text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
Ipoteka bozor yoʻnalishiga oʻtkazildi
Aholini ipoteka kreditlari hisobiga uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etilmoqda (28.11.2019 yildagi PF-5886-son Farmonga qarang).
Moliya vazirligi banklarda pul mablagʻlarini 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi. Banklar aholiga ushbu mablagʻlar va oʻz mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlarini bozor stavkasi boʻyicha, bitta qarz oluvchiga beriladigan kreditning cheklangan miqdori belgilangan va qarz oluvchiga uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil ravishda tanlash huquqi berilgan holda taqdim etadi.
Ayrim toifadagi qarz oluvchilarga, masalan, kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlarga dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar toʻlanadi. 2020 yil 1 martdan boshlab subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali beriladi.
Yangi tartib bir qator jihatlariga koʻra qishloq joylarda va shaharlarda oʻziga хos хususiyatlarga egadir (quyidagi jadvalga qarang).
Jihat
Qishloq joylarda
(Andijon, Buхoro, Namangan, Samarqand, Surхondaryo va Fargʻona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda)
Shaharlar
(Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida)
Uy-joylar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari qurilishi
Tadbirkorlik sub’yekti – uy-joylarni quruvchini (developer) tanlash tartibi
Hududiy tanlov komissiyalari (viloyat hokimlarining qarorlari bilan tashkil etiladi) tomonidan oʻtkaziladigan tanlov savdolari yakunlari boʻyicha
Elektron auksion yakunlariga koʻra
Koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi
Tadbirkorlik sub’yektlariga elektron auksion savdolarisiz bepul beriladi
Tadbirkorlik sub’yektlariga pullik asosda «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion orqali beriladi
Koʻp kvartirali uy-joylar qurilishini moliyalashtirish manbalari
Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan oʻz mablagʻlari, tijorat banklaridan olingan kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan
Quruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan
Zarur muhandislik-kommunikatsiyalari infratuzilmasi qurilishini moliyalashtirish manbalari
Tortib kelinadigan va maydon ichki tarmoqlari:
Elektron auksion gʻolibi tadbirkorlik sub’yekti tomonidan oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, zarur hollarda, respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan
Boshqa qurilish shartlari
Koʻp kvartirali uy-joylar kamida 200 ta kvartirani oʻz ichiga olgan makromassivlar shaklida quriladi («Qishloq qurilish invest» IK» MChJ ishtirokida – kamida 100 kvartirani oʻz ichiga olgan mikromassiv shaklida faqat aholi zich yashaydigan hududlarda).
2020 yildan bir qavatli uylar qurilishi toʻхtatiladi (tugallanmagan qurilishlar oхiriga yetkaziladi, boshlanmaganlari, biroq ularga nisbatan tegishli shartnomalar tuzilganlari qurib bitkaziladi)
«Oʻzshahar qurilish invest» IK» MChJ ishtirokida uy-joylar qurilishini moliyalashtirish potensial qarz oluvchilar roʻyхati shakllantirilgandan soʻng, ularning boshlangʻich badallari, ipoteka kreditlari, ushbu kompaniyaning oʻz mablagʻlari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi
Ipoteka krediti shartlari
Kredit miqdori (uy-joyning hisoblangan qiymatidan)
90%idan oshmaydigan miqdorda
80%idan oshmaydigan miqdorda
Muddat
15 yil
15 yil
Dastlabki badal miqdori (sotib olinayotgan kvartira qiymatidan)
10%idan kam boʻlmagan miqdorda
20%idan kam boʻlmagan miqdorda
Subsidiyalar
Maqsadi va miqdori
birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlari bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga
dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi 5 yil davomida kredit boʻyicha foizlarni qoplash uchun:
Uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Bunda kvartira 1 kv.metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda 2 va 3 хonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlari inobatga olinadi. Sotib olinadigan kvartiraning qiymati hisoblangan qiymatidan oshib ketsa, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. MB qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ipoteka kreditlari boʻyicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.
Bundan tashqari, yangi tartib doirasida:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 10Qonunchilik
|
Buzilayotgan uy mulkdorlari qanday huquqlarga ega?
Norma.uz sharhida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda buzilayotgan uylar mulkdorlari tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar aks etdi.
Konstitutsiyaning 53-moddasiga muvofiq xususiy mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Uy mulkdori faqat qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlarda va tartibda undan mahrum qilinishi mumkin. Shunday holatlardan biri – davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishida uyga mulk huquqining to‘xtatilishi.
Bunday holatda buzilayotgan uy mulkdorlarida odatda ko‘plab savollar tug‘iladi.
1-vaziyat. Ko‘chib chiqish uchun oz vaqt berishadi
Masalan, amaliyotda shunday holat ro‘y bergan: tuman hokimi yuqori turuvchi rahbariyatning muhim ijtimoiy loyihani tez futsatda ro‘yobga chiqarish borasidagi topshirig‘iga tayanib, fuqarolarga ko‘chib chiqish uchun 20 kun vaqt ajratgan. Bunda u o‘z talabini qo‘yishidan 6 oy oldin uyning bir qancha yashovchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, uy buzilishi ehtimolini aytgan. Shu tariqa, u oldindan ogohlantirish bo‘yicha majburiyat bajarilgan, deb hisoblagan.
Shu bilan birga Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bandiga ko‘ra, tumanlar (shaharlar) hokimliklari buzish boshlangungacha 6 oydan kechikmay, imzo qo‘ydirib, yozma ravishda har bir yashovchini xabardor qilishi shart. Shu tariqa, hech qanday og‘zaki e'lonlar va suhbatlar bildirganlikni anglatmaydi. Agar yig‘ilish bayonnomasiga imzo chekmagan bo‘lsa, bayonnoma ham aniq bir yashovchini xabardor qilinganlik fakti hisoblanmaydi.
Bildirishnomaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahri hokimlarining yer uchastkasining olib qo‘yilishi va uy-joy buzilishi haqidagi qarorlari nusxalari ilova qilinishi kerakligini bilish nihoyatda muhim.
Aslida yuqori turuvchi hokimlar (alohida holatlarda Vazirlar Mahkamasi) qarorlari, qoidaga ko‘ra, oldindan qabul qilinadi, chunki qurilish uchun uzoq vaqt mobaynida mablag‘lar izlanadi va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.
Shuning uchun ko‘rib chiqilgan masalada tuman hokimligi mansabdor shaxslarining harakatlari natijasi “tomdan tarasha tushgandek” bo‘lgan. Bunday xato (uni sodir etish darajasidan qat'i nazar) yuridik oqibatlarga olib keladi: sud lozim darajada bildirishdan keyin 6 oy o‘tmasidan yashovchilarni majburiy ravishda ko‘chirib yuborishga haqli emas.
2-vaziyat. Teng qimmatli bo‘lmagan uy-joy taklif etishadi
Ma'lumot uchun: Uy-joy kodeksining 27-moddasiga ko‘ra buzilayotgan uy-joylar mulkdorlariga, ularning oila a'zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga (ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra) 2 turdagi kompensatsiya nazarda tutiladi:
1-variant – uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi;
2-variant – buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomning 8-bandida esa Uy-joy kodeksida nazarda tutilmagan yana bir qancha kompensatsiya turlari qo‘shimcha ravishda ko‘zda tutiladi;
3-variant – yer uchastkasini o‘zlashtirish davriga 2 yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning qiymati to‘liq to‘langan holda fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi berish;
4-variant – fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan buzilishi kerak uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish va yangi joyda tiklash;
5-variant – yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularni fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk qilib berish1.
Bu yerda shuni inobatga olish kerakki, qonunni tom ma'noda tushunishda teng qimmatli uy-joy – bahosi buzilayotgan uyning qiymatiga teng bo‘lgan uy-joy degani. 1-variant bo‘yicha kompensatsiya qilishda ijtimoiy norma (Uy-joy kodesining 42-moddasiga qarang)buzilayotgan uy qiymati doirasida taqdim etilayotgan uy-joyning kvadraturasi va xonalarining soniga ta'sir etadi. Ya'ni, uy-joy kvadraturasi va xonalarining soni bo‘yicha ijtimoiy normadan kam bo‘lmasligi kerak, ammo davlat buzilayotgan uyning bozor qiymatidan yuqori bo‘lgan uyni berish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi. Uyda ko‘p nafar odamlar propiska qilingan taqdirda buni amalga oshirish juda qiyin kechadi.
Masalan, buzilayotgan 60 kv.m maydonga ega 2 xonali kvartirada 5 nafardan iborat oila propiska qilingan: ota, ona, ikki o‘g‘il va kelin. Ijtimoiy normaga ko‘ra yangi uy-joy maydoni 3 xonadan kam bo‘lmasligi, kvadraturasi 80 kv.m va undan ortiq bo‘lishi kerak. Uy-joy maydonini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar zarurligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Bunday vaziyatlardan chiqish Uy-joy kodeksining 27-moddasida ko‘zda tutilgan, unda 2 ta oddiy qoida mujassam:
• buzilayotgan uyning (kvartiraning) bozor qiymati berilayotgan uy-joyning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim,
• berilayotgan uy-joyning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq uy-joy berilgan paytdan e'tiboran 5 yil ichida mulkdor tomonidan to‘lanishi kerak.
Biroq, davlat turar joyning ijtimoiy normagacha kattalashtirish uchun haqiqatda qarz berish majburiyatini o‘z zimmasiga olmagan.
3-holat. Pul kompensatsiyasida uy-joy qiymati pasaytiriladi
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomning 10-bandiga muvofiq uylar (kvartiralar), imoratlar va inshootlarni, shuningdek olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi ko‘p yillik dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Baho tuman (shahar) qarori bilan tasdiqlanadi. Bahodan norozi bo‘lgan taqdirda ma'muriy tartibda (yuqori turuvchi organlarga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari) yoki sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Cud ishni ko‘rib chiqishda FPKning 84-moddasi va Oliy sud Plenumining 12.12.2008 yildagi 24-son «Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida»gi qarori 1-bandiga muvofiq baholash ekspertizasini tayinlashi kerak. Oliy sud instansiyasi sud muhokamasida kelib chiqqan masalalarni hal qilish uchun maxsus bilim talab etiladigan barcha holatlarda ekspertiza o‘tkazilishi kerakligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutgan.
Bundan kelib chiqadiki, taraflar tomonidan mutaxassislar sifatida jalb etiladigan baholash tashkilotlarining fikrlari ekspertizaning o‘rnini bosa olmaydi.
Ekspertiza qat'iy protsessual qoidalar asosida, oldindan bila turib yolg‘on so‘zlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan mustaqil shaxs tomonidan o‘tkaziladi. Ekspertlar tariqasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining davlat sud ekspertlari va baholash bo‘yicha boshqa mustaqil mutaxassislar jalb etilishi mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Kadir Dogulu oilaviy munosabatlar haqida gapirdi, “istanbullik kelin” — Asli Enver savollarga javob berdi. Turk kinosi yangiliklari (foto)
Turk kinosi olamida mashhurlar bilan bog‘liq navbatdagi yangiliklarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ijodiy faoliyat tufayli Etiler hududida bo‘lib turgan Kadir Dogulu jurnalistlarning oilasidan uzoqdaligi munosabatlarga qanday ta’sir o‘tkazayotganligi haqidagi savoliga javob berdi: “Ha, ulardan uzoqda yashash qiyin. Turmush qurganlar uchun uzoqda bo‘lish, albatta, oson emas. Ammo buning yaxshi tomoni ham bor. Bir-birimizga bo‘lgan sog‘inch vaqtni yaxshi o‘tkazishga undaydi. Ikkimiz ham o‘z ishimizni munosib bajarishga harakat qilamiz”. Ayni paytda Neslixan Atagul Bodrumda “Elchining qizi” serialida suratga tushmoqda. Shuningdek, Kadir 2020-yil yanvar oyida o‘zi ishtirok etadigan yangi loyiha taqdim etilishini ham ta’kidlab o‘tdi. U prodyuserlik qiladigan film chet elda namoyish etilishi kutilmoqda.
Ayni kunlarda “Bobil” serialida suratga tushayotgan aktrisa Asli Enver “Zorlu” ko‘ngilochar savdo markazida ko‘rinish berdi. Aktrisa jurnalistlarning savoliga javob berarkan, pandemiya sabab uydan chiqmayotganligi va hattoki, non, shirinliklarni o‘zi uyda pishirayotganini tan oldi. Shuningdek, aktrisa sobiq basketbolchi Kerem Tuncheri bilan munosabatlari haqidagi savollarni javobsiz qoldirdi.
Jurnalistlarning diqqat markazida bo‘lgan aktrisa Xande Erchel va Kerem Byursin Kadiko‘y tumanida uchrashdi. Jurnalistlarni ko‘rgan Xande hayratdan ulardan ushbu hududda nima qilayotganini so‘ragan. Aktrisa hali ajrashganiga uzoq bo‘lmagan Murat Dalkilich haqidagi savollarga javob berishni istamagan va uyiga tezroq qaytishini aytgan: “Mening aytadigan gapim yo‘q, hammasini aytib bo‘lganman. Hozir juda charchaganman va erta tongdan suratga tushishim kerak”. Jurnalistlar Keremdan ham intervyu olishga harakat qildi, ammo kutilgan natija bo‘lmadi. Shunisi qiziqki, ular suratga olish maydonchasini turli mashinalarda tark etdi, bu esa sayyoh jurnalistlarning qiziqishini yanada orttirdi.
Burchin Terzio‘g‘li va O‘zge O‘zpirinji “Agentimga qo‘ng‘iroq qil” serialining 8-qismida mehmon bo‘ladi va Xazal Kayaning yonidan joy oladi.
Jeren Yilmaz Bebek tumanida o‘z dugonasi bilan sayr qilib yurgan vaqtda jurnalistlarning savolidan qochmadi. “Zumrad qaqnus” serialining bosh qahramonining aytishicha, kartinaning ayrim sonlari Ugrupeda olinayotganligi sababli Istanbulga kelishga imkon boricha harakat qilmoqda. “Men Istanbulni yaxshi ko‘raman. Iloji boricha shu yerga kelaman. Bugun ikki oydan buyon ko‘rishmayotgan do‘stim bilan diydorlashishga muvaffaq bo‘ldim”, − deydi aktrisa. Shuningdek, u barcha sovg‘a uchun muxlislaridan minnatdorligini bildirdi: “Ular meni juda xursand qildi. Barcha muxlislarimni yaxshi ko‘raman. Ularning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun motivatsiya beradi”.
“Mariya va Mustafo” seriali tasdiqlanmagan ma‘lumotlarga ko‘ra, tomoshabinlar bilan xayrlashmoqda. Loyihaning erta yakunlanishiga doimgidek reyting natijalarining pastligi sabab bo‘lgan. Biroq Birsen Aluntash mish-mishlarni rad etdi va suratga olish ishlari davom etayotganini aytdi. | 7Madaniyat
|
Rasman: “Barselona” “Ayaks” futbolchisini sotib oldi
“Ayaks” o‘ng qanot himoyachisi Serjinyo Dest faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi.
Katalon klubi rasmiy saytida qayd etilishicha, Destning transferi bonuslar birga 26 million yevroni tashkil etgan. 19 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan 2025-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Uning tovon puli esa 400 million yevro etib belgilanadi.
Serjinyo Dest himoyachiga kerak bo‘lgan ko‘plab ajoyib fazilatlarni o‘zida mujassam etgan: hujumlarga qo‘shilish, mustahkam himoya, to‘pga egalik qilish va ijodkorlik. Bundan buyon ushbu fazilatlar “Barselona” libosida namoyish etiladi, bu esa qo‘rqmas yosh himoyachi uchun chaqiruv bo‘ladi.
“Barselona” bayonoti
Dest “Ayaks” akademiyasi tarbiyalnuvchisi hisoblanadi. U Amsterdam klubining asosiy jamoasidagi debyutini 2019-yilda o‘tkazgan. O‘tgan mavsumda esa amerikalik himoyachi 36 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 6 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Hokimlik uyidan noqonuniy foydalangan mansabdor shaxs aniqlandi
Ayrim fuqarolar noqonuniy hatti-harakatlarini hech kim bilmaydi, deb hisoblaydilar. Shundaylardan biri – Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalanish boshqarmasi rahbari F.U. bo‘lib chiqdi, deb xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati.
Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Jizzax shahar, Sayiljoyi mahallasi, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 63-uyda joylashgan Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalanish boshqarmasiga tegishli bino ko‘zdan kechirilganda boshqarma rahbari F.U. bino tomonidan iste'mol qilingan elektr energiyasini hisoblash uskunasi ko‘rsatgichini sun'iy ravishda to‘xtatish maqsadida tok transformatorlariga kelgan uch dona simlarni uzib, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi oqibatida elektr ta'minoti korxonasi manfaatiga 122 mln. 845 ming so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mansabdor shaxs ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185(2)-moddasi 4-qismidagi jinoyatni sodir etgan.
F.U.ga sodir etgan harakatining huquqiy oqibatlari tushuntirilgach, elektr ta'minoti korxonasiga yetkazilgan 122 mln. so‘mdan oshiq zarar qoplandi.
Shundan so‘ng, boshqarma rahbari 30 kunlik muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan.
Natijada, jinoyat oqibatlarini bartaraf etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan. | 5Jamiyat
|
O‘zbekistondagi “adolatli”, “xalqparvar” va “mehnatkash” senatorlar kimligi ma’lum qilindi
Oliy Majlis Senati kengashining 2021-yil 1-fevraldagi qarori bilan, bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Jumladan, Senat a’zolarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyaning 2021-yil 26-yanvardagi tavsiyalarini ko‘rib chiqib, quyidagilarga maqom berildi:
Xabarda aytilishicha, ushbu maqomlarga sazovor bo‘lgan senat a’zolari hamda sobiq senatorlar sertifikat va belgilangan tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisi 5-fevral kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi | 8O‘zbekiston
|
Qishning go`zal manzaralari (foto)
Qishning sovuq kunlari boshlandi. Garchi kunlar sovuq bo`lsada, uning tabiatga beradigan chizgilari har qanday inson qalbida iliqlik uyg`otishi tabiiy... | 2Dunyo
|
QAYTA-QAYTA FOYDALANILADIGAN QOG`OZ
Bilamizki, dastlabki qog`oz Xitoyda yaratilgan va u hozirgi kunga qadar rivojlanib insonlarga qulay shakllarda ishlab chiqarilmoqda. Ammo ishlatilgan qog`ozlarni qayta ishlash hamda uni ishlab chiqarish iqtisodiy tomondan (yog`ochlardan) ancha ko`p vaqt va mablag` talab qiladi. Lekin yuqoridagi holatlarni hisobga olib, qog`ozni yaratgan xitoyliklar qog`ozning yangi ajabtovur turini ishlab chiqarishga muvaffaq bo`lishdi...
Xitoyning Shandong universiteti olimlaridan bir guruhi hamda Kaliforniyaning (AQSh) Lourens universiteti olimlari bilan hamkorlikda nur to`lqinlari yordamida yozish va qayta foydalanish mumkin bo`lgan qog`ozning yangi turini yaratishdi. Yangi turdagi qog`ozda yorug`lik qismining ultrabinafsha nurlari ta`siri ostida rangini o`zgartirish mumkin bo`lgan nanochastotalar ishlatiladi. Bunday nanochastotalarni o`z ichiga olgan eng yaxshi qoplama deyarli har qanday mahsulotlar uchun qo`llanilishi mumkin. Bu jarayon yangi turdagi qog`ozni 120 darajadagi selsiy shkalasi haroratida qizdirish natijasida shakllanadi.
Kaliforniya universitetidagi xitoylik professor Yadong In ixtiro haqida shunday deydi: | 14Texnologiya
|
Qashqadaryoda noma’lum kasallikdan nobud bo‘lgan bolaning 6 yoshli qarindoshi ham vafot etdi
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan vafot etgani, Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus ishchi guruhi holatni o‘rganish maqsadida G‘uzor tumaniga yuborilgani xabar berilgandi. “Daryo” muxbirining xabar qilishicha, vafot etgan bolaning 6 yoshli qarindoshi ham kecha, 23-iyun kuni olamdan o‘tgan.
“Afsuski, Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi guruhi yetib kelgunga qadar 6 yoshli qizaloq ham vafot etdi”, — deydi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov.
Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, 6 yoshli qizaloq va 4 yoshli bolaning qanday kasallikdan vafot etgani shifokorlarga ma’lum.
“Internetda ularning noma’lum kasallikdan vafot etgani haqida xabar berilyapti. Ammo bu noto‘g‘ri. Bolalarning qaysi kasallikdan vafot etgani shifokorlarga ma’lum. Biroq qonunchilikka ko‘ra bemor va uning yaqinlari roziligiga ko‘ra kasallik tashxisi jamoatchilikka oshkor qilinishi mumkin. Mazkur oila vakillari bunga rozi bo‘lmagani bois, bemor bolalarning qaysi kasallikdan vafot etgani jamoatchilikka oshkor qilinmayapti. Internetda tarqalayotgan gap-so‘zlar, ya’ni shifokorlar qo‘lini qovushtirib o‘tiribdi degan gaplar tuhmat”, — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari.
Qo‘shimcha qilinishicha, 4 yoshli bola vafot etgach, mazkur oilaning barcha a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
“Oilaning boshqa a’zolarida mazkur kasallik chiqmagani sabab ularga uyiga qaytishga ruxsat berilgan. Vafot etgan bolalar kovidga chalinmagan. Ularda koronavirus kasalligi chiqmagan”, — deydi Nuriddin Egamov.
“Laskoviy may” guruhi solisti Yuriy Shatunov 48 yoshda vafot etdi | 8O‘zbekiston
|
Kazinoda omadsizlikka uchragan o`yinchi otishma tashkil qildi
Tailandning shimoliy sharqida joylashgan Kxonket provinsiyasida joylashgan kazinoda sodir bo`lgan otishma sabab 2 kishi halok bo`ldi va 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy polisiya ma`lum qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma`lumotlarig ko`ra, mahalliy fuqaro 300 dollardan ko`proq pulini yutqazib qo`yadi va kazinoada janjal keltirib chiqaradi.
Bu erga kelgan mehmonlar hamda xodimlar unga 10 dollar pul berishadi va ketishini so`raydi. Biroq u bir soatlardan keyin qaytib kelib, kazinoni o`qqa tutadi. Voqea joyidan AK-47 avtomati patronlari topilgan.
Hujum qilgan shaxs yashirinishga ulgurgan, ammo uning shaxsi aniq. Hozirda polisiya unga nisbatan qidiruv e`lon qilgan, deya xabar bermoqda TASS. | 2Dunyo
|
Qomatni to‘la ko‘rsatuvchi ko‘ylak modellari (foto)
Moda olamida xato qilish juda oson. Qomatga mos bo‘lmagan har qanday libos yo‘q kamchilikni borday, ozg‘in jussani semiz qilib ko‘rsataveradi. Shuning uchun ko‘ylak tanlashda doimgidan ham ko‘proq e’tiborli bo‘lish lozim.
Ehtimol, qomati mukammal qizlar uchun ushbu model ayni muddaodir. Ammo tanasida ortiqcha 100 gramm yog‘i bor ayollar uchun mazkur matodan tikilgan, ayniqsa, badan bo‘ylab yopishib turuvchi ko‘ylak umuman tavsiya etilmaydi. Shunchaki, atrofdagilarning ko‘ziga yanada do‘mboq ko‘rinish, qomatning har bir kamchiligi ochiq namoyon bo‘lishi libos egasiga noqulaylik tug‘diradi.
Keng va to‘g‘ri bichimdagi liboslar ortiqcha narsaga urg‘u bermasligidan xotirjam bo‘lish mumkin. Ammo o‘lcham borasida me’yorni ham unutmaslik lozim. Buni katta hajmdagi liboslardan voz kechish kerak, deya tushunmaslik kerak. Faqatgina ularni qanday kiyish borasida o‘ylash kerak. Masalan, belbog‘ yordamida libosni boyitish mumkin.
Bo‘ksa qismdan tushib turuvchi liboslar ham qomatga ta’sir o‘tkazish xususiyatiga ega. Odatda belning yuqorisi pastga qaraganda ancha katta ko‘rinadi. Shu tufayli tanada nomutanosiblik kuzatilishi mumkin.
Libosga qo‘shimcha chiroy beruvchi bezaklar qomatga ham ortiqcha vazn qo‘shishi mumkin. Ular pat, zanjir, turli xil matodan tikilgan katta gullar bo‘lishi mumkin. Kamchilikni yashiradi deya o‘ylab topilgan detallar aksincha, atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi.
Dastlab urfda bo‘lgan bu kabi etagi keng ko‘ylak yoki yubkalardan deyarli ko‘pchilik voz kechdi. Buning ham sababi qomat bilan bog‘liq. O‘zining do‘mboq ko‘rinishini istamaydiganlar ushbu liboslarni kiyishdan cheklanadi.
Katta naqshli ko‘ylaklar ham o‘lchamni sezilarli tarzda oshiradi. Shuni unutmaslik kerakki, katta gul yoki naqshli liboslar tana nisbatlarini buzadi va qomatdagi kamchiliklarni ta’kidlaydi.
Ushbu modelning yagona kamchiligi shundaki, u yelkalarni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Natijada tanada mutanosiblik yo‘qoladi. Ko‘zga birinchi tashlanuvchi ochiq yelkalar har qanday ayolni sportchiga ham o‘xshatib qo‘yishi mumkin. | 1Ayollar
|
Yevropa kengashi rahbari O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan tabrikladi
28.08.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Yevrokengash Prezidenti davlatimiz rahbari va O‘zbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qat’iy qoʻllab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi.
Koʻp qirrali O‘zbekiston-Yevroittifoq hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
O‘zbekistonga “Preferensiyalar bosh tizimi plyus” benefitsiari maqomi taqdim etilgani ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish va YeI mamlakatlarining yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ilgari surishga, shuningdek, moliyaviy-texnik koʻmak dasturini kengaytirishga xizmat qilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Boʻlajak oliy darajadagi sammitning kun tartibini ishlab chiqish, shu jumladan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni tuzishga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Afgʻonistondagi ahvolning keskinlashishi ta’sirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan ham fikr almashildi. Yevrokengash Prezidenti fuqarolarni evakuatsiya qilish boʻyicha insonparvarlik operatsiyalarini oʻtkazishda koʻrsatilayotgan amaliy koʻmak uchun O‘zbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Bundan tashqari, joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida oʻtgan Markaziy va Janubiy Osiyoning oʻzaro bogʻliqligi masalalari boʻyicha xalqaro konferensiya hamda avgust oyi boshida Turkmanistonda oʻtgan mintaqamiz davlatlari rahbarlari uchinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari yuksak baholandi. | 12Siyosat
|
Obama Amerikaning Belarusga qarshi sanksiyalari muddatini bir yilga uzaytirdi
AQSh prezidenti Barak Obama 10-iyun, chorshanba kuni Amerikaning Belarusga qarshi sanksiyalarining amal qilish muddatini yana bir yilga uzaytirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Oq uyga tayanib.
Xabarda aytilishicha, sanksiyalar 2006-yilda “siyosiy repressiyalar bilan bog‘liq inson huquqlari buzilishi, jumladan (odamlar) hibsga olinishi va yo‘qolib qolishi, shuningdek korrupsiya, jumladan Belarus davlat aktivlarining noto‘g‘ri ishlatilishi yoki ularning davlat organi tomonidan noto‘g‘ri qo‘llanilishi” tufayli kiritilgan.
Kongress a’zolariga yuborilgan bildirishnomalarda Obama Belarus hukumati ba’zi a’zolarining xatti-harakatlari va siyosati demokratik jarayonlar yoki institutlarga putur yetkazishini eslatadi. AQSh prezidenti ta’kidlashicha, bunday xatti-harakatlar “AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga g‘ayrioddiy xatar soladi” va aynan shu sanksiyalar uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan.
Sanksiyalar amal qilishining avvalgi muddati 2015-yil 16-iyunda tugashi kerak edi.
Sanksiyalar ko‘rsatilgan shaxslarning Amerika banklaridagi hisoblari yopilishi, ularning AQShga kelishi taqiqlanishi, Amerika kompaniyalari ular bilan hamkorlik qilishi man etilishini nazarda tutadi. | 2Dunyo
|
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish borasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlarini o‘tkazish rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘lar (keyingi o‘rinlarda jalb etilgan mablag‘lar deb ataladi) — fuqarolar yig‘inining qaroriga asosan ixtiyoriylik asosida jismoniy va yuridik shaxslardan (shartnoma asosida) yig‘ib olingan pul mablag‘lari;
homiylik xayriyalari — homiylik maqsadlariga yo‘naltiriladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari.
3. Jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari shaklidagi yordamni qonunchilik hujjatlariga muvofiq ixtiyoriy va beg‘araz amalga oshiradilar.
“Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qonunga zid bo‘lgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
4. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablag‘larni jalb etish, ulardan foydalanish va nazorat qilish ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
fuqarolar yig‘inining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal etishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qaroriga asosan jalb etiladigan mablag‘lar;
hududdagi jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
fuqarolar yig‘inlari va yuridik shaxslar o‘rtasida xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga asosan tegishli hududda ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlash ifodalanadigan ixtiyoriy beg‘araz yordamlar.
6. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida belgilangan tartibda jamlanadi.
7. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish fuqarolar yig‘ini kengashining qarori asosida ushbu mablag‘lar va homiylik xayriyalarining maqsadidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablag‘lar jalb etish va ulardan foydalanish fuqarolar yig‘inlari va yuridik shaxslar o‘rtasida xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarini boshqarish hamda taqsimlash fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari, agar boshqa maqsadlarga qaratilgan bo‘lmasa yoki xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
a) kam ta’minlangan va ehtiyojmand bo‘lgan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojini ta’minlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvchisi nogironligi bo‘lgan shaxs yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan, surunkali kasalni parvarish qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun quyidagicha yo‘naltiriladi:
uy va kvartiralarni ta’mirlash;
qattiq yoqilg‘i (ko‘mir va o‘tin) mahsulotlari bilan ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash;
sog‘lig‘ini tiklash;
kommunal xizmatlar haqini to‘lash;
nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazish.
b) mahallada tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli talofat ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish;
v) mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
g) ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish.
10. Fuqarolar yig‘ini tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning hisobini yuritish, shuningdek, undan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11. Fuqarolar yig‘ini huzuridagi Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek, ushbu mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarda ma’lumotlarning to‘g‘riligini muntazam nazorat qiladi.
Fuqarolar yig‘ini huzuridagi Taftish komissiyasi jismoniy va yuridik shaxslarning yozma so‘rovlari bo‘yicha, jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning istalgan bosqichida ularning maqsadli sarflanishini tekshiradi.
12. Fuqarolar yig‘ini raisi jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarining maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida har chorakda fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot beradi.
13. Fuqarolar yig‘ini raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishi va buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek, jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javob beradi.
14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 10Qonunchilik
|
Ilon Mask kepka sotish orqali mo‘maygina pul ishlab oldi
Ilon Maskning Boring Company startapi o‘z logotipi tushirilgan kepkalarni sotishdan 300 ming dollar ishlab oldi. Maskning aytishicha, qo‘lga kiritilgan mablag‘ “yanada zerikarlikroq buyumlarni” moliyalashtirishga saflanadi.
“Kepkalarning birlamchi joylashtirilishi (ICO’ga ishora) 300 ming dollardan ko‘proq mablag‘ keltirdi. Bizning super zerikarli kepkalarimizni xarid qilganingiz uchun rahmat. Siz tom ma'noda ham, ramziy ma'noda ham zo‘rsiz. Barcha mablag‘ yanada zerikarliroq narsalarni yaratishga sarflanadi”, deb yozgan Mask.
18 oktabrda Mask Boring Company’ning kepkalarini 20 dollardan sotish kampaniyasini boshlab bergandi. Hisoblab chiqilsa, 300 ming daromad olish uchun 15 ming kepka sotilgan.
Kepkalar sotilishi boshlangan kunning ertasiga Mask kepkalarning 5 minginchi xaridorini tabriklab, unga kompaniya xodimlari dastxatlari tushirilgan yana bitta shunday kepka sovg‘a qilgan.
Boring Company kompaniyasi avtomagistrallar va boshqa transport uchun yer osti tunnellarini burg‘ilaydi. Kompaniya 2017 yil yanvarda ilk tunnelini qazishni boshlagandi. | 14Texnologiya
|
JSST rahbari koronavirusga qarshi emlandi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus Jyeneva universiteti klinikasida koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda uning o‘zi Twitter’da ma'lum qildi.
«Bugun koronavirusga qarshi emlanish mening navbatim edi. Vaksinalar hayotlarni saqlab qoladi. Ularni barcha yerga iloji boricha tezroq yetkazish kerak», deb yozgan Gebreyyesus. Biroq u aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritmagan.
JSST rahbari vaksina olish imkoniyatiga ega bo‘lgan barchani emlanishga chaqirgan.
«Agar siz vaksina bor bo‘lgan davlatda yashasangiz, iltimos, navbatingiz kelishi bilanoq emlaning», deb tavsiya qilgan Gebreyyesus. | 2Dunyo
|
Rossiya turk qo‘shinlarining Iroq shimoliga safarbarlik qilinganligi masalasani BMT Xavfsizlik Kengashida ko‘tarib chiqadi
Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining yopiq majlisida Bag‘dod roziligisiz Iroq shimolida turk harbiy kontingenti safarbar qilinganligi masalasini ko‘tarib chiqadi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asoslanib, “Exo Moskvi” xabar beradi.
Xalqaro tashkilotdagi diplomatik manbaning ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining alohida majlisi o‘tkazilishi haqidagi xabarlar asossizdir. “Masala yopiq majlisning ‘boshqa masalalar’ bo‘limida ko‘tarib chiqiladi”, ― dedi u. Muhokamalar yakuni bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinishi kutilmayapti.
BMTdagi Rossiyaning doimiy vakolatxonasi bu masala bo‘yicha rasmiy izoh berishdan bosh tortdi. | 2Dunyo
|
Yuklarni xalqaro yo`llarda tashuvchilarga yangilik bor
Hukumat qarori bilan 1975 yildagi Yuklarni xalqaro yo`llarda tashish daftarchasini qo`llagan holda yuklarni xalqaro tashish to`g`risidagi Bojxona konvensiyasini qo`llash haqidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga ko`ra, xalqaro yo`llarda tashish (XYT) tartib-taomillari asosida tashiladigan tovarlar oraliq bojxona organlarida olib kirish yoki olib chiqish uchun boj va soliqlarni to`lash yoki depozitga qo`yishdan ozod etiladi.
Bunday bojxona organlarida XYT daftarchasini bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazganlik uchun yig`im undirilmaydi.
XYT tartib-taomillariga asosan muhrlangan transport vositalarida, muhrlangan trasport vositalarining tarkibida yoki konteynerlarda tashilgan tovarlar oraliq bojxona organlarida bojxona ko`rigidan ozod qilinadi.
XYT tartib-taomillari quyidagi holatlarda qo`llaniladi. Tovarlar:
Transport vositalariga “TIR” yozuvli lavha yopishtirilishi lozim.
Har bir XYT daftarchasi uchun 100 000 evrogacha bojxona to`lovlari va soliqlarni to`lash kafolatlanadi.
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Davlat bojxona qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” bojxona kompleksi tomonidan beriladi.
Ushbu qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi. | 5Jamiyat
|
Mikroto‘lqinli pechda kartoshka pishiramiz: 15 daqiqada tayyor bo‘ladigan mazali kechki ovqat retsepti
Po‘sti bilan pishirilgan kartoshka eng mazali taomlardan biri hisoblanadi. Sababi uning ta’mi chindan ham o‘zgacha. “Noviy ochag” nashri mikroto‘lqinli pechda tayyorlash mumkin bo‘lgan kechki ovqat retsepti bilan bo‘lishdi.
Kerakli mahsulotlar:
Tayyorlanish jarayoni:
Yoqimli ishtaha! | 9Pazandachilik
|
Indoneziyada qurilayotgan ko‘prik qulab tushishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Indoneziya markaziy qismidagi G‘arbiy kichik Zond orollarida qurilayotgan ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Milliy qidiruv-qutqaruv agentligi guruhi hodisa joyidan besh kishining jasadini chiqarib oldi. Shuningdek, yana besh kishi jiddiy jarohatlandi va kasalxonaga yetkazildi. | 2Dunyo
|
8 yoshli qizcha Kilimanjaro cho‘qqisini zabt etdi
Amerikalik sakkiz yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizcha Kilimanjaro cho‘qqisini zabt etdi. Bu haqda Inside Edition xabar bermoqda.
Roksi Getter Afrikaning eng baland nuqtasiga chiqa olgan eng yosh qizga aylandi. Uning natijasi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilishi borasida hozircha ma'lumotlar yo‘q.
Roksi 10 yoshli akasi Ben hamda ota-onasi Bobbi va Sara Getter bilan iyulda dengiz sathidan 5895 metr balandlikda joylashgan cho‘qqiga bir haftada chiqa oldi.
Amerikalik oila Tanzaniyada hordiq chiqarayotganda bu borada qaror qabul qilgan. Bobbining so‘zlariga ko‘ra, ular boshida shunchaki safariga borishni rejalashtirishgan, biroq keyinchalik ularning do‘sti Kilimanjaro cho‘qqisiga chiqish taklifini berdi.
«Men Roksi buni qila olganiga haligacha ishona olmayapman», - deya ma'lum qildi qizchaning otasi. «U umuman to‘xtagani yo‘q va shikoyat qilmadi. Men juda hayratdaman, biroq uning uchun juda xursandman ham», - dedi oila boshlig‘i.
Bobbining ta'kidlashicha, o‘g‘li ham bu ishni yaxshi uddaladi. Saraning qo‘shimcha qilishicha, ular tog‘ning cho‘qqisiga yetishganida, u yerdagi harorat taxminan -13 daraja sovuqni tashkil etgan, deb yozmoqda Travel + Leisure jurnali.
Kilimanjaroni zabt etgan yosh bola sifatida amerikalik Kits Boyd tilga olinadi. U 2008 yilda bu cho‘qqiga yetti yoshida chiqa olgan. | 2Dunyo
|
Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan eng kam oylik ish haqining 300 barobari miqdorida jarima to‘lashi mumkin
Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisi davom etmoqda. Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mamlakatda daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ayni paytda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 3 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan bo‘lib, salbiy ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 66 foizga ortgan.
Huquqbuzarlarga nisbatan jami 4 milliard 524 mln. so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan va zarar o‘rnini qoplash belgilangan bo‘lsa-da, 1 ming 800 dan ziyod ma’muriy ish yuzasidan 3 milliard 72 mln. so‘m mablag‘ hanuzgacha undirilmagan.
Misol uchun, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani «Iyk-ota» MFY, Toshkent-G‘azalkent-Chorbog‘ yo‘lida 155 tup daraxt qonunga zid ravishda yo‘l tashkiloti tomonidan kestirilgan va tabiatga 455 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Bu kabi salbiy holatlar aholining ekologik-huquqiy madaniyati darajasining pastligi, ayrim fuqarolar (brakonerlar)ning o‘z manfaati va ehtiyojlari yo‘lida o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan qonunga xilof tartibda foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxtning ayrim hududlarida daraxt va butalarni kesish bilan bog‘liq achinarli holatlar ta’sirchan tarzda keng yoritildi.
Amaldagi qonun hujjatlariga asosan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi daraxt va butalarni kesish bo‘yicha ruxsatnomalar reyestrini yuritishi va uni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi belgilangan. Biroq, bu tartib hanuzgacha mutasaddi idoralarning ish faoliyatida joriy etilmagan.
Shu bilan birga, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2019 yil 1 martgacha daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanmani ishlab chiqishi belgilangan bo‘lsa-da, mazkur hujjat hanuzgacha ishlab chiqilmagan.
Senat raisining ta’kidlashicha, daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holatlarni faqatgina ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar yoki ijtimoiy tarmoqlarda faol fuqarolar ko‘tarmoqda. Bu bo‘yicha Ekologik partiyaning tashabbusi ko‘rinmayapti. Ular bu borada faol bo‘lishi kerak. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi aynan Ekologik partiya bilan hamkorligini kuchaytirishi lozim.
Yuqoridagi kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, «O‘rmon to‘g‘risida"gi va «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunlarning ijrosini ta’minlashdagi kamchiliklarni bartaraf etish va mazkur sohadagi mutasaddi mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish, daraxtlarni turli zararkunanda va kasalliklarga qarshi fitopatologik o‘rganish natijalari bo‘yicha ularga qarshi kurashish yuzasidan faoliyat samaradorligini oshirish taklif etilmoqda.
Shuningdek, daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar yuzasidan jazo choralarini kuchaytirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘ridagi hamda Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilindi. | 5Jamiyat
|
Ronaldu yana Madridga qaytmoqda: “Atletiko” — “Yuventus” uchrashuvi haqida
Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Atletiko” va “Yuventus” jamoalari ishtirokidagi o‘yin 18-sentabr tunida bo‘lib o‘tadi.
“Vanda Metropolitano”dagi bahs keskin kurashga boy bo‘lishi kutilmoqda. O‘tgan mavsumda jamoalar buni isbotlab bergandi. Madridda 2:0 hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritgan Diyego Simeone shogirdlari Turinda yirik mag‘lubiyatni (0:3) qabul qilib olgandi.
“Atletiko” Yevrokuboklarda bunga qadar “Yuventus” bilan ikki bor o‘z maydonida kuch sinashgan va ikkisida ham zafar quchgan. Fevraldagi 2:0 dan tashqari, “matraschilar” Chempionlar Ligasining 2014/15-yilgi mavsumi guruh bosqichida turinliklarni minimal hisobda taslim etgandi. Bu jamolar yozda Xalqaro Chempionlar Kubogida ham o‘zaro bahs yuritdi. Unda ispanlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Bugungi o‘yin turli intrigalarga boyligi bilan ham ajralib turibdi. Krishtianu Ronalduning yana Madridga qaytishi, murabbiylar bellashuvi, ikki portugaliyalik “yettinchi raqam”larning dueli... Xullas Madriddagi o‘yin hech kimni zeriktirib qo‘ymasligi aniq.
Yozgi transfer mavsumida bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urgan madridliklar La Ligani ko‘tarinki ruhda boshladi. Ketma-ket uchta turdagi g‘alabadan keyin “matraschilar”ni “Real Sosyedad” to‘xtatib qoldi. Simeone jamoasi bu mavsum avvalgiga qaraganda “quvnoq”roq ko‘rinmoqda. Mutaxassis yangi futbolchilardan foydalangan holda bir bahsning o‘zida turli xil uslublar qo‘llagan holda raqiblarini chalg‘itishga erishyapti. Biroq bugungi raqib anoyilardan emas...
“Atletiko” bugun Alvaro Morata va Tomas Parti xizmatlaridan foydalana olmaydi. Ispaniyalik hujumchi jarohatini tiklagan bo‘lsada, murabbiylar shtabi uni qaydnomaga kiritmadi.
“Keksa sinyora” ham mavsumni yaxshi boshladi, dastlab “Parma”ni minimal hisobda taslim etgan jamoa keyingi turda asosiy raqibi “Napoli”ni dog‘da qoldirdi (4:3). Biroq uchinchi turda “Fiorentina” bilan durang o‘ynagan “Yuve” turnir jadvalida uchinchi pog‘onaga tushib ketdi. Mauritsio Sarri mazkur o‘yinni o‘z foydasiga hal etgan holda barcha tanqidlarga munosib javob qaytarishi mumkin.
Turinliklarda ham kadrlar muammosi yetarlicha. “Yuventus” bugun jarohat sabab safdan chiqqan Duglas Kosta va Mattia de Shilyo xizmatidan foydalana olmaydi. Shuningdek, Emre Jan va Mario Manjukich qatori bir necha oyga safdan chiqqan Jorjio Kyellini ham Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritilmagan. Miralem Pyanich esa bugun maydonga tushishi kutilmoqda.
“Atletiko”: Oblak — Trippyer, Savich, Ximenes, Lodi — Koke, Saul, Lyorente, Lemar — Feliks, Diyego Kosta.
“Yuventus”: Shensni — Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Aleks Sandro — Xedira, Rabio, Matyuidi — Dibala, Iguain, Krishtianu Ronaldu.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Kaliforniyada maktab avtobusi yengil avtomobil bilan to‘qnashdi. 13 kishi jarohatlandi
Kaliforniyada maktab avtobusi yengil avtomobil bilan to‘qnashdi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
YTH oqibatida 13 kishi jarohatlandi. Ulardan birining ahvoli juda og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Toyota avtomobilini 56 yoshli ayol boshqarib ketayotgan edi.
Qayd etilishicha, u mast ahvolda bo‘lgan. U avtomobil boshqaruvini yo‘qotgani tufayli Toyota qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
To‘qnashuvdan so‘ng avtobus ag‘darilib ketgan. Avtobusda 19 nafar maktab o‘quvchisi va haydovchi bo‘lgan. Jabrlanuvchilarning barchasi kasalxonaga yotqizilgan. | 2Dunyo
|
Janubiy Qozog‘istonda yirik amaldorlar qo‘lga olindi
Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sayram tumanida bir kunning ichida ikki yirik mansabdor shaxs qo‘lga olindi – sog‘liqni saqlash va adliya sohasida, deb xabar bermoqda Qozog‘iston OAV. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Milliy byuro departamenti xodimlari qo‘lga olishga oid muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘tkazishgan.
"Yakka tartibdagi tadbirkorlardan umumiy ovqatlanish sohasida savdo nuqtalari ochish jarayonida ijobiy xulosa berish maqsadida tizimli ravishda pora olib kelganlik, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda himoya ko‘rsatish holatlari uchun Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sayram tumani Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari P.Utepov va shu tumanning Adliya boshqarmasi rahbari Z. Tuyneboyev qo‘lga olindi", - deya ma'lum qilishgan mahkama matbuot xizmatidan.
Sud qarori bilan qo‘lga olingan shaxslar Chimkent IIBning vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib ketildi. Ayni damda sudga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. | 2Dunyo
|
Samarqandda qisqa tutashuv oqibatida yuz bergan yong‘in bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Samarqand shahridagi xonadonlarning birida yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, fuqaro M.Valentinovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Uyning 40 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib, zararlangan.
“Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining kuygan holdagi jasadi topilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida. | 8O‘zbekiston
|
Uchko‘prikda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib ketdi. Piyoda voqea joyida vafot etdi
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida Lacetti-2 urib yuborgan piyoda hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 27-yanvar kuni yuz bergan. Haydovchi M.M. Lacetti-2 avtomashinasini Jaloyer qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan M.A. ismli ayolni urib yuborgan.
Oqibatda ayol olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. | 0Avto
|
“Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 19-avgustdagi 01-02/15-17-son “Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2143, 2010-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 38-son, 339-modda);
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 26-iyundagi 01-02/15-9-son “Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2143-1, 2012-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 342-modda);
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 8-fevraldagi 01-02/15-17-son “Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2143-2, 2013-yil 11-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 11-son, 146-modda). | 10Qonunchilik
|
Ronaldu: Mukofot eng yaxshi o‘yinchiga topshirildi - u esa menman
Madridning «Real» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu unga aksariyat hollarda oson bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tdi. Portugaliya termasi futbolchisi buni FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so‘ng aytib o‘tgan.
“Ko‘pchilik menga ishonmagan va menga qarshi insonlar ko‘p bo‘lgan. Meni hamma tomondan urishgan. Biroq haqiqat shundan iboratki, mukofot eng yaxshi o‘yinchiga topshirildi - u esa menman”, - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Cope.
Ma'lumot uchun, Ronaldu bu so‘rovnoma «Barselona» vakili Lionel Messi va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmannlarni ortda qoldirdi. | 13Sport
|
Italiya prezidenti Serjo Mattarella ikkinchi muddatga saylandi
Italiya prezidenti, 80 yoshli Serjo Mattarella ikkinchi muddatga qayta saylandi. U mamlakat parlamenti a’zolarining qo‘shma majlisida zarur 505 ta ovoz chegarasidan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Mattarella 3-fevral kuni o‘z lavozimini tark etishi kerak edi, biroq mamlakatda siyosiy barqarorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar tufayli fikrini o‘zgartirdi. Koalitsiyadagi partiyalar undan prezidentlikni tark etish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘ragach, Mattarella ikkinchi muddatga saylanishga rozi bo‘ldi.
Italiya konstitutsiyasining 83-moddasiga ko‘ra, prezident parlament tomonidan a’zolarning qo‘shma yig‘ilishida saylanadi, parlament tarkibiga mamlakatning 20 ta hududidan ham delegatlar kiradi. Saylanish uchun dastlabki uch turda ovozlarning uchdan ikki qismini olish kerak, to‘rtinchi turdan boshlab mutlaq ko‘pchilikning (50 foizdan ortiq) ovozi kifoya.
Serjo Mattarella — Palermoda tug‘ilgan, u 1980-yillarda Xristian-Demokratik partiyasi safida siyosiy faoliyatini boshlagan. Sitsiliya gubernatori bo‘lgan akasi Persanti Mattarella 1980-yilda mafiya buyrug‘i bilan o‘ldirilganidan keyin huquq fakulteti bitiruvchisi Serjo siyosatga yuzlangan.
1983-yilda Serjo Mattarella birinchi marta parlamentga saylandi, 1989-yilda esa ta’lim vaziri lavozimini egallab, hukumat tarkibiga kirdi. Mattarella “mattarellum” nomini olgan saylov qonunchiligining asosiy mualliflaridan biri hisoblanadi.
Serjo Mattarello faoliyati davomida yana bir qator lavozimlarda ishladi. 2011-yilda Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylandi. 2015-yilda esa u Italiyaning 12-prezidenti bo‘ldi. | 2Dunyo
|
Poroshenko Ukraina sharqidagi urushda faqatgina harbiy yo‘llar bilan g‘alaba qilib bo‘lmasligini e‘tirof etdi
Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko ukrain telekanallari jurnalistlariga bergan intervyusida mamlakat sharqidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish masalalari, Minskdagi kelishuvlarning ahamiyati va AQSh safari yakunlari to‘g‘risida so‘zladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
“Shun ta'kidlashni istardimki, Donetsk va Lugansk shaharlaridagi urushlarda faqat harbiy yo‘llar bilangina g‘alabaga erishib bo‘lmaydi. U yerda Ukraina armiyasining brigada va batalonlari ko‘paygani sari Rossiya Federatsiyasining ham qo‘shinlari soni oshib boraveradi”, - dedi Poroshenko.
Ukraina Prezidentining ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat janubi-sharqidagi janglarda 65% harbiy texnika yo‘q qilingan. O‘z navbatida, Moskva Ukrainadagi mojarolarda Rossiya qo‘shinlarining ishtirokini qat’iyan inkor etib kelmoqda. | 2Dunyo
|
Osiyo Kubogi. Bugun nimchorak finalda 3ta o‘yin
Bugun, 20 yanvar kuni Osiyo Kubogida nimchorak final o‘yinlari boshlanadi.
Pley-offning birinchi kunida 3ta o‘yin bo‘lib o‘tadi va chorak finalning dastlabki ishtirokchilari aniqlanadi.
Dastlab B guruhi g‘olibi, Avstraliyani ikkinchi o‘rinda qoldirgan Iordaniya D guruhida uchinchi o‘rinni olib nimchorak finalga chiqqan Vetnamga (vetnamliklar Livanga nisbatan bitta kam sariq kartochka olgani evaziga pley-offga chiqishdi) qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00da, Dubaydagi «Al Maqtum» stadionida boshlanadi.
C guruhida Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi bo‘lgan Xitoy esa chorak final yo‘llanmasi uchun Tailandga qarshi (tailandliklar A guruhida BAAdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallashgan) maydonga tushadi. Bu bahs Al Ayn shahridagi «Hazza Bin Zayd» stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Kunning uchinchi o‘yini turnir favoriti, D guruhida peshqadam bo‘lgan Eron hamda O‘zbekiston bilan guruhda uchinchi bo‘lgan Ummon o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da, Abu Dabi shahridagi «Muhammad Bin Zayd» stadionida boshlanishi belgilangan.
Nimchorak final o‘yinlari 21-22 yanvar kunlari ham davom etadi. Chorak final bahslari 24-25 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. | 13Sport
|
Surxondaryoda O‘zbekistonga 97 kilo giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan yuk mashinasi aniqlandi
Surxondaryo viloyatida bojxonachilar qariyb 100 kiloga yaqin giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan haydovchini ushladi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” chegara bojxona postiga 2021-yilning 25-avgust kuni tungi soat 03:30 larda qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtotransport vositasi kirib kelgan.
Haydovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidek, avtotransport vositasiga 20 tonna og‘irlikdagi ip kalava yuklanganini ma’lum qiladi.
Ammo bojxona xodimlarining hushyorligi sababli ushbu avtotransport vositasining tirkamasi belgilangan tartibda xizmat iti ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, tirkamaning old tomoni pastki qismiga xufiyona tarzda jami 93 dona polietilen o‘ramlar yashirilgani fosh qilindi.
Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida esa yashil va qizil ranglardagi 82 ta o‘ramga 85 kilogramm 505 gramm og‘irlikdagigeroin hamda 11 dona sariq rangli o‘ramga 11 kilogramm 425 gramm og‘irlikdagi gashish giyohvandlik vositasi joylangani ma’lum bo‘ldi.
Shunday qilib, mazkur holatda jami 96 kilogramm 930 gramm og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining respublika hududiga yashirincha olib kirilishining oldi olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, respublika bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi turli idoralar bilan hamkorlikda 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 300 dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida og‘irligi 260 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan. | 8O‘zbekiston
|
Livan armiyasi Suriya chegarasiga joylashgan IShID jangarilariga qarata o‘t ochdi
Livan chegarachilari Suriya bilan chegaradagi IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari to‘plangan marralarga artilleriya qurollaridan zarba berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“RIA Novosti”ning Livandagi “Hizbulloh” harakatiga yaqin manbaga asoslanib xabar berishicha, Livan armiyasi tog‘li Ra’s-Ba’lbek hududidagi Karnet al-Qof va Muhayram hududlariga zarba bergan.
Artilleriya zarbalari oqibatlari haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan.
Avvalroq “Hizbulloh” yetakchisi Said Hasan Nasrullo u rahbarlik qilayotgan harakat IShIDga qarshi bo‘lajak yurishda qatnashish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Livan armiyasi IShIDga o‘z chegarasidan turib, Suriya armiyasi va “Hizbulloh” esa boshqa tomondan turib hujum qiladi.
Ma’lumot uchun, IShID jangarilari Suriya va Iroqdagi jiddiy mag‘lubiyatlardan so‘ng, o‘zlari uchun nisbatan xavfsiz hududlarga, xususan, Livanga ko‘chib o‘tishni boshlagan. | 2Dunyo
|
Bugun pandemiyaga qarshi kurashishda hushyorlik va mas`uliyatni o`n karra oshiradigan bosqich boshlanmoqda – Prezident
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 16 iyun kuni xizmat ko`rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.
Tadbir avvalida davlatimiz rahbari koronavirus bilan bog`liq vaziyatga to`xtalib, oxirgi paytda yurtimizda bu kasallikka chalinganlar soni oshgani, eng yomoni, aholi o`rtasida ham ko`plab ro`y berayotganiga e`tibor qaratdi.
Jumladan, Toshkent shahrida so`nggi ikki haftada kasallangan 551 nafar fuqarodan 482 tasi aynan aholi orasidan aniqlangan. 57 holatda virusni yuqtirish manbai noma`lum qolayotgani afsuslanarli. Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida ham shunday xavotirli holat kuzatilmoqda.
– Bularning barchasi koronavirus bilan bog`liq vaziyat tobora murakkab tus olayotganini ko`rsatib turibdi, – dedi Shavkat Mirziyoev. – Bugun pandemiyaga qarshi kurashishda hushyorlik va mas`uliyatni o`n karra oshiradigan yangi bosqich boshlanmoqda, desak to`g`ri bo`ladi. Qanchalik qiyin bo`lmasin, bu bosqichda karantin qoidalariga qat`iy amal qilishimiz shart. Har bir ishimizni ehtiyotkorlik bilan, oqibatini puxta o`ylab, nafaqat o`zimiz, balki oilamiz va farzandlarimiz oldidagi mas`uliyatni chuqur his etib bajarishimiz kerak. Aks holda, barcha sa`y-harakatlarimiz yo`qqa chiqishi hech gap emas. Ishonchim komil, ancha bilim va tajriba orttirgan, bag`rikeng va matonatli xalqimiz bu bosqichdan ham, albatta, munosib o`tadi. | 12Siyosat
|
Toshkent viloyatida shakar zavodi qurish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov Belgiyaning DSEC kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Toshkent viloyati hududida shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda Uzreport xabar berdi.
Shu maqsadda ehtimoliy zayomchilar, jumladan Germaniyaning “Commerzbank”i bilan O‘zbekistonga kredit berish hamda Yevropa kredit sug‘urtachilari guruhi “Credendo” bilan loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xatarlarni qoplash bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borilgan.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra “Commerzbank” kredit ajratish uchun dastlabki shart sifatida zayomchi bo‘lib ishtirok etuvchi O‘zbekiston bankining kapitallashuvi kamida 80-85 mln yevroni tashkil qilishi kerakligini belgilagan.
Bugungi kunda DSEC O‘zbekistonda “Shakar xolding” MChJ bilan faol ish olib bormoqda. Imzolangan kelishuv doirasida Toshkent viloyati hududida DSEC texnologiyalari bo‘yicha shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihaning qiymati 110 mln yevroni tashkil qiladi. Undan 25 mln dollari O‘zbekiston tomonidan, qolgan mablag‘ esa sarmoyachilar tomonidan ajratiladi. | 8O‘zbekiston
|
Urgutda fuqarolardan o‘zi yo‘q gazga to‘lov undirilgan. Mas’ul tashkilot rahbari muammoni bartaraf etishga va’da berdi
Kun.uz mavzuni o‘rganish maqsadida Urgut tumanida bo‘lib, fuqarolar bilan suhbatlashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qayroqli mahallasida tabiiy gaz tarmoqdan butunlay uzib qo‘yilmagan. Ammo bir necha yillardan beri bosim pasayib ketishi natijasida aholi og‘ir vaziyatga tushib qolyapti. O‘rganish davomida qog‘ozdagina “kelib turgan” gaz biror xonadonni isitayotganiga guvoh bo‘lmadik.
Fuqarolar tabiiy gaz o‘z bosimi bilan oqib kelmagani sababli maxsus havo tortadigan uskunalardan foydalanishlarini yashirib o‘tirmadi. “Kimning uyidagi “motor” kuchli bo‘lsa, o‘shangagina gaz boradi. Chunki bosimning o‘zi past, hech kim baraka topmayapti” deyishdi biz bilan suhbatlashganlar.
2021 yilning oktyabr oyi oxirlarida mahallaga tabiiy gaz berilganini aytmoqda Dilbar Mamatova. Ammo gaz nari borsa ikki-uch kun o‘z bosimi bilan kelib turgan. U o‘tgan yilning noyabr oyida 430 ming so‘m to‘lagan. “Endi bu yog‘iga gazdan qarzdorligimiz to‘g‘risida xabarlar kelaveradi” dedi Dilbar opa.
Biz Dilbar Mamatovaning uyiga tortilgan tabiiy gaz bosimini bilish maqsadida gugurt chaqib ko‘rdik. Qizig‘i, olov yonish u yoqda tursin, quvur ichkarisiga havo tortib, olovni o‘chirib qo‘ydi. Demak, kimdir havo tortadigan qurilma yordamidan foydalanyapti. “Yashirmayman, mana, bizda ham motorcha bor, qo‘shsak bir soat deganda tabiiy gaz keladi. Uyam istagan paytda o‘chib qoladi” dedi Dilbar opa.
Anglash mumkinki, Qayroqlida tabiiy gaz bosimi past bo‘lgani uchun ko‘pchilik havo tortkichning kuchlirog‘ini xarid qilishga o‘tgan. Bu xavfli aslida. Chunki bunday qurilmadan foydalanish kechasi tabiiy gaz o‘chib-yonish ehtimolini oshiradi.
Xudoynazar Ashurov ham shu paytgacha havo tortuvchi qurilma yordamidan foydalangani va so‘nggi kunlarda umuman gaz kelmay qolganini ma’lum qildi. Xudoynazar aka 3,5*5 kvadrat metr xonani isitish uchun oyiga 285 ming so‘mdan to‘lab kelgan.
Qayroqliliklar har yili havo isib ketgach, ariza berib tabiiy gazni uzdirishlarini ma’lum qilishdi. Aks holda, yonmagan gaz uchun qishin-yozin to‘lov qilishga majbur bo‘lisharkan.
Mahallada nari borsa uch-to‘rt xonadon eski gaz hisoblagichni uzdirmagan. Sababi, “schyotchik”siz umumme’yorlar bilan hisoblaganda albatta iste’molchi zarar ko‘radi. Sherali Umarov “schyotchik”ni oldirmaganligi sababli boshqalar qatori tabiiy gazdan qarz bo‘lib qolmayapti. Chunki har qanday vaziyatda bunday “bosim” bilan oyiga 250-350 ming so‘mlik tabiiy gaz yoqish mumkin emas.
Bir so‘z bilan aytganda, mas’ullar tomonidan “schyotchik” o‘rnatib berilmay turib, aholi ortiqcha mablag‘ to‘layotgani bu iste’molchining aybi emas.
Vaziyat bo‘yicha “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali direktori Ansor Muhammadiyevdan izoh oldik.
Muhammadiyev Qayroqli mahallasida tabiiy gaz bosimining pastligi bilan bog‘liq muammodan shu vaqtga bexabar bo‘lganini aytdi. “Biz ushbu muammoni tezlik bilan o‘rganib chiqamiz va ijobiy yechim topamiz. Zarurat bo‘lsa, tabiiy gaz bosimini oshirib berishga imkoniyatimiz yetarli”.
Filial rahbari gaz hisoblagich masalasiga ham oydinlik kiritdi.
“Aholini elektron gaz hisoblagichlar bilan ta’minlash bepul va bu “Hududgaz” AJ tomonidan amalga oshiriladi. Viloyatda 281 ming aholi xonadonlarida gaz hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 146 mingtasi o‘rnatib bo‘lindi. Asosan “qizil” hududlar, ya’ni tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lgan tuman-shaharlarni birinchi navbatda ta’minlayapmiz. Urgut tumani Qayroqli mahallasidagi vaziyat va aholining murojaatini inobatga olamiz va ko‘pi bilan ikki-uch kun ichida gaz hisoblagichlarni o‘rnatishga kirishamiz” dedi filial direktori.
Urgutdagi muammoga yechim borligi aytilmoqda. Aytish mumkinki, Qayroqlida bu “boshog‘ri” paydo bo‘lganiga bir necha yillar bo‘lgan. Qolaversa, shu vaqtga qadar “schyotchik” o‘rnatilmagani sababli qarzdorlik ortgan. Mas’ullar o‘rganish davomida ushbu jihatga ham alohida e’tibor qaratishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
P/S: Maqola yozilish asnosida murojaatchilar bilan telefon orqali bog‘landik. Ular “Hududgaz Samarqand” filiali direktori Ansor Muhammadiyev Qayroqliga borib, iste’molchilar bilan uchrashganini ma’lum qilishdi. Mahallaga elektron gaz hisoblagichlar yetkazib borilgani va xonadonlarga o‘rnatilayotgani tasdiqlandi. Urgutdan tez orada tabiiy gaz bosimi ko‘tarilgani bilan bog‘liq xushxabar kelishiga umid qilib qolamiz.
Isomiddin PO‘LATOV,
Kun.uz muxbiri
Suratlar muallifi: Faxriddin HOTAMOV. | 5Jamiyat
|
Manchester jamoalarida navbatdagi g‘alabalar, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
13 dekabr kuni Angliya chempionatida 17-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
«Manchester Siti» «Suonsi Siti» maydonida yirik g‘alabaga erishdi. Suonsidagi «Liberti» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinda ikki golga David Silva muallif bo‘ldi, Kevin De Bryuyne va Serxio Aguero ham bir martadan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
«Manchester Yunayted» esa «Bornmut»dan ustun keldi. «Old Trafford»da kechgan o‘yinda urilgan yagona gol mezbonlar jamoasiga g‘alaba keltirdi - 1:0.
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Antoni Marsiyal chap qanotda to‘pni qabul qilib oldi va markazdagi Xuan Matani to‘p bilan ta'minladi, uning diagonal zarbasiga Romelu Lukaku boshi bilan teginib qo‘ydi va darvozani ishg‘ol qildi.
«Arsenal» bu turda yana omadsizlikka uchradi. «Vest Hem»ga qarshi derbi bahsida hisob ochilmasdan qoldi - 0:0. Bu natijadan keyin Venger shogirdlari turnir jadvalida yettinchi o‘rinda qoldi (30) ochko.
«Liverpul» ham bu turda g‘alaba qozona olmadi, «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yinda nursiz durang qayd etildi (0:0)
«Tottenhem» bu turda «Brayton»ni yengdi (2:0). Pochettino shogirdlari bu g‘alaba evaziga kuchli to‘rtlikka qaytishgan.
17-tur uchrashuvlari doirasida «Lester Siti» «Sauthempton»ni 4:1 hisobida yengdi, «Nyukasl Yunayted» «Everton»ga yutqazdi - 0:1.
Angliya chempionati
17-tur
Suonsi – Manchester Siti 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 27 Silva, 0:2 – 34 de Bryuyne, 0:3 – 52 Silva, 0:4 – 85 Aguero.
Suonsi – Fabianski, Noton, van der Xorn, Mouson, Olsson, Ki Son Yen, Mesa, Kerroll (Abraxam, 46), Ayyu, Dayyer (Narsinx, 65), Boni (Fer, 74).
Manchester Siti – Ederson, Danilo, Otamendi, Mangalya, Delf (Zinchenko, 73), de Bryuyne (Gyundogan, 77), Fernandino (Ture, 58), Silva, Bernardu Silva, Aguero, Sterling.
Manchester Yunayted – Bornmut 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 25 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling, Djons, Shou (Yang, 83), Maktomini, Matich, Mata, Lingard (Errera, 71), Marsyal (Reshford, 66), Lukaku.
Bornmut – Begovich, Smit, Frensis, Ake, Deniels, Stanislas (Defo, 71), Gosling (Kuk, 77), Arter, Freyzer, King, Uilson (Afobe, 71).
Ogohlantirishlar: Gosling (28), Lukaku (43), Arter (64).
Vest Hem – Arsenal 0:0 (0:0, 0:0)
Vest Hem – Adrian, Sabaleta, Rid, Ogbonna, Kressuell, Masuaku, Nobl, Obiang, Lansini, Antonio (Ernandes, 82), Arnautovich.
Arsenal – Chex, Bellerin, Koselni, Monreal, Meytlend-Naylz, Chaka, Uilsher, Ivobi (Uelbek, 70), O‘zil, Sanches (Lyakazett, 82), Jiru.
Ogohlantirishlar: Lansini (41), Rid (90).
Tottenhem – Brayton 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Ore, 2:0 – 87 Son Xin Min.
Tottenhem – Loris, Ore, Dayyer, Vertongen, Rouz, Sissoko, Uinks (Dembele, 67), Lamela (Alli, 74), Eriksen, Son Xin Min (Devis, 90), Keyn.
Brayton – Rayan, Skelotto, Daffi, Dank, Bong, Propper, Stivens, Knokert, Kayyal (Gross, 78), Iskerdo (March, 62), Xemed (Myurrey, 72).
Ogohlantirishlar: Knokert (41), Rouz (45).
Liverpul – Vest Bromvich 0:0 (0:0, 0:0)
Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold (Gomes, 80), Lovren, Klavan, Robertson, Veynaldum (Oksleyd-Chemberlen, 76), Djan, Koutino, Mane (Solanke, 76), Salax, Firmino.
Vest Bromvich – Foster, Nom, Xegazi, Evans, Gibbs, Livermor, Yakob, Kryxovyak (Brant, 79), Robson-Kanu (Rodriges, 71), Rondon, Makkleyn.
Ogohlantirishlar: Jan (68), Fild (90).
Sauthempton – Lester 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 11 Mahrez, 0:2 – 32 Okadzaki, 0:3 – 38 King, 1:3 – 61 Yosida, 1:4 – 69 Okadzaki.
Sauthempton – Forster, Soaresh, van Deyk, Yosida, Bertran, Romeu (Gabbyadini, 46), Lemina, Tadich (Uord-Prouz, 83), Devis, Bufal (Redmond, 62), Ostin.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Maguayr, Morgan, Fuks, Ndidi, King, Mahrez (Olbrayton, 72), Okadzaki, Chiluell (Uloa, 83), Vardi (Grey, 72).
Ogohlantirish: Ostin (52).
Nyukasl – Everton 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 27 Runi.
Nyukasl – Darlou, Yyedlin, Lassels, Lejyen, Mankilo, Merino (Peres, 86), Shelvi, Atsu, Diame (Xoselu, 67), Ritchi (Aarons, 74), Geyl.
Everton – Pikford, Kenni, Xolgeyt, Uilyams, Martina, Shnayderlin, Guyye, Lennon (Vlashich, 61), Runi (Devis, 77), Sigurdsson (Jagelka, 85), Kelvert-Lyuin.
Ogohlantirishlar: Shelvi (42), Xolgeyt (48), Merino (56), Kelvert-Lyuin (90).
Chetlatish: Shelvi (90).
Turnir jadvali | 13Sport
|
Avstriyada Gitler tug‘ilgan uy politsiya idorasiga aylantiriladi (video)
Avstriyaning Braunau-am-Inn shahridagi Adolf Gitler tug‘ilgan uy politsiya idorasining binosiga aylantiriladi, deb xabar bergan Die Zeit.
“Uyning politsiya ixtiyoriga topshirilishi binoning umuman natsional-sotsializm yo‘lida ishlatilmasligiga turtki bo‘ladi”, — deydi Avstriya ichki ishlar vaziri Volfgang Peshorn.
2017-yilda Avstriya hukumati uyni hech kimga sotishni istamagan bekadan bir amallab xarid qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Adolf Gitler tug‘ilgan uyning egasiga yarim million yevro to‘lanadi
2011-yilga qadar Gitler tug‘ilgan xonadon binosidan nogironlar uyi sifatida foydalanilgan. Keyinchalik uy egasining talabiga ko‘ra nogironlar uyi binodan foydalanishi to‘xtatildi. 2016-yilda uyning buzilishi xabar qilindi, biroq keyin ushbu qaror o‘zgartirildi. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston—Hindiston qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligida O‘zbekiston—Hindiston qo‘mitasining ikki tomonlama loyihalarni amaliy bajarilishini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha o‘zbek tomonining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishda O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyev, qo‘mita tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, vazirlikning mas’ul xodimlari va Andijon viloyati hokimligi vakillari ishtirok etgan.
Qo‘mita yig‘ilishi Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan har bir loyiha bo‘yicha muammolarni batafsil tahlil qilishga bag‘ishlangan. Alohida ravishda “Andijon—Farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, investitsiya loyihalari va savdo aloqalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishish, o‘zaro savdo hajmini oshirish yo‘lidagi to‘siqlarni hisobga olgan holda Hindiston bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuv natijasida har bir loyiha va hindistonlik sheriklar bilan kelishuv bo‘yicha rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun o‘z vaqtida bajarilishi kerak bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilangan. | 8O‘zbekiston
|
Tadbirkorlar mojarosi. Qashqadaryoda prezidentga ko‘rsatilgan loyiha nega oxirigacha yetkazilmay qolmoqda?
Kun.uz tahririyatiga Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan qiziq murojaat kelib tushdi. Unda murojaatchi qurilishi uchun milliardlab kredit olingan istirohat bog‘i qurilishi oxiriga yetkazilishida sun'iy to‘siqlar paydo bo‘lgani va prezidentga taqdim qilingan loyiha maydonining bir qismi ayrim mansabdor shaxslar tomonidan olib qo‘yilayotganini bayon etgandi. Muammoni joyiga borib o‘rgandik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2017 yilning 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgandi.
Tashrif davomida Qashqadaryo viloyati hududida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bir necha loyiha prezidentga taqdim qilingandi. Shunday loyihalardan biri Qarshi shahrida qurilishi ko‘zda tutilgan «Alisher Navoiy» nomidagi istirohat bog‘i bo‘lib, loyiha «ASINZA-BZ» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Baxtiyor Jo‘rayev tomonidan davlat rahbariga namoyish etilgandi.
Jamiyat rahbari loyiha deyarli tugatilgani, biroq bog‘ avtoturargoh maydonining bir qismi ba'zi mansabdor shaxslar tomonidan olib qo‘yilgani haqida gapirdi.
«Prezidentimizning 2017 yildagi Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur istirohat bog‘i loyihasini taqdim qilgandik. Prezident kerakli ko‘rsatmalarni berib ishimizga rivoj tilagandi. Biroq, hozirgi kunda mazkur bog‘ga kirish qismida qurilayotgan avtoturargoh maydonining bir qismi olib qo‘yilmoqda.
Bog‘ga eng zarur joy bu - avtoturargoh. Dam olish kunlari kelgan odamlar o‘z mashinalarini bu joyga qo‘yishi kerak. Yo‘l chetiga qo‘ya olmaydi, YPX xodimlari jarima qo‘llashi mumkin. Avtoturargoh bo‘lmasa, sun'iy tiqilinchlar paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik bog‘ga mashinasida keladi. Oilaviy kelganlar o‘z mashinalarini qayerga qo‘yadi?
Avvaliga avtoturargohning umumiy maydoni olib qo‘yildi. Keyin prokuratura protesti bilan bir qismini qaytarib oldik. Lekin to‘liq qaytarib ololmasak, mijozlar kamayib bankrotlik yoqasiga kelib qolishimiz ham mumkin. Milliardlab kreditlarimiz turibdi. To‘lashimiz kerak.
Milliy bank tashabbusi bilan boshlangan loyihamizga 2 million dollardan ortiq kredit ajratilgandi. Chet eldan texnikalar olib kelib o‘rnatganmiz. Prezidentimizga zamonaviy formatda ko‘rsatgandik. Ular bizdek tadbirkorlar ko‘payishini astoydil xohlagandilar. Biroq, mana shunday sun'iy to‘siqlar paydo bo‘laversa biz nima qilaylik? Jar yoqasiga yaqinlashyapmiz. Biror marta tashkilotlarga shikoyat bilan arz qilmagandim. Axiyri murojaat qilishga majbur bo‘ldim», - dedi jamiyat rahbari.
Shundan so‘ng, ikkinchi taraf sifatida «Texnomash» MChJ vakili Xurshid Shukurovdan izoh oldik.
«Dastlab bu loyiha qurilishi uchun shaharda joylashgan 42 gektarli maydonning 5 gektar qismi shahar yer zaxirasiga olingandi. Bu hududda istirohat bog‘i qurilishi ko‘zda tutilgandi. Avtomobil turargoh maydoni ham shu hududning ichida edi.
Avtoturargoh maydoni hududi qurilish boshlanishidan avval qurilish ishlari uchun ko‘mak maqsadida olingandi. Lekin prezidentga taqdim qilinganda, menga qarashli yer ham qo‘shib yuborilgan. Shunda hududimda o‘z qurilishini boshlagan jamiyat rahbariga bog‘landim. U loyiha tasdiqlangani va hudud bog‘ning bir qismiga aylanganini ta'kidladi.
Keyinchalik tegishli sudga berib bu nizoli hudud masalasida sudda ham yutib chiqdik. Nega mas'ul xodimlar mening hududimni loyihaga qo‘shib prezidentga ko‘rsatishganini, ochig‘i tushunmadim. Shu vaqtgacha bu jamiyat bilan hudud masalasida tortishuvimiz bo‘lmagandi. Lekin hozirga kelib katta janjal yuzaga kelmoqda», - dedi jamiyat vakili.
Keyin ikkala tarafdan barcha hujjatlarni olib o‘z jurnalistik surishtiruvimizni boshladik.
2004 yil 16 noyabrda «Qarshi uy-joy sanoat qurilish» jamiyatiga qarashli 29-MKKning «Alisher Navoiy» nomidagi istirohat bog‘idagi 6205 kv.m. yer maydoni «Texnomash» firmasiga sotilgan. Vaqt o‘tgach shahar hokimi I.Asadovning 2005 yil 4 yanvaridagi qarori bilan jamiyatga mazkur hududdagi 5016 kv.m. yer maydoni doimiy foydalanish uchun topshirilgan. Yer maydoni shaharning keyingi hokimi Sh.Tursunovning 2009 yil 27 apreldagi qarori bilan (hudud qaytadan o‘lchanganmi, yo‘qmi, bilmadik), 6204 kv.m. qilib «Texnomash» firmasiga berilgan. 2015 yil 29 mayda bu hudud Qarshi shahar kadastr tomonidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Orada nizo vujudga kelgan. O‘sha vaqtdagi xo‘jalik sudi qaroriga asosan shahar hokimi J.Fozilovning 2016 yil 26 dekabrdagi qarori bilan 6204 kv.m. yer uchastkasi jamiyatga mehmonxona va sport maydonchalari qurish uchun ajratib berilgan. Prezident tashrifigacha (2017 yilning fevral oyi) 2016 yilning 28 noyabr kunida hozirgi hokim J.Fozilov davlat rahbariga ko‘rsatiladigan loyiha maydoniga nisbatan (5 gektar hudud uchun) qaror chiqargan.
Uning shahar sxemasida ko‘rsatilgan konturlariga qarasangiz, «Texnomash» firmasi hududi ham avtoturargoh o‘rni sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Loyiha dalolatnomasiga shahar hokimi o‘rinbosari F.Shomurodovdan boshlab barcha mas'ul idoralar imzo chekib, muhrlarini bosgan. Boshqa hujjatlarda ham barcha kerakli ishlar amalga oshirilgan. Va bu loyiha pasport sifatida prezidentga taqdim qilingan. Chunki bog‘ga keladiganlar uchun avtoturargoh juda muhim. Usiz iloji yo‘q. Yo‘qsa, savol tug‘ilishi mumkin. Chunki, bog‘ning asosiy maydonida avtoturargoh o‘rni ko‘rsatilmagan. Bog‘ni katta yo‘lga ulash joyi sifatida nizoli hudud ko‘rsatilgan. Prezidentga buni ko‘rsatishgan, loyiha ularga ma'qul kelgan va qurilishiga ruxsat berilgan.
Aniqlanishicha, shu va boshqa holatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi tomonidan 2018 yilning 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205 («hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish»), 207 («mansabga sovuqqonlik bilan qarash») va 228 («hujjatlar, shtapmlar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish») moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan ekan.
Qo‘limizda mavjud ma'lumotlarga tayanib, «Texnomash» MChJ vakiliga savollar bilan qayta yuzlandik. «Qarshi uy-joy sanoat qurilish» jamiyatida egalik huquqi bo‘lmasdan «Texnomash» MChJga yerini sotgan bo‘lishi mumkinligi, garchi oldi-sotdi shartnomasida 6205 kv.m. ko‘rsatilgan maydon ko‘rsatilgan bo‘lsada, sobiq shahar hokimi I.Asadov 5016 kv.m. o‘lchamdagi maydon ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzolagani, nima sababdan keyinchalik boshqa hokim Sh.Tursunov davriga kelib maydon qayta hisoblanib, 6204 kv.m. qilib belgilangani haqida so‘radik.
«Mulkimiz haqiqiy egallab turgan joyi 6204 kv.m. bo‘lgani sababli shahar hokimiyatiga murojaat qilganmiz. Vaqt o‘tib bu hududning haqiqiy egallab turgan maydoniga nisbatan hokimning qarori chiqarilgan», - deb izoh berib o‘tdi «Texnomash» MChJ vakili Xurshid Shukurov.
Ma'lumotlarni olgach, izoh olish uchun shahar hokimligiga bordik. U yerdan shahar hokimini topa olmadik. Oz fursat o‘tib shahar hokimi Jamshid Fozilov va Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev oddiy xalq vakillari bilan uchrashuv o‘tkazayotgani haqida xabar topdik. U yerga borib viloyat hokimiga muammoni tushuntirdik. Viloyat hokimi muammoni «adolatli hal etinglar» deb shahar hokimiga alohida topshiriq berdi. Shahar hokimi holat yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.
«Sud qarori bilan avtoturargoh maydoni «Texnomash» MChJga berilgan. Loyiha o‘sha vaqtda prezidentga ko‘rsatilgan. Ularning tashabbusi bilan bo‘lgan. Agar prokuratura protest keltirib, sud qarori asosida bekor qilsa, mening qarorim ham bekor bo‘ladi. Loyihani Shavkat Mirziyoyevga Milliy bank taqdim etgan. Ko‘rsatishdan avval shahar hokimligidan so‘ramagan. Loyiha bankning krediti evaziga bo‘lgan. Dalolatnomalardagi tafovutga to‘xtalsak, o‘sha vaqtda Milliy bank raisi kelgan vaqtda bir kunda tezlashtirib qilingan ish edi. Qaror osti hujjatining haqiqiysini keyinroq taqdim etganmiz», - dedi u.
So‘ng, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankidan izoh olishga urindik. Saytida ko‘rsatilgan qo‘ng‘iroqlarga ham bog‘lanishga harakat qildik. Hozircha harakatlarimiz samarasiz yakunlandi.
Shu o‘rinda bir necha savollar yuzaga keldi. Nega tashrifdan avval hujjatlar to‘liq o‘rganilmagan? Nima uchun boshqa tadbirkorga tegishli bo‘lgan hudud davlat rahbariga ko‘rsatilgan? Nahotki bundan hech qaysi mansabdor shaxsning xabari bo‘lmagan? Agar prezident kelgunicha mansabdor shaxslarning xabari bo‘lgan bo‘lsa, nega muammoni to‘liq hal etmay turib davlat rahbariga keyinchalik muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan loyiha ko‘rsatilgan? Bu xizmat vazifasini sidqidildan bajarmaslik emasmi? Endi nima bo‘ladi? Tadbirkorning milliardlab mablag‘ sarflagan istirohat bog‘iga kelganlar soni kamayishda davom etadimi? Yoki boshqa tarafdan yangi avtoturargoh uchun maydon ajratiladimi? Atrofi boshqa obektlar bilan o‘ralgan bog‘ga aholi qayerdan kiradi? Hokim loyihani Milliy bank ko‘rsatgan demoqda. Rostdan ham shundaymi? Hokimning o‘zi bilmaganmidi? Yoki o‘sha yerda bo‘lgan boshqa mansabdorlar-chi? Milliy bankning izohi qanday bo‘ladi? «ASINZA-BZ» mas'uliyati cheklangan jamiyati bu hudud oldi-sotdi shartnomasi azaldan noto‘g‘ri tuzilgan deb aytmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari bunga qanday reaksiya bildiradi? Hududdagi prokuratura va sud organlari bunga qanday munosabatda? Ikki tadbirkor orasidagi mojaro qachon va qanday hal etiladi?
Savollar juda ko‘p, ammo hozircha ularning hech biriga to‘liq javob ololmadik.
Lekin bunday savollarga javob berilmas ekan, xalqning olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarga, kelajakka ishonchi yo‘qolib boraveradi.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.
Muxbir Zafarbek Solijonov,
tasvirchi Sherzod Egamberdiyev | 5Jamiyat
|
Sirdaryolik shaxs rashk sabab qotilga aylandi
Joriy yilning 18 iyun kuni vaqtincha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan uyidan topilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhuma O‘.A.ning tanishi Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 26 yoshli A.I. rashk oqibatida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. | 5Jamiyat
|
Telegram Desktopning nozik joyi topildi
Telegram Desktop ilovasi endilikda foydalanuvchilarning yozishmalarini kafolatli shifrlamaydi, deya ma`lum qildi, RIA Novosti nashri.
Bir amerikalik muhandis SQLite ma`lumotlar bazasida boshqa foydalanuvchilarning shifrlanmagan yozishmalarini topgan va ularni matn fayliga bemalol o`girib o`qigan. Uning aytishicha, mediafayllar hamda “maxfiy chat” ham ushbu bazaga kelib tushar ekan. | 2Dunyo
|
Turkiyada 2017-yili 7 mingdan ortiq terrorchi yo‘q qilindi
Turkiya xavfsizlik kuchlari 2017-yili terrorchi tashkilotlarning 7 mingdan ortiq a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabining yillik hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“O‘tgan yil davomida 7016 nafar terrorchi yo‘q qilindi. Ulardan 3777 nafari IShID va va 3239 nafari Kurdiston ishchi partiyasi a’zosi. Chegarani noqonuniy kesib o‘tish chog‘ida 439195 kishi qo‘lga olindi”, — deyiladi hujjatda.
Muxolifatchi Fatxulloh Gulenning FETO tashkilotiga qarshi kurash doirasida harbiy muassasaning 9236 nafar xodimi ishdan chetlatildi, 5399 nafari hibsga olindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. | 2Dunyo
|
Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya TIV rahbarlari 23—24-avgust kunlari Tokioda uchrashishni rejalashtirmoqda
Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari 23—24-avgust kunlari Tokioda uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Kiodo” agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ushbu tadbir uch tomonlama sammitning oldidan o‘tkazilishi kutilmoqda. Joriy yilning yanvarida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe parlamentda so‘zlagan nutqida ushbu yilda oliy darajadagi shu kabi uchrashuvni o‘tkazishga erishish umidini bildirgan edi.
Oxirgi marta uchta mamlakat TIV rahbarlari 2015-yilning martida Seulda muzokaralar o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng noyabrda Seulda uchta mamlakat oliy rahbariyati vakillari ishtirokida sammit bo‘lib o‘tgan edi. | 2Dunyo
|
Saudiyadagi aza sabab Ispaniya qirolining mamlakatga tashrifi bekor qilindi
Ispaniya qiroli Felipp VI Saudiya Arabistoniga bo‘ladigan tashrifini mamlakat qirolining ukasi shahzoda Turkiyning vafoti munosabati bilan bekor qildi. Bu haqda Ispaniya TIV ma'lum qilgan.
Saudiya Arabistonida uch kunlik motam e'lon qilindi. Eslatib o‘tamiz: Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning ukasi shahzoda Turkiy ibn Abdulaziz Ol Saud shanba, 12 noyabr kuni olamdan o‘tdi. Shahzoda Turkiy Ol Saudning nufuzli shajarasidan bo‘lib, amaldagi qirol Salmonning ukasi edi. Ayni vaqtda u rasmiy amalda emas edi, faqatgina 1968-1978 yillarda qirollik mudofaa vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Filipp VI ning tashrifi 12 noyabrdan 14 noyabrgacha mo‘ljallangan edi, deb eslatmoqda Ispaniya tashqi ishlar vazirligi. Qirolga Ispaniya TIV rahbari Alfonso Dastis va Ispaniya taraqqiyot vaziri Inigo de la Serna hamrohlik qilishi mo‘ljallangan edi. | 2Dunyo
|
Rossiya birinchi marta Ukrainadagi urushda qancha askar yo`qotganini oshkor qildi
Ukrainadagi maxsus operasiyada 498 nafar rossiyalik askar harbiy burchni bajarish chog`ida halok bo`ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiyaning harbiy operasiyasida 1 597 nafar harbiy yaralandi.
"Rossiyaning harbiy operasiyasida Ukraina tomonidan 2 870 nafar odam halok bo`lgan. 3700 nafari yaralangan. Rossiya tomonidan 498 nafar askar halok bo`ldi", deyilgan xabarda.
Ukraina Bosh shtabi ma`lumotlariga ko`ra, 24 fevraldan 2 mart ertalabgacha Rossiya harbiylarining umumiy hisoblangan yo`qotishlari 5840 kishi yaralangan va halok bo`lgan, 200 nafari asirlikda qolmoqda. | 2Dunyo
|
Yevropada ispan futboli gegemoniyasi. La Liga jamoalari so‘nggi 5 yildagi 9-yevrokubokni qo‘lga kiritdi
Kecha, 26-may sanasida Madridning “Real”i Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul”ni mag‘lub etib, Yevropaning klublar o‘rtasidagi bosh sovrinini ketma-ket 3 marta boshi uzra ko‘tardi. Biroz vaqt muqaddam esa Madridning boshqa bir jamoasi “Atletiko” Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lgan edi.
Shu tariqa bu ispan klublarining so‘nggi 5 yildagi 9-yevrokubogdagi g‘alabasi bo‘ldi. La Liga klublari mazkur muddat ichida 5 marta Yevropa Chempionlar Ligasini (“Real Madrid” — 4, “Barselona” — 1) va 4 bora Yevropa Ligasini (“Sevilya” — 3, “Atletiko” — 1) qo‘lga kiritishga erishdi.
Ingliz klublari esa mazkir vaqt ichida atigi bir bora Yevropa Ligasida(o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted”) zafar quchdi.
Shuningdek, ispan klublari bu orada barcha Yevropa Superkuboklarida g‘olib bo‘lgan. | 13Sport
|
Turkmanistonda yangi aeroport qurish rejalashtirilmoqda
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov sanoat va kommunikatsiyalar vazirligiga “Gundogdy” korxonasi bilan Lebap viloyatida aeroportni loyihalashtirish va qurishga shartnoma tuzishga ruxsat berdi. Bu haqda “Turkmaniston. Oltin asr” nashri xabar berdi.
Yangi aeroport Kerki shahrida paydo bo‘ladi va uning o‘tkazish qobiliyati soatiga 100 yo‘lovchini tashkil qiladi.
Qurilish ishlarini joriy yil mayida boshlash, aeroportni esa 2021 yil aprelidan kech bo‘lmagan muddatda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. | 2Dunyo
|
Angrenda ko`mir ortilgan poezd vagonlari nima uchun "qo`lagan"iga oydinlik kiritildi
Bugun, soat tahminan 05:03da Toshkent viloyati Angren shahridan 19 km sharqiy yo`nalishda joylashgan “O`zbekko`mir” AJga qarashli “Angren ko`mir koni”ning (razrez) hududidagi temir yo`lda poezd vagonlari ag`darilib ketgan.
FVVning xabar berishicha, hodisa aynan 010-sonli lokomotiv sostav elektrovozning siqilgan havosiz qolishi oqibatida, boshqaruvsiz harakatlangan va 1-yo`lda harakatlanib ketayotgan 017-sonli lokomotiv sostaviga urilishi oqibatida sodir bo`lgan.
Natijada jami 33 ta yuk vagonidan 20 ta vagon (010-sonli lokomotiv sostavidan 14 ta ko`mir ortilgan yuk vagon va 017-sonli lokomotiv sostavidan 6 ta bo`sh yuk vagoni) temir yo`li izidan chiqib, ag`darilgan.
"Oqibatida 010-sonli lokomotiv sostavi mashinisti va uning yordamchisi engil tan jarohati olgan. Ular “Temir yo`l transporti” filiali huddudidagi Tibbiy yordam punktiga olib borilib, tibbiy yordam ko`rsatilgan va Angren shahar shifoxonasiga yuborildi",-deya qayd etiladi xabarda. | 5Jamiyat
|
Kattaqo‘rg‘ondagi “Tasmachi” bozorida bir qator tartibsizliklar aniqlandi
Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati “Kattaqo‘rg‘onning ‘Tasmachi’ bozoridagi tartibsizliklar. Unga qachon barham beriladi?” nomli maqola chop etdi. Unda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bozor holati atroflicha o‘rganilgani bayon qilingan. Quyida maqola to‘lig‘icha berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bozordagi muammolar uning kirish qismidan boshlanadi va xaridorlar uchun yetarlicha sharoit yaratilmagan. Bozor ma’muriyatining e’tibosizligi tufayli majmua atrofida avtomobillar tartibsizligi yuzaga kelgan va bozor ichiga ham avtoulovlar tartibsiz ravishda joylashib olishgan. Bu ham xaridorlar uchun ko‘p noqulayliklarni tug‘dirmoqda. Qolaversa, bozorning kirish hududida sotuvchilar rastalarsiz mahsulotlarini yerga qo‘yib tartibsizlarcha savdo qilmoqda. Ichkarida sotuvchilar uchun mo‘ljallab qilingan rastalar tartibsiz o‘rnatilganligi bois, xaridor va sotuvchilarning talabiga javob bermaydi.
Aholiga go‘sht mahsulotlari sotadigan do‘konlardagi sotuvchilarning aksariyati tadbirkorlik ro‘yxatidan o‘tmasdan, go‘sht mahsulotini veterinariya ko‘rigidan o‘tkazmasdan xaridorlarga sotmoqda. Chorva mollari aslida birinchi navbatda qushxonalarda so‘yilib, taxlanib, tegishli muhr tasdiqlanganidan so‘ng bozor veterinariya vrachi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Tasdiqlovchi hujjat olgandan keyin aholiga go‘sht mahsuloti sotilishi lozim. Ammo bu masala na bozor ma’muriyati, na bu masalaga bevosita mas’ul, kerak bo‘lsa javobgar bo‘lgan veterinariya vrachi tomonidan nazoratga olinib, tartib o‘rnatilmagan.
Jumladan, go‘sht mahsulotlari savdosi bilan mashg‘ul bo‘lgan A.Haydarov va Sh.Fayzullayev tadbirkorlik ro‘yxatidan o‘tmasdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun ruxsatnoma olganligi, sotuvchi D.Shodiyeva tomonidan hech qanday hujjatsiz, veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilmagan tovuq go‘shti sotilayotganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, bir nechta sotuvchilar mol go‘shti kalla-pochalarini noqonuniy ravishda, belgilangan me’yorlarga amal qilmasdan o‘ta xavfli antisanitar holatda sotishmoqda.
Bozor hududida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, lekin ayrim sotuvchilar ro‘yxatdan o‘tmagan. O‘tganlarining ayrimlarini guvohnomasi faoliyat turiga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Misol uchun, sotuvchi A.Rahimov ro‘yxatdan o‘tmasdan o‘simlik yog‘i savdosini amalga oshirmoqda. S.Karimova, D.Meyliyev, R.Yavqochov, S.Aktamova, N.Rahmatova va S.Qurbonova kabi sotuvchilar hech qanday hujjatlarsiz savdo faoliyatini amalga oshirayotganligi kishini taajjubga soladi.
Bozor hududi va savdo rastalari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermaydi. Chorva mollari savdosi uchun mo‘ljallangan hudud avariya holatiga kelib qolganligi bois, mutlaqo talabga javob bermaydi.
Umumiy ovqatlanish joylaridagi sanitar ahvol ham achinarli tus olgan. Bozor hududida faoliyat olib borayotgan 22 nafar umumiy ovqatlanish shoxobchalari hech qayerdan ro‘yxatdan o‘tmagan, antisanitar ahvolda xo‘randalarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Eng yomon tomoni, qonunchilikka xilof ravishda noqonuniy alkogol mahsulotlari sotilmoqda.
Mamlakatimizda bozorlar faoliyatini yanada takomillashtirish, sotuvchi va xaridorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida samarali ishlar olib borilayotgan bir paytda “Tasmachi” bozorida vaziyat nega bunday ayanchli tus olmoqda?
Bu holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar va mutasaddilar jiddiy bosh qotirmas ekan, yuzaga kelgan vaziyatdan sotuvchiyu xaridorlar aziyat chekaverishadi.
O‘ylaymizki, bu borada bozorlar faoliyatini nazorat qiluvchi mas’ullar, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi, veterinariya sohasi mutasaddilari jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi. | 8O‘zbekiston
|
Grizmann uyg‘urlarni ta'qib qilishda ayblangan Huawei bilan kelishuvni bekor qildi
Huawei kompaniyasi uyg‘urlarni o‘z fabrikalarida majburiy mehnat asosida ishlatganlikda ayblangach, fransiyalik futbolchi Xitoy kompaniyasi bilan imzolangan shartnomasini bekor qilishga qaror qildi. Shuningdek, Huawei uyg‘urlarni ta'qib etish va ular haqidagi josuslik ma'lumotlarni Xitoy hukumatiga yetkazib berganlikda ayblanmoqda.
Australian Strategic Policy Institute (ASPI) tadqiqot institutining 2020 yilning mart oyida e'lon qilgan hisobotlariga ko‘ra, Xitoy hukumati eng kamida 80 ming nafar uyg‘urlarni Huawei, Apple, BMW, Nike, Samsung, Sony va Volkswagen singari xalqaro kompaniyalarning 83ta fabrikasida majburiy tarzda ishlatib kelgani ma'lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil Xitoy hukumatini Sharqiy Turkistonning tub aholisi sanalmish uyg‘urlarga nisbatan qiynoqqa solish siyosati va ularning diniy hamda madaniy huquqlarini cheklashda ayblagandi. | 13Sport
|
Mudofaa vaziri o‘rinbosari: “Insoniyat o‘z tarixi davomida 300 yil urushsiz yashagan”
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida zamonaviy harbiy mojarolarga bag‘ishlangan birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.
Anjumanni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov “XXI asr harbiy mojarolarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi tahliliy ma’ruzasi bilan chiqish qilib, butun dunyoda sodir bo‘layotgan harbiy mojarolarning kelib chiqishi va uning oqibatlari haqida gapirdi.
Azizbek Ikramov zamonaviy harbiy mojarolar mazmuni, uning yangi qiyofa va xususiyatlari, axborot-mafkuraviy va kiber makonda olib borilayotgan urush haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.
“Hisob-kitoblarga ko‘ra, insoniyat shu vaqtga qadar 300 yilgina urushsiz yashagan. Bu har yuz yilga bir hafta tinchlik davri to‘g‘ri keladi demakdir. Bundan 3,5 ming yil oldin sovuq qurollar yordamida boshlangan urush hozirda yadroviy va axborot makonida davom etmