asosida belgilaydi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
12. Vasiylik kengashi Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert guruhlari tashkil qilishi mumkin.
13. Vasiylik kengashi majlislari zaruratga ko‘ra o‘tkaziladi.
Vasiylik kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Vasiylik kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Vasiylik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
14. Direksiya Jamg‘armaning ijro organi hisoblanadi. Unga Vasiylik kengashi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi.
15. Direksiya:
Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha to‘lovlardan tashqari moliyalashtirishni to‘xtatib turadi, keyinchalik ushbu masalani Vasiylik kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
milliy va chet el valyutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochadi va yuritadi, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi;
Jamg‘armaga o‘tkazilgan mablag‘larning amalda tushgan summasi bo‘yicha tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistik ma’lumotlarni so‘rab oladi;
Vasiylik kengashi roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy valyutada depozitlarga joylashtiradi;
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantiradi;
tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha tushgan buyurtmalarni to‘playdi, umumlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashiga kiritadi;
Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarorlari to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni Vasiylik kengashiga va Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16. Direksiya ijrochi direktori:
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklangan vazifalar bajarilishi, shu jumladan, uning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi;
Direksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, qonunchilik hujjatlari, Vasiylik kengashi qarorlari, Qo‘mitaning buyruq va qarorlari bilan Jamg‘armaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini tashkil etadi;
Direksiya, uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlarga, sifatga va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘radi;
Direksiya xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ularni rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qo‘llash haqida, shuningdek, Jamg‘arma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlarni chiqaradi;
davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy davlatlarning tegishli organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi;
Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda, Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshiruvlar tashkil qiladi, ularning natijalarini tahlil qiladi va ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taklif kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslar, tijorat banklari bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli kelishuvlar va shartnomalarni, shu jumladan, kredit, xo‘jalik va mehnat shartnomalarini hamda resurs va depozitlar shartnomalarini imzolaydi, Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
shtatlar jadvalini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Direksiya ta’minotining xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
Direksiyaning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamg‘arma nomidan sudga va boshqa davlat organlariga da’volar taqdim etadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Direksiyaning ta’minoti budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
18. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Qo‘mitaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
19. Jamg‘armaga uning daromadlari bo‘yicha tushayotgan mablag‘lar Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
20. Jamg‘arma mablag‘lar tushishining to‘liqligi Vasiylik kengashi tomonidan nazorat qilinadi.
21. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi:
Qo‘mita va Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish;
xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni tashkil etishda hamda shunday faoliyat uchun belgilangan tartibda imtiyozli kreditlar ajratishda tijorat banklarida resurslar va depozitlar joylashtirish orqali ko‘maklashish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
xotin-qizlarga va ularning bandligini ta’minlovchi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda subsidiya va grantlar, shu jumladan, ularga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni tashkil etish uchun subsidiyalar ajratish;
yosh qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilishiga ko‘maklashish;
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy qo‘llab-quvvatlash;
xotin-qizlarni kasblarga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan hamda muammolari bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga Vasiylik kengashi tomonidan ishlab chiqilgan tartib asosida grant mablag‘larini ajratish;
zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarning moslashuviga va salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlarni hamda ularning bo‘linmalarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash;
xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, o‘rganishlar davomida aniqlangan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ko‘maklashish xarajatlarini moliyalashtirish;
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini qaytarmaslik sharti bilan to‘lab berish;
oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika miqyosida hamda xalqaro tadbirlarni tashkil etishga, O‘zbekiston delegatsiyasining xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar hamda xotin-qizlar muammolari bilan ishlash yo‘nalishlaridan kelib chiquvchi tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash;
Respublika xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, uning hududiy bo‘linma (filial)larini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularda tashkil etilgan o‘quv kurslarining mutaxassislariga soatbay haq to‘lash;
“Ayollar maslahat kengashlari” va mahallalarda faoliyat yuritayotgan boshqa jamoatchilik tuzilmalari a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish;
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, shu bilan birga, tezkor tibbiy yordamga yoki jarrohlik amaliyotiga muhtoj, kam ta’minlangan oila vakillarini (jinsi va yoshidan qat’i nazar) davolatishga va ularning sog‘lom hayotga qaytishiga moddiy ko‘maklashish;
olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har yili bir marotaba har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovini o‘tkazish;
yangi ish boshlayotgan kasanachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish uchun xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida lider kasanachilarni jalb etgan holda o‘quv kurslari tashkil etish;
Direksiyani saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.
22. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Qo‘mitaga taqdim etiladi.
23. Jamg‘armadan pul mablag‘lar tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi hamda Vasiylik kengashining qarori asosida ajratiladi.
Xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan yoki Jamg‘armaga yuklatilgan topshiriqlarni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar uchun mablag‘lar Vasiylik kengashining qarori asosida sarflanadi.
24. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish ishlari daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
25. Direksiya Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga kiritadi.
26. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
27. Jamg‘armaning moliya-xo‘jalik faoliyati Vasiylik kengashining qaroriga binoan Jamg‘armaning yillik faoliyati yakunlari bo‘yicha tekshiriladi.
28. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
29. Vasiylik kengashining talabiga ko‘ra Direksiya tomonidan Jamg‘armaning moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi barcha hujjatlar taqdim etilishi shart.
30. Jamg‘armaning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi:
hisobotlar va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchli ekanligiga baho beradi;
buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotni;
aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek, Jamg‘armaning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflarni o‘z ichiga olgan qaror qabul qiladi.
31. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Vasiylik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va Direksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
32. Jamg‘arma buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘laydi.
33. Direksiya har yil yakuni bo‘yicha Vasiylik kengashiga Jamg‘arma faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
34. Jamg‘armaning buxgalteriya balansi hisobot yilidan keyingi yilning 31-martiga qadar Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
35. Jamg‘arma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 10Qonunchilik
|
Navoiyda besh mahalla mas’uli ogohlantirildi
Navoiyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashining 2017-yil faoliyati yakunlari hamda 2018-yildagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Viloyatdagi 303 fuqarolar yig‘inida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlari – yoshlar masalalari hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga saylovlar o‘tkazildi.
186 mingdan ortiq oilaga kirilib, yaqindan muloqot o‘tkazilgani natijasida 1 ming 264 oiladagi turli nizo, 450 dan ziyod ajrim, 80 dan ortiq erta nikohning oldi olindi.
2017-yilda 210 nafar nogironga nogironlik aravachasi berilib, 45 nafar kam ta’minlangan oila farzandlarining sunnat to‘yi o‘tkazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ikki fuqaroga arzon uy-joylar sotib olishi uchun boshlang‘ich badal to‘lab berildi.
O‘tgan yili viloyatda 52 mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmagan. Barcha fuqarolar yig‘inlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan “Hamkorlik tizimi” yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Xatirchi, Karmana, Tomdi va Qiziltepa tumanlari kengashlarining 5 nafar mas’ul xodimi ogohlantirildi. | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoyev Xiva tumanida 1,1 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolangan pillachilik korxonasi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Xiva tumanidagi “Khiva Silk Fabric” korxonasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bo‘sh turgan binoni modernizatsiyalash orqali amalga oshirilgan loyihaning birinchi bosqichi joriy yil avgust oyidan ishga tushirildi. Xitoydan ixtisoslashgan uskunalar olib kelib o‘rnatildi.
Klaster usuliga asoslangan korxona yiliga 140 tonnadan ziyod quruq pillani qayta ishlash quvvatiga ega. Bu yerda 110 kishi, asosan ayollar ish bilan ta’minlangan. Viloyat miqyosida olganda esa, bugungi kunda pillachilik tarmog‘ida mingta doimiy, 30 mingta mavsumiy ish o‘rni yaratilgan.
Davlat rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchilar bilan suhbatlashdi. Pillachilikda odamlarni, ayniqsa, ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyatlar borligi, xorijdan katta bargli tut navlarini olib kelib, shunday korxonalarni har bir tumanda tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Kelgusi yildan korxonada ipak tolasidan mato va tayyor kiyim-kechak tayyorlash, g‘umbakdan laboratoriya usulida yog‘ olish yo‘lga qo‘yiladi. Ipakni olgandan keyin pilla ichida qoladigan g‘umbakka shu kungacha bizda chiqindi sifatida qaralgan. Oqsilga juda boy g‘umbakdan kosmetologiyada ishlatiladigan qimmatbaho yog‘ olinadi. Xitoyda bu yog‘ning 1 litri 40-50 dollar atrofida sotiladi.
Korxonada xitin va xitozan moddasi, biologik faol qo‘shimchalar, g‘umbak konservasi, tut bargidan choy va shirinliklar ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan.
Hozirdanoq qiymati 1,1 million dollarga teng eksport shartnomalari imzolangan. Xususan, Xitoy va Pokistonga ipak mahsulotlari yetkazib berish rejalashtirilgan.
Shu yerda Xorazmda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish, qovun yetishtirishni ko‘paytirish va eksport qilish, asosiy va takroriy ekinda sholi yetishtirishga oid istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Prezident loyihalarni sifatli bajarish, aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash, ish o‘rinlari va daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Toshsoqa magistral sug‘orish kanallarini qayta qurish bo‘yicha bajarilgan ishlar bilan tanishar ekan, qurilish ishlarini izchil davom ettirish, suvni tejashga qaratilgan bunday loyihalarni boshqa viloyatlarda ham amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. | 8O‘zbekiston
|
Pompeo Rossiyani «urishqoq» deb atadi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Rossiya prezident Vladimir Putin rahbarligida «urishqoq» davlatga aylandi, lekin Xitoy Qo‘shma Shtatlar uchun kattaroq tahdid solmoqda. Bu haqda u Fox News telekanali efirida aytib o‘tdi.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zini «tajovuzkor» tutib, Amerika saylovlariga aralashishga urinmoqda. Uning ta'kidlashicha, Putin boshchiligidagi Rossiya «urishqoq davlat bo‘lib qolmoqda».
«Biz javob qaytarishimiz va qayerda qodir bo‘lsak, o‘sha yerda ularni tiyib turishimiz kerak», - deya aytib o‘tdi Pompeo.
Biroq, uning fikriga ko‘ra, «uzoq muddatli istiqbolda» Xitoy AQShga ko‘proq tahdid soladi. U xitoylik rasmiylardan kelayotgan xatarlar Amerika iqtisodiyotiga taalluqli ekanligini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Rossiya va Xitoyni tahdid deb atagandi. | 2Dunyo
|
O‘zbekistonda tez tibbiy yordam ko‘rsatish bir tuman hududida emas, masofaga qarab butun viloyat bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi
Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘lishida tez tibbiy yordam sohasi oldida turgan vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Jumladan:
Operatorlar tez yordam brigadasi yetib borguniga qadar ularga bemorning ahvoli haqida xabardor qilib turish, oila a’zolariga og‘ir ahvoldagi bemorga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha telefon orqali maslahat berish bilan shug‘ullanadi.
Tez yordam xizmatini tashkil etish va raqamlashtirish uchun 85 milliard so‘m va Jahon bankidan jalb qilingan 5 million dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, viloyat Call-markazlari tizimiga tez tibbiy yordam xizmati mavjud xususiy klinikalar ham ulanadi. | 8O‘zbekiston
|
Umid Ahmadjonov: Ishonch bildirganlaridan xursandman. Shu bilan birga katta mas’uliyatni his qilib turibman
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov “Daryo” savollariga javob qaytardi va o‘zining bo‘lajak rejalariga oydinlik kiritdi.
O‘FF prezidenti sifatida faoliyat boshlaganimga 1 yil ham to‘lmagandi. Uning faoliyatini tubdan o‘zgartirish ishlari bilan band bo‘lib turganimizda, oldimizga navbatdagi mas’uliyatli vazifa qo‘yildi. Endi nafaqat futbol, balki mamlakat sportni yangi bosqichga olib chiqishimiz kerak bo‘ladi.
Mamlakat rahbariyatining ishonchidan boshim ko‘kka yetdi. Sport sohasini ko‘tarishga jiddiy e’tibor berilayotganini 2017-yilning o‘zida chiqarilgan qarorlar ham ko‘rsatib turibdi. Bundan tushunish mumkinki, sohamizni rivojlantirishni birinchi navbatda prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning o‘zlari istamoqdalar. Nafaqat istak, balki bu yo‘lda nima kerak bo‘lsa, hukumat unga zamin yaratib berishga tayyor ekani har qanday kishiga qo‘shimcha motivatsiya beradi.
Umid Ahmadjonov, MOQ va O‘FF prezidenti
O‘zbekiston delegatsiyasi Rio—2016 Olimpiadasida yaxshi ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgandi.
To‘g‘ri, Rioda sportchilarimiz ancha muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ammo ahamiyat bergan bo‘lsangiz, Shavkat Miromonovich nafaqat boksda, balki sportning qolgan turlarida ham katta o‘sishga erishishimiz kerakligini ta’kidladilar. Ishonamanki, Tokio—2020 Olimpiadasidagi natijamiz avvalgisidan ham yaxshiroq bo‘ladi. Biz bu yo‘lda jiddiy mehnat qilishga tayyormiz.
Umid Ahmadjonov, MOQ va O‘FF prezidenti
Ahmadjonov hozirda O‘FF prezidenti ham hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida sportning ikki yirik bo‘g‘inini qanchalik muvaffaqiyatli boshqarish mumkin?
Aytganimdek, O‘FFni qabul qilganimda 1 yil ham to‘lmagandi. Biroq MOQ butunlay boshqa masala. Bunda sportning birgina emas, barcha turlari mujassam. Tez orada Olimpiada o‘yinlariga litsenziya taqdim etuvchi musobaqalar boshlanadi. Qolaversa, oldimizda Osiyo Olimpiadasi bizni kutib turibdi. Demak, MOQda ish qaynaydi.
Ammo unutmaslik kerakki, bizdan shunchaki ishlash emas, jon berib ishlash, fidoyi bo‘lish talab etiladi. Demak, imkoniyatimizdan maksimum foydalanishga harakat qilishimiz shart. Rejaga ko‘ra, 25-yanvar kuni O‘FFning navbatdan tashqari konferenatsiyasini o‘tkazamiz. Unda tashkilot nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilgan. Shuningdek, rahbariyatda ham o‘zgarish bo‘ladi.
Biroq bu futboldan chetlashishim yoki boshlangan ishlar yakuniga yetishini bildirmaydi. Boshlangan ishlar shu yo‘sinda davom etadi va barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, nafaqat millionlar o‘yinini, balki sportning qolgan turlarini ham ko‘tarishga harakat qilamiz.
Umid Ahmadjonov, MOQ va O‘FF prezidenti
Rejaga ko‘ra, O‘FFning navbatdagi tashqari konferenatsiyasiga Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi mezbonlik qiladi. | 13Sport
|
Pentagon harbiylarga xitoy dronlaridan foydalanishni taqiqladi
Pentagon harbiylarga dunyodagi eng mashhur SZ DJI Technology Co Ltd kompaniyasi dronlaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, maxsus buyruq nafaqat DJI brendi ostida sotilgan barcha dronlardan voz kechishni, balki soft va yordamchi qurilmalarni to‘liq yo‘q qilishni ko‘zda tutadi. Ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, ulardan foydalanish yuqori xavf manbai bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, amerikalik harbiylar geolokatsiya ma'lumotlari, dronlarning dasturiy va qurilmaviy ta'minotlarini xavf manbai deb hisoblagan bo‘lishlari mumkin, zero ulardan to‘g‘ri foydalanilsa, razvedka ma'lumotlarini yig‘ishda yordam berishi mumkin.
SZ DJI Technology Co Ltd kompaniyasi vakillari AQSh armiyasining bunday bayonotidan taajjubga tushishdi va yaqin vaqt ichida Pentagon vakillari bilan Xitoyda ishlab chiqarilgan dronlarning xavfsizligi masalasini muhokama qilishmoqchi. | 2Dunyo
|
Yevropa Ligasi. “Chelsi” va “Napoli” g‘alaba qozondi, “Arsenal” mag‘lub bo‘ldi, “Inter”da esa durang (video)
7-mart, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Luchano Spaletti qo‘l ostidagi Milanning “Inter” klubi Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahriga safar qiladi. Italiyaliklar u yerda “Ayntraxt” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar durang natija qayd etdi (0:0).
Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi mehmonda shahar nomi bilan ataluvchi “Renn” jamoasi bilan bahs boyladi.
O‘yinning 4-daqiqasida Aleks Ivobi hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Benjamin Burjigo hisobni tenglashtirdi (1:1). 68-daqiqada esa “to‘pchilar” himoyachisi Loran Kosyelni o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashi 2 daqiqa qolganda Ismoil Sarr fransiyaliklar g‘alabasini mustahkamladi (3:1).
Shu tariqa “Arsenal” musobaqa 1/8 finalining dastlabki bahsida mehmonda “Renn” klubiga mag‘lub bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, uchrashuvning 41-daqiqasida Sokratis Papastatopulos hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va mehmonlar maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.
Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” “Stemford Brij”da Kiyevning “Dinamo” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvda Pedro Rodriges (17), Villian (65), Kallum Hadson-Odoi ning (90) gollari “Aristoktarlar”ning g‘alabasini ta’minladi.
Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bahsda “Yuventus”ga mag‘lub bo‘lgan (1:2) “Napoli” o‘z maydonida “Zalsburg”ni qabul qildi.
To‘qnashuvning 10-daqiqasida Arkadiush Milik hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqaga kelib Fabian hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 58-daqiqada esa “Zalsburg” jamoasi a’zosi Jerome Ongana o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.
Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlari mazkur bosqichning dastlabki o‘yinida “Zalsburg”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).
Yevropa Ligasi
1/8 final bahslari
7-mart, payshanba
Gol: 1:0 — 38 Petkovich
Gollar: 1:0 — 1 Ben Yedder, 1:1 — 25 Stox, 2:1 — 28 Haddadiy, 2:2 — 39 Kral
Gollar: 0:1 — 33 Iborra, 1:1 — 35 Azmun, 1:2 — 64 Moreno, 1:3 — 71 Morlanes
Gollar: 0:1 — 4 Ivobi, 1:1 — 42 Burjigo, 2:1 — 65, avtogol, Monreal, 3:1 — 88 Sarr
Gollar: 1:0 — 17 Pedro, 2:0 — 65 Villian, 3:0 — 90 Hadson-Odoi
Gollar: 1:0 — 10 Milik, 2:0 — 18 Fabian, 3:0 — 58, avtogol, Ongana
Gollar: 1:0 — 12 Rodrigo, 2:0 — 24 Rodrigo, 2:1 — 63 Klasson
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Qirg‘izistonda Beeline vakolatxonasi bosh direktori hibsga olindi
Beeline uyali operatorining Qirg‘izistondagi vakolatxonasi bosh direktori Oleg Klochko yo‘l-transport hodisasi fakti bo‘yicha hibsga olindi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Bishkek ichki ishlar bosh boshqarmasiga tayanib.
Top-menejer 22-iyul, chorshanba kuni shu yilning fevralida sodir bo‘lgan YTH holati bo‘yicha qo‘lga olindi.
Klochkoga “harakat xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Ayni paytda vaziyat aniqlashtirilmoqda. | 2Dunyo
|
Texnopark: har 19 sekundda bitta mahsulot
29.08.2020
Davlatimiz rahbari oʻtgan yili iyunda Yashnobod tumanidagi Texnoparkda rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishgan, bu yil fevralda elektron gaz hisoblagich korxonasi ishga tushirilgan edi.
29-avgust kuni bu yerda ikkinchi istiqbolli loyiha – maishiy sovutgichlar ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, korxonani ochdi.
Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi. Umumiy qiymati 51,5 million AQSh dollari boʻlgan korxonada Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi oʻrnatilgan. Uskunalarni montaj qilish va loyihani ishga tushirishga ham koreyalik mutaxassislar jalb qilingan.
Ma’lumki, yurtimizda shu paytgacha ham sovutgichlar ishlab chiqarilardi. Farqi shundaki, bu korxonaniki yuqori texnologik, yangi avlod mahsulotidir. Shunga yarasha ularning sifati yuqori, sigʻimi ham katta.
– Sobiq aviatsiya zavodi toʻxtab, qarovsiz qolib ketgan edi. Keyingi yillarda undan foydalanish boʻyicha koʻrgan choralarimiz asta-sekin oʻz natijasini berayapti. Bulardan maqsadimiz – odamlarni ishli qilib, oylik berish, raqobatbardosh mahsulot chiqarib, eksport qilish, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Korxonada ishlab chiqarish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilgani natijasida har 19 sekundda bitta mahsulot tayyorlash mumkin. Yuqori qoʻshimcha qiymatga ega bu sovutgichlarning 30 foizini eksport qilish koʻzda tutilgan. Bu yerda 1500 ta ish oʻrni yaratilgan.
Davlatimiz rahbari jamoatchilik faollari bilan muloqotda sanoatni mahalliylashtirish masalalari haqida gapirdi. Xususan, 2016-yil yakunida 100 ming tonna atrofida mis ishlab chiqarilgan boʻlsa, bu yil oxirida 150 ming tonnaga yetkazilishi ta’kidlandi. Kelgusida 400 ming tonna reja qilingan. Ma’lumki, mis sanoat mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllaniladi. Uni qazib chiqarish hajmi koʻpayishi import oʻrnini bosib, mamlakatimiz mahsulotlarining dunyo bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.
Mazkur texnopark 2019-yil avgustda tashkil etilgan. Bu yerda 2020-2021-yillarda 15 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Barcha loyihalar bajarilgandan keyin jami ishlab chiqarish hajmi yiliga 800 million AQSh dollari boʻlishi moʻljallangan. | 12Siyosat
|
Andijonda ayollardan iborat jinoiy guruh ushlandi
Buloqboshi tumani Farog‘at ko‘chasida yashovchi M.A. ismli ayol, uning qizi hamda dugonasi D.M.lar Andijon shahridagi “Jahon” buyum bozorida o‘g‘rilik qilishni rejalashtirishadi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.
Ushbu bozorda savdo qilayotgan ikki tadbirkorning umumiy narxi 280 ming so‘mlik 7 juft bolalar oyoq kiyimi va umumiy narxi 290 ming so‘mlik 2 dona ayollar sumkalarini o‘g‘irlashadi.
Biroq ular uzoqqa borishmadi. Ayollardan iborat jinoiy guruh a'zolaridan biriga tegishli «Spark» rusumli avtomashinaga yuklayotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlandilar. | 5Jamiyat
|
Superliga yangi mavsumidagi 4-iste’fo: “Turon” klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov iste’foga chiqdi
“Turon” klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Bu haqda yaypanliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Superliga 8-turi doirasida 13-may kuni bo‘lib o‘tgan “Turon” — “Qizilqum” uchrashuvidan (0:1) keyin jamoa rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda bosh murabbiy o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.
Jamoani vaqtinchalik polshalik mutaxassis Boguslav Baniak boshqarib turadi.
Ma’lumot uchun, Superliga debyutanti bo‘lgan “Turon” klubi 8 turdan keyin 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda va hali biror marta ham g‘alaba qozona olmadi.
Shu tariqa bu Superliga 2021-yilgi mavsumida to‘rtinchi iste’fo bo‘ldi. Avvalroq “Navbahor” No‘mon Hasanov, “Metallurg” Andrey Shipilov, “Andijon” esa Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan xayrlashgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov “Go‘ro‘g‘li” turkumiga kiruvchi “Malla savdogar” dostonini ijro etadi
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi va OXUS Culture tashkiloti hamkorlikda O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ijrosidagi “Go‘ro‘g‘li” dostoni turkumiga kiruvchi “Malla savdogar” dostonini tinglashga taklif etadi. Bu haqda OXUS Culture tashkiloti rahbari Husniddin Atoyev xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24-yanvar kuni soat 16:00 da o‘tkaziladigan Abdunazar baxshi ijro dasturidan “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlari turkumiga kiruvchi bir qancha dostonlar, shuningdek, doston ijrochiligi yo‘lidagi xalq qo‘shiqlari, termalar o‘rin egallagan.
Ta’kidlash joiz, Abdunazar baxshi ijrosidagi bir qancha doston va qo‘shiqlar O‘zbekiston radiosi oltin fondidan o‘rin olgan.
Shuningdek, baxshi Fransiya, Belgiya, Shveysariya, Tayvan, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarida ijodiy safarlar uyushtirgan bo‘lib, o‘zbek baxshichilik an’analarini dunyo xalqlari orasida munosib targ‘ib qilib kelmoqda.
Doston ijrosi 2 soat davom etadi. Kechaga tashrif buyuruvchilar soni cheklangan.
Kechaga tashrif buyurish istagida bo‘lganlar 22-yanvarga qadar 233-14-20 raqamiga murojaat qilishi yoki Facebook’dagi sahifaga shaxsiy xabar qoldirishi lozim. | 7Madaniyat
|
1 iyundan aholidan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi
Hujjatga ko‘ra, davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlaridan:
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:
b) quyidagi hujjatlarni:
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma'muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma'lumotlarni mas'ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi. | 8O‘zbekiston
|
Yaponiya Trampning KXDR muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilish haqidagi fikrini rasman qo‘llab-quvvatlaydi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya bo‘yicha jangovar nuqtai nazarini rasman qo‘llab-quvvatlamoqchi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Muqaddam Tramp KXDR masalasini harbiy yo‘l bilan hal qilish borasida bir necha marotaba bayonot bergan edi.
“Barcha variantlar stolim ustida turibdi, ular ichida harbiysi ham bor”, — degan edi u bayonotlaridan birida.
Aytilishicha, noyabr oyining boshida Tramp bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Abe uning pozitsiyasini rasman qo‘llab-quvvatlaydi. | 2Dunyo
|
Qozog`iston o`zida ATR turnirlarini o`tkazmoqchi
Qozog`iston tennis federasiyasining prezidenti Bulat Utemuratov Ostona shahrida erkaklar o`rtasida xalqaro musobaqani tashkil huquqini sotib olish uchun ishga kirishdi, deya xabar bermoqda sports.uz nashri gotennis sayti ma`lumotlariga tayanib.
Ayni damda Utemuratov darajasi "250" (g`olibga beriladigan reyting ochkosi) bo`lgan ATR turnirlarini Qozog`istonda ham o`tkazish bo`yicha xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning so`zlariga ko`ra, agar bu ish amalga oshsa, TOP-20 ga kiruvchi tennischilar musobaqada ishtirok etishi kutilmoqda. | 13Sport
|
O`zbekistonda bir oyda qariyb 7 trln so`mlik qurilish ishlari bajarilgan
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar oyida O`zbekistonda 6 956,2 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bajarilgan qurilish ishlari hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1 % ga oshgan.
Qurilish ishlari hajmi tarkibida: | 4Iqtisodiyot
|
Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha ketma-ket ikkinchi kun rekord qayd etildi
Hindistonda bir sutkada 332730 ta koronavirus yuqtirish holatlari qayd etildi, bu yangi jahon rekordi hisoblanadi, deb yozmoqda Times of India.
Nashrning xabar qilishicha, o‘tgan sutka davomida 2263 nafar bemor vafot etgan.
Mamlakatda bir kun avval 314835 ta yangi holat aniqlangandi.
Pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirganlar soni 16,2 milliondan oshgan, 186,9 ming kishi vafot etgan.
Mamlakatdagi shifoxonalarda kislorod yetmayotganligi aytilmoqda.
Vaziyat jiddiyligiga qaramasdan, Hindistonda bozor va savdo markazlari yopilmagan, katta to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berilgan. | 2Dunyo
|
Qrim Rossiyaning ajralmas qismi deb tan olindi
Suriya hukumati Qrim respublikasini Rossiyaning ajralmas qismi deb tan oldi. Suriya parlamenti raisi Hadiya Abbos Sputnik agentligiga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
«Biz, Qrim — Rossiyaning ajralmas qismi deb tan olamiz», — degan Hadiya Abbos. Uning ta'kidlashicha, Suriya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklikka asoslangan va istiqbollidir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim Sovet Ittifoqining hududi bo‘lgan, «SSSR parchalanganidan so‘ng hozirgi davrgacha sodir bo‘lgan voqealar tufayli ushbu subekt Qrimda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi natijasida o‘zining avvalgi davlatchiligiga qaytdi. Natijalar yarimorol aholisining manfaatlarini aks ettirar edi».
2014 yil 18 martda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal kengashga murojaat qilib, Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahrini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish bo‘yicha murojaat qildi. Shundan so‘ng, tomonlar maxsus shartnomani imzolashdi. Uning asosida Rossiya tarkibiga Qrim Respublikasi va federal ahamiyatga molik Sevastopol shahri kiritildi. | 2Dunyo
|
Galustyanning shov-shuvga sabab bo‘lgan chiqishi repetitsiyasi aks etgan video taqdim etildi
KVNning 55 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yubiley o‘yinda rossiyalik aktyor va shoumen Mixail Galustyan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan repetitsiya o‘tkazgani aks etgan video e'lon qilindi. Bu haqda Life xabar bermoqda.
Rolikdan ko‘rinib turibdiki, Galustyan Qodirovning qarshisida turib olgancha, repetitsiya qilmoqda. Eng yakuniy hazilda Checheniston rahbari qattiq kulib yuborgan va Galustyanni olqishlagan.
Eslatib o‘tamiz, KVN o‘yinining 27 noyabr kungi translyatsiyasida taniqli shoumen Mixail Galustyan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni parodiya qilib chiqqan edi. | 2Dunyo
|
Kiyev Putinning shartlarini qabul qilishdan bosh tortdi
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning ma’lum qilishicha, Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan munosabatlarni normallashtirish shartlarini bajarishni imkonsiz deb biladi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanalida yozib qoldirgan.
“Rossiya prezidenti tomonidan Ukrainaga nisbatan e’lon qilingan shartlarning bajarilishi ukrain jamiyatining tanloviga ziddir. Mustaqil, suveren Ukraina va mamlakatimiz bosh vaziri sifatida men uchun — bu imkonsiz”, — deydi Shmigal.
ICTV telekanali efirida bosh vazir ushbu bayonotini takrorlagan va xotirjamlikni saqlayotgan ukrainaliklarga minnatdorchilik bildirgan, chunki bu iqtisodiy hamda makroiqtisodiy vaziyatni barqaror saqlash imkonini beradi.
22-fevral kuni Vladimir Putin Ukraina bilan munosabatlarni normallashtirishning bir nechta shartlarini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda Ukraina hukumati Qrimdagi referendum natijalarini tan olsa, NATOga qo‘shilishdan voz kechsa va mamlakatni ma’lum darajada qurolsizlantirishga rozi bo‘lsa, bu amalga oshadi. “Birinchi navbatda qilinishi kerak bo‘lgan ish — bu Sevastopol va Qrimda yashovchi odamlarning xohishini tan olishdir. Ushbu xohish Kosovoda sodir bo‘lganidan nimasi bilan yomon? Hech nimasi bilan. Qaror parlament tomonidan qabul qilindi, bu yerda esa umumxalq referendum orqali”, — degan Putin.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning mustaqil ravishda NATOga qo‘shilishni rad etishi “G‘arb davlatlaridagi hamkasblarida yuzini yo‘qotmaslik” imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida DXR va LXR mustaqilligini e’lon qilish taklif etilganidan keyin, mamlakat fuqarolariga murojaat yo‘lladi va respublikalarning mustaqilligini tan olish haqidagi farmonni imzoladi. 22-fevral kuni Rossiya davlat dumasi va federatsiya kengashi ushbu farmonni ratifikatsiya qildi.
Shuningdek, Rossiya federatsiya kengashi 22-fevralda Putinning Donbass hududida mustaqilligi tan olingan respublikalarga harbiy qo‘shin yuborishiga ruxsat berdi. Shundan keyin Putinning o‘zi qo‘shinlarni respublikalar hududiga kiritish borasidagi yakuniy qaror vaziyatning qanday rivojlanishiga bog‘liqligini qayd etdi. | 2Dunyo
|
Bir filmda suratga tushgandan so‘ng munosabatlariga chek qo‘ygan yulduzli juftliklar (foto)
Gollivudning mahoratli aktrisasi Nikol Kidman 2022-yil 20-iyun kuni 55 yoshni qarshi oldi. Aktrisa bu yoshga yetguniga qadar, albatta, uzoq yo‘l bosib o‘tdi, bir qancha sinovlarga duch keldi. Grazia nashri xuddi Nikol Kidman va Tom Kruz kabi bir fimlda suratga tushgandan so‘ng munosabatlarini to‘xtatgan yulduzli juftlikning bir nechtasini taqdim etdi.
Nikol Kidman va Tom Kruz
Jahon kinosining eng go‘zal juftliklaridan biri suratga olish maydonchasida uchrashgan. Nikol va Tom “Momaqaldiroq kunlari” filmining kastingiga birgalikda kelgan. Aktyor maftunkor intiluvchan aktrisa bilan butun hayotini birga o‘tkazmoqchi ekanligini tezda anglab yetdi.
Sevishganlar tezda turmush qurdi. Juftlik farzand ko‘ra olmagach, bola asrab olishga qaror qildi. Ularning oilasi bir o‘g‘il va qizga ko‘paydi. Tomning sayentologiyaga sodiqligi ularning nikohni asta-sekin yo‘q qildi. “Eyes Wide Shut” filmda suratga tushgandan so‘ng Nikol munosabatlarni to‘xtatishi kerakligini angladi. 2001-yilda er-xotin o‘n yil turmushdan keyin ajrashishdi.
Bred Pitt va Anjelina Joli
Bu juftlikning munosabatlari “Janob va xonim Smit” filmining suratga olish maydonchasida boshlangan. Joli-Pitts atrofidagi barchaga mutlaqo baxtli oiladek ko‘rinardi. Biroq 2015-yilda ular yana bir filmda suratga tushdi. Anji “Lojuvard sohil” filmining rejissori va ssenariy muallifi edi. Bu drama bir vaqtlar baxtli turmush qurgan va munosabatlari oxir-oqibat inqirozga duch kelgan er-xotin haqida bo‘lib, kartina premyerasidan bir yil o‘tgach, Pitt va Jolining o‘zlari ham muammolarga duch keldi.
2016-yil sentyabr oyida Anjelina nikohni bekor qilish va bolalarni to‘liq vasiylikka olishini so‘rab sudga murojaat qildi. 2021-yilda sobiq juftlik nihoyat vasiylik bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qildi va Bred bolalarni ko‘rish huquqiga erishdi. Ammo insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, Anjelina ushbu sud qaroriga qarshi chiqishga harakat qilmoqda.
Brittani Merfi va Eshton Katcher
Brittani va Eshton “Yangi turmush qurganlar” filmining suratga olish jarayonida tanishib, uchrasha boshladi. Sevishganlar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yashirishga harakat qildi, lekin Gollivudda hech kim buni uddasidan chiqmagan. 2003-yilda film namoyish etilishi bilanoq Eshton Demi Mur bilan uchrashishni boshladi va Brittani bilan hech afsuslanmasdan ajrashdi.
Jennifer Lourens va Nikolas Xolt
Jennifer va Nikolay ham 2011-yilda “X-Men: Birinchi sinf” filmida uchrashishgan. Munosabatlar bir necha yil davom etdi, juftliklar franshizaning davomida yana birga ishlashlari kerak edi. Suratga olish maydonchasida ular hammasini qaytadan boshlashga qaror qildi. Afsuski, bu safar munosabatlar uzoq davom etmadi. Dostonning uchinchi qismi Lourens va Xolt uchun uchinchi imkoniyat bo‘lib qolmadi: juftlik ajrashishga qaror qildi.
Jennifer Lourens va Darren Aronofski
Jennifer Darren bilan “Ona” filmining suratga olish maydonchasida uchrashdi. Ko‘pchilik ularning orasidagi munosabat haqida taxmin qildi, bir yil o‘tgach, juftlik o‘zlarining his-tuyg‘ularini rasman tasdiqladi. Ammo aktrisa film chiqqandan keyin rejissor bilan ajrashdi. Shu bilan birga, Jennifer ajralish sababini ijodiy farqlardan boshqa narsa deb atamadi.
Kristen Styuart va Robert Pattinson
“Sumerki” dostoni nafaqat dunyoga mashhur loyihaning o‘zini, balki mukammal juftlikni ham taqdim etdi. 2012-yil oxirida suratga olish ishlari yakunlandi va munosabatlar ham o‘z nihoyasiga etdi. Ma’lum bo‘lishicha, Kristen Robertga xiyonat qilganligi tufayli munosabatlarga nuqta qo‘yildi. | 7Madaniyat
|
Shavkat Mirziyoev va Viktor Orban Chirchiqda tashkil etilgan O`zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazini borib ko`rdilar (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoev va Bosh vazir Viktor Orban Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan O`zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markaziga tashrif buyurdilar. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ilmiy muassasa Vengriya qishloq xo`jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Qishloq xo`jaligida bilim va innovasiyalar tizimi negizida tashkil etilgan.
Davlatimiz rahbari bu tarmoqqa alohida e`tibor qaratgani bejiz emas. Kartoshka aholining kundalik iste`mol mahsulotlaridan biridir. Uning sifatli va arzon bo`lishi har bir oila farovonligiga ta`sir qiladi.
Kartoshkaga bo`lgan ichki bozor talabini qondirish uchun katta miqdorda urug`lik zarur. Xususan, yurtimizga iste`mol uchun 200-300 ming tonna, urug`lik uchun 17 ming tonna kartoshka chetdan keltiriladi.
Endi yangi markaz Vengriyadan keltirilgan navlarni sinovdan o`tkazish va urug`lik kartoshka ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Bu erda mahalliy va xorijiy navlarni chatishtirish orqali kartoshka etishtirishning barcha bosqichlarida sifatni ta`minlashga qaratilgan kompleks tizim ishlab chiqiladi. 50 dan ortiq navlar mahalliylashtirilib, kartoshkachilik genofondi yaxshilanadi.
Innovision usullar samarasida 2021-2023 yillarda hosildorlikni 30-50 foizgacha oshirish mo`ljallangan. 2024 yilga borib, 21 ming tonna urug`lik kartoshka etishtirish, bu boradagi import o`rnini to`liq qoplash maqsad qilingan.
Shavkat Mirziyoev va Viktor Orban bu erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ilmiy markazda «in vitro», o`simliklar patologiyasi, kartoshkani saqlash fiziologiyasi, sifat nazorati bo`yicha laboratoriyalar tashkil etilgan. Namunalar tayyorlash, etishtirish va saqlash xonalari zamonaviy jihozlangan. Markaz faoliyatini yo`lga qo`yish uchun Vengriyadan 4 nafar ilmiy xodim kelgan.
Davlatimiz rahbari mutaxassis va mutasaddilar bilan muloqot qildi. Kadrlar tayyorlashni kengaytirish, dehqon va fermerlarni bu erda o`qitib, sohadagi yutuqlarni barcha hududlarga etkazish zarurligini ta`kidladi.
Mehmonlar fermerlar uchun tashkil etilgan agroxizmatlar markazi, yurtimiz qishloq xo`jaligida qo`llanilayotgan texnika va texnologiyalarni ham ko`zdan kechirdi. | 12Siyosat
|
Narpay tumani imom xatiblari 230 dan ziyod kam ta’minlangan oilalarga yordam berdi
Samarqand viloyati Narpay tumani imom xatiblari Muborak Ramazon oyi davomida tumandagi 230 dan ziyod kam ta’minlangan xonadonlarda bo‘lib, ularning ahvollaridan xabar oldi, deb xabar berdi “Zarnews”.
Oziq-ovqat, ro‘zg‘or anjomlari, pul mablag‘laridan iborat jami 15 320 000 so‘m miqdorda xayr qilindi. Bu ishlar homiylar va “Vaqf” xayriya jamoat fondining viloyat filiali ko‘magida amalga oshirildi.
“Saxovatpesha xalqimiz o‘zining himmatini ayamaydi. Xabarlarda bunday deyilgan: ‘Saxiy kishining taomi shifodir, baxil odamning taomi kasallikdir’; ‘Saxiy kishining xatolarini kechiringlar, chunki u har bir qoqinganida Parvardigor uni qo‘lidan tutib turadi’; ‘Saxiylik bamisoli jannat daraxtlaridan biridir. Uning shoxlari dunyoga osilib tushib turadi. Kim uning shoxlaridan birini tutib olsa, u jannatga boshlab boradi. Baxillik esa do‘zax daraxtidir. Uning shoxlari dunyoga chiqib turadi. Kim shu shoxlardan birini ushlasa, uni do‘zaxga boshlab boradi’; ‘Xufyona qilingan sadaqa Allohning g‘azabini so‘ndiradi”, - deydi tuman bosh imom xatibi Dilmurod Bektamishov. | 8O‘zbekiston
|
Keyt Uinslet Di Kaprio AQSh kinoakademiyasi tomonidan e’tirof etilmayotganini “adolatsizlik” deb hisobladi
Keyt Uinslet bu yil yana “Oskar” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan Leonardo Di Kaprio AQSh kinoakademiyasi jyuri a’zolari tomonidan e’tirof etilmayotganini adolatsizlik deb hisoblaydi. Bu haqda u People nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Segodnya.ua”.
“U men ko‘p yillardan beri biladigan o‘sha Leo, ammo professional nuqtai nazardan qaraganda juda ulg‘aygan. Zabardast aktyor: avvalgiga qaraganda kuchliroq, chiroyliroq va o‘ziga har qachongidan ko‘ra ishonchi baland. U bilan bog‘liq shuncha gap-so‘zga qaramay, sovuqqonlikni boy bermay kelmoqda”, — deya ta’kidlagan Uinslet.
40 yoshni qarshilagan aktrisa 41 yoshli Leonardo Di Kaprioda deyarli yigirma yil avvalgi “Titanik”dagi sherigini ko‘rishini yashirmadi. “U ajoyib va sodiq do‘st, hamisha shunday bo‘lgan. Nafaqat menga, balki o‘ziga yaqin barcha kishilarga nisbatan ham shunday. U hozirgacha “Titanik” filmini suratga olish chog‘ida tanishgan ko‘pchilik insonlar bilan yaqin aloqalarni uzmagan”, — deydi Keyt. | 7Madaniyat
|
Adham Ikromov: O‘zbekiston paxta savdosiga urg‘u bermaydi
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov mamlakat paxta xomashyosi savdosini o‘n martaga kamaytirganini ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.
“Agar avvallari paxta xomashyosi savdosidan bir milliard ikki yuz million dollar daromad ko‘rgan bo‘lsak, hozirgi kunga kelib uch oy ichida paxta xomashyosini 35 million dollarga sotdik”, — deydi u.
Paxta xomashyosini chet elga sotishning o‘n martaga kamaytirilishi mahalliy sanoatda tub burilish yasadi, deyiladi xabarda.
“Mingdan ortiq to‘qimachilik korxonalari 2017-yilda qiymati 3,7 milliard AQSh dollaridan ko‘proq mahsulot ishlab chiqardi”, — deydi Adham Ikromov.
Qayd etilishicha, mazkur korxonalar tomonidan 1 milliard 570 million dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan. | 8O‘zbekiston
|
Shifo maslahat: YuRAGINGIZ NOTINChMI?
Xolida Omonova, Samarqand viloyati
Nasiba ALIMOVA, oliy toifali shifokor-kardiolog:
— Yurak sohasidagi og`riq turli xarakterda bo`lishi mumkin. Qolaversa, ushbu a`zodagi og`riqning bir qancha turlari bor. Bezovtalikka aniq tashxis qo`yish uchun og`riqning kelib chiqish payti, davomiyligi, tananing qaysi a`zolariga tarqalayotgani va qay holatda boshlanishini bilish lozim. Ko`pincha qisqa muddatli va o`z-o`zidan o`tib ketadigan og`riqlar yurak bilan bog`liq bo`ladi. Uzoq davom etadigan xili esa yurak atrofidagi mushaklar, nerv tolalari ishi bilan izohlanadi. Maslahatim — shifokor ko`rigidan o`ting. Mutaxassis umumiy ahvolingiz, shikoyatlaringizdan kelib chiqib, vaziyatga aniqlik kiritishi mumkin. Tashxis qo`yishda kardiogramma tekshiruvi, ExoEKG tahlillari o`tkaziladi. Bugun yurak faoliyatidagi o`zgarishlarni baholashda yurakka yuklama berish usuli ham qo`llanilmoqda. Ushbu usul yurakning funksional holatini aniq baholab beradi. Mutaxassis nazoratida o`tkazilgan yuklama usuli natijasidan kelib chiqib, og`riq yurak bilan bog`liqmi yoki boshqa o`zgarishlar ta`sirimi, aniq xulosaga kelish mumkin. So`ng shunga ko`ra muolaja usuli tanlanadi. | 11Salomatlik
|
Afrikadagi konda dunyoda kattaligi bo‘yicha 5-o‘rinda turadigan olmos topildi
Dunyodagi eng katta olmoslardan biri Afrikaning Lesoto qirolligida joylashgan Letseng konidan topildi. Qimmatbaho toshning og‘irligi 910 qirotni tashkil etadi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Rangsiz tosh lla tipiga mansub, ya’ni uning tarkibida azot va bor mavjud emas; bu kabi olmoslar dunyoda mavjud olmoslarning 1 foizdan kamrog‘ini tashkil etadi. Ushbu olmos o‘lchami jihatidan shu kunga qadar topilgan olmoslar ichida beshinchi o‘rinda turadi.
2006-yilda Letseng konidan dunyodagi eng yirik 20 ta oq olmosning to‘rttasi topilgan bo‘lib, ularning kattasi 603 qirotga teng edi.
Konga egalik qiluvchi Gem Diamonds kompaniyasi hozircha topilgan ushbu olmosni nima qilishini aytmadi va uning potensial narxini baholashga harakat ham qilmayapti. Kanadaning Lucara Diamond kompaniyasi o‘tgan yili 1100 qiroq og‘irlikka teng Lesedi la Rona olmosini 53 million dollarga sotgan edi.
Jahon rekordi Kullinan olmosi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, uning og‘irligi 3106 qirotga teng bo‘lgan. U 1905-yilda JARda topilgan. Hech qachon savdoga qo‘yilmagan olmosning narxi 2 milliardga teng. Kullinan Buyuk Britaniya qiroli Eduard VII ga sovg‘a qilingan va to‘qqizta yirik hamda 96 ta mayda brilliantlarga bo‘lingan. Ularning eng yirigi britan qirolligi tojidan o‘rin olgan. | 2Dunyo
|
Eronda ikki kishi iqtisodiy qonunbuzarliklar uchun qatl etildi
Eronda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida ikki kishi iqtisodiy qonunbuzarliklar uchun qatl etildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ikkala sudlanuvchiga ham “korrupsiyani tarqatganlik” uchun jazo tayinlangan, bu esa Eronda islom qonunlari bo‘yicha o‘lim jazosi bilan jazolanuvchi qonunbuzarlik hisoblanadi.
Moliyaviy qonunbuzarliklarga qarshi kurash mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz hamda AQShning neft sektoriga qaratilgan yangi sanksiyalari fonida olib borilmoqda.
Eronda moliyaviy jinoyatlar ishlari bo‘yicha maxsus sudlar yaratilganidan buyon kamida yettita o‘lim hukmi chiqarilgan, ba’zi sud majlislari esa televideniye orqali jonli efirda uzatilgan. | 2Dunyo
|
Superliga. «Paxtakor» Toshkent derbisida g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Superligasining 2-turi doirasidagi markaziy uchrashuv Toshkentda, «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi bo‘lib o‘tdi.
«Bunyodkor» rasman mezbon bo‘lgan, lekin «Paxtakor» stadionida o‘tkazilgan derbida «sherlar» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
G‘oliblar safida gollarga Doston Hamdamov va Dragan Cheran mualliflik qilishdi. «Qaldirg‘cholar»ning yagona goli Mirjahon Mirahmadov nomiga yozildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor» ochkolari sonini 6taga yetkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi.
Superliga-2019
2-tur
«BUNYoDKOR» - «PAXTAKOR» 1:2
Gollar: Mirjahon Mirahmadov (35) – Doston Hamdamov (17), Dragan Cheran (53).
Bunyodkor: Murod Zuhurov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov (Sardor Azimov, 78), Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov (Sanjar Rihsiboyev, 61), Mirjahon Mirahmadov, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Qodirqulov, Abdulla Abdullayev (Suhrob Izzatov, 43).
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Yegor Krimets, Vladimir Kozak, Farrux Sayfiyev, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 46), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Doston Hamdamov, Marat Bikmayev (Javohir Siddiqov, 60). | 13Sport
|
Islom dini peshvosi va fiqhshunosi Burhoniddin Marg‘inoniyning haqiqiy qabri qayerda?
O‘zA milliy axborot agentligi Burhoniddin Marg‘inoniyning haqiqiy qabri qayerda joylashganligi haqidagi savolni ko‘tardi. Bu haqdagi maqolani to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.
Islom dini peshvosi va fiqhshunosi Marg‘inoniy hazratlarining qabri qarovsiz va obodonlashtirilishga muhtojligini aqlga sig‘dirish qiyin. Ustiga ustak, butun dunyo musulmonlari tan olgan yirik ma’rifatparvar Burhoniddin Marg‘inoniy asl qabri qayerda joylashgan ekanini zamindosh bo‘la turib bilmasligimiz ham uyat aslida.
Oltinsoy bag‘ridagi qimirlab turadigan Sangijumon toshlari, Uchqora yodgorliklari, Oqmasjid va Shayx Gadoy Selkin manzilgohlari shular jumlasidan.
Shuningdek, tuman hududida bir-biridan ilmli va ma’rifatparvar kishilar ko‘p o‘tgan. Bular orasida Ataulloxo‘ja ibn Abdulmo‘min Marg‘inoniy nomi alohida e’tiborga loyiqdir. U kishi 1898-yil Marg‘ilonda tavallud topgan. Hayot tashvishlari va qiyinchiliklari tufayli Xatirchi tumanidagi Xo‘jaqulobod qishlog‘i yaqinidagi Toshquloq mahallasiga kelib yashagan. Islomda mukammal ilm sohibi bo‘lgan. Atrofdagilarni ham saodatga chaqirgan. Qishloq ahlining diniy savodxonligini oshirish uchun ko‘p zahmat chekkan. Shuning uchun Xo‘jaqul eshon qishlog‘i ahli uni Mulla Mo‘min deb atagan. O‘ziga buyuk alloma Burhoniddin Marg‘inoniyni Uvays ustoz deb bilib, umri davomida allomaning kitob va risolalarini yod olib yurgan. Hozir ham xatirchilik keksa yoshli kishilar Mulla Mo‘minni ko‘p eslashib, hayotini Burhoniddin Marg‘inoniy nomlari bilan bog‘lashadi.
– O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rahim Qodirov bilan Mulla Mo‘min hayoti va Burhoniddin Marg‘inoniy qabri haqida ko‘plab ilmiy izlanishlar olib bordik, – deydi nafaqadagi pedagog, shoir Toshpo‘lat Xo‘jamov. – Aniq ma’lumotlarni yig‘dik. 2000-yil alloma tavalludining 910 yilligi munosabati bilan matbuotda chiqishlar ham qildik. Ammo mavzu shu holicha qolib ketdi. Afsuski, qabr mukammal o‘rganilib, haqiqat yuzaga chiqmadi. Aslida, ushbu manzilgoh obod qilinib, tarixiy qadamjo sifatida qaralmog‘i zarur.
Burhoniddin Marg‘inoniy qabrini ziyorat qilishga butun islom olami mushtoq, ammo biz bunga tayyormizmi?
Buyuk alloma Burhoniddin Marg‘inoniy 1123-yil Marg‘ilonda tug‘ilgan. Umri davomida Qur’on, hadis ilmlarini mukammal egallagan. Islom huquqshunosligini puxta o‘rganganligi va bu borada beqiyos ishlar qilganligi bois “Burhon ud-din” (islom dinining dalili) nomi bilan mashhurdir. Dastlab ta’limni o‘zi tavallud topgan qishloqda oladi. So‘ng o‘sha davrda Movarounnahrning diniy va ma’rifiy markazi bo‘lmish Samarqandda faoliyatini davom ettiradi. Marg‘inoniy hazratlari fiqhshunos bo‘libgina qolmasdan islom dini mohiyatini chuqur asoslab beruvchi mukammal asarlar muallifi hamdir. Ul zotning “Kitob ul-mazid”, “Munosib ul-haj”, “Majmu al-navozil”, “Kitob ul-faroiz” va “Bidoyat ul-mubtayn” kabi mashhur asarlari bor. Xanafiya mazhabining asosiy qo‘llanmasiga aylangan “Hidoya” asari 1178-yil Samarqandda yoziladi. Tez orada bu asar mukammal, aniq va izchilligi bilan islom olamida tanildi. Bugungi kunda ham kitob ko‘plab diniy maskanlar, jumladan, Qohiradagi “Al-azhar” dorulfununida asosiy darsliklar qatorida o‘rganilib kelinmoqda. Ushbu asar bir necha asrlar davomida deyarli barcha musulmon davlatlarida huquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblanib, islom shariati yuzasidan ish yuritayotgan mamlakatlar ushbu qo‘llanmadan keng foydalanadilar.
Ayni damda esa islom fiqhshunosligida yagona va mukammal qo‘llanma hisoblangan “Hidoya” asarining muallifi Burhoniddin Marg‘inoniy qabri borasidagi bu kabi ikkilanishlarga chek qo‘yish vaqti keldi.
Hazrat Alisher Navoiy Samarqandda surgun vaqtida Chokardiza qabristonini ziyorat qilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur ham memuar asari bo‘lmish “Boburnoma”da Burhoniddin Marg‘inoniy qabri haqida qisqacha to‘xtalib o‘tgan. Mulla Mo‘min esa aynan ana shu qabrni o‘zi yashayotgan qishloq yaqinidagi qabristonga ko‘chirtirib kelgani haqida maqolalarda qayd etilgan.
Ma’lumki, Burhoniddin Marg‘inoniy 1197-yilda Samarqandda vafot etadi. Odatiy an’anaga ko‘ra ma’rifiy ishlar rivoji va islom dini kengayishida o‘z hissasini qo‘shgan kishilar hududdagi Chokardiza qabristonida dafn etilgan. Alloma ham dastlab ana shu maskanda qo‘nim topgan edi. Mulla Mo‘min qabrni bir necha bor ziyorat qilgani boradi. Manzilgoh haroba holatida ekani va yaqinda tugatilayotgani haqidagi xabarni eshitib xunob bo‘ladi. 1966-yil ko‘plab qiyinchiliklarga uchrasa ham alloma qabrini o‘zi yashayotgan qishloq yaqinidagi Xo‘jaqul eshon qabristoniga olib keladi. Burhoniddin Marg‘inoniyning muborak hoklari tuman hududiga olib kelingach, Xo‘jaqul eshon qabristonining hali odam qo‘yilmagan bo‘sh yeriga qabr kovlanib, lahatga qo‘yilgani haqida mehnat fahriysi Normamat Turniyozov ma’lumot beradi (“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 2000-yil 14-mart sonida). Islom shariati yuzasidan barcha amallar bajo keltirilib, alloma ikkinchi qabrga qo‘yiladi. Shoir Toshpo‘lat Xo‘jamov hali yosh bo‘lsa-da bu voqealarni yaxshi eslaydi. Istiqlol yillarida esa tuman gazetalarida shu mavzuni yoritib qator maqolalar yozgan. Mulla Mo‘min o‘z vasiyatiga ko‘ra allomaning oyoq tomonida dafn etiladi. Bugun qishloqning keksa yoshli kishilari ushbu qabristonni ziyorat qilganlarida Burhoniddin Marg‘inoniy haqqiga ham duo qiladilar. Bu bejizga emas, albatta.
O‘tgan asrning 50—60-yillarida Samarqandning shimoliy qismlari, shu jumladan, Chokardiza qabristoni ham yahudiylarga yashash uchun ajratiladi. Natijada, qabriston hududi batamom buzib tashlanayotgan bir davrda Mulla Mo‘minning savobli ish qilgani va buning Xatirchi tumani bilan bog‘liq ekani asosli, albatta. Tarixdan ma’lumki, qabrlari bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilgan bo‘lsa ham marhumning xok-suyaklari qayerga keltirib qo‘yilsa, o‘sha yer ko‘chirish vaqti va sabablaridan qat’iy nazar haqiqiy qabr hisoblanadi. Bunga Zahiriddin Muhammad Bobur qabri ham yaqqol misol bo‘la oladi.
2000-yilda Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi munosabati bilan Marg‘ilon shahrida go‘zal yodgorlik majmuasi bunyod etilgan. Alloma tug‘ilgan maskandagi ramziy qabr obod qilinganligi yaxshi. Biroq islom dini peshvosi va fiqhshunosi Marg‘inoniy hazratlarining asl qabrlari qarovsiz va obodonlashtirilishga muhtojligini aqlga sig‘dirish qiyin. Shu bilan birgalikda butun musulmon davlatlari tan olgan yirik ma’rifatparvar Burhoniddin Marg‘inoniy qabrini qayerda joylashgan ekanini zamindosh bo‘la turib bilmasligimiz ham achinarli. Bilib turib, indamaslikning bugun aslo iloji yo‘q. Bu esa bobomiz oldidagi bizning ado etib bo‘lmaydigan qarzimiz, bajarishimiz lozim bo‘lgan farzimizdir.
Shunday ekan, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Xo‘jaqul eshon qabristonidagi allomaning haqiqiy qabri obod qilinsa, tumandagi ziyoratgohlar soni yana bittaga ko‘payar va islom tarixi yo‘lida navbatdagi savobli ish amalga oshirilgan bo‘lardi. | 8O‘zbekiston
|
Seul KXDRni AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarini tajovuzkor deb hisoblamaslikka chaqirdi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDRdan AQSh—Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishidan fitnalar va mintaqada keskinlikni kuchaytirish uchun foydalanishdan tiyilishni talab etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Ulchi Freedom Guardian mashg‘ulotlari mudofaa ko‘rinishiga ega va har yili o‘tkazilb kelinadi. Bizda Koreya yarim orolidagi vaziyatni murakkablashtirish niyati umuman yo‘q. Pxenyan Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlarning hamkorlikdagi mudofaa mashg‘ulotlarini aynan Shimol tomonidan amalga oshirilayotgan tinimsiz fitnalar tufayli o‘tkazilayotganini tushunishi va bundan vaziyatni yomonlashtirish uchun bahona sifatida foydalanmasligi lozim”, — dedi Mun Chje In.
Janubiy Koreya birlashish ishlari vazirligi ham KXDRga shunday chaqiriq bilan murojaat qildi va “fitnalarni to‘xtatib, imkon boricha tezroq muzokaralar stoliga o‘tirish”ni taklif etdi. | 2Dunyo
|
Xayriya aksiyasi. Oqqonga chalingan Hosilbek yaxshilar ko‘magi bilan tuzalib ketishi mumkin
2003-yilda tug‘ilgan Hosilbekka limfoblastik leykoz (oqqon V2) tashxisi qo‘yilgan. U gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi 1-bolalar bo‘limida bir necha oy davomida davolangan. U hozirda moddiy ko‘makka muhtoj.
“O‘g‘limning ahvolini yaxshi deb aytolmayman. Chunki uning ishtahasi yo‘q, ko‘ngli ayniydi. Suyaklaridagi qattiq og‘riqdan qiynalyapti. Muntazam ravishda og‘riq qoldiruvchi ukollar qilib turishibdi”, — deydi Hosilbekning onasi.
Hosilbekka zudlik bilan quyidagi dorilar zarur:
8 ta askorbinaza 800 000 so‘mdan 6 400000 so‘mni, 3 ta albinorum 950 000 so‘mdan 2 850 000 so‘mni, metritiksat 8 ta 65000 so‘mdan 520 000 so‘mni tashkil qiladi.
Shuningdek, u gapamin nomli Moskvadan keladigan dorini kuniga 3 ta tabletkadan ichadi.
Hosilbekning oilasi uning dori-darmonlariga qarindoshlardan pul so‘rab, katta qarzga botgan. Shuning uchun hozirgi kunda oiladagi yolg‘iz o‘g‘ilning davolanishi uchun pul topa olmayapti.
Saxovatpesha insonlardan Hosilbekning sog‘ayib ketishida imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!
Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:
Plastik karta orqali: (Click, Payme) Muxamedova Nargiza.
Agrobank: 8600-0417-4427-1579.
Qishloqqurilishbank: 8600-0904-7492-8015.
Korxona, tashkilot, yuridik shaxslar uchun Qishloqqurilishbank ATB Yangiyo‘l filiali.
MFO: 00484; INN: 200470534.
Hisob raqami: 23120000-600000-484300.
Jismoniy shaxslar uchun hisob raqami: 23118-00000-0000-484300.
Xorijdagilar va Rossiyadagilar uchun Sberbank Visa klassik plastik kartochkasi hisob raqami: 4276-4000-4266-7338
Hisob raqami egasi Rahima Rahmonovaning telefon raqami: +79264483747 (kunduz kunlari ish bilan bo‘lib, telefonga o‘z vaqtida javob berolmasligi mumkin).
Onasi Nargiza Muxamedovaning telefon raqami: +998976047600. | 8O‘zbekiston
|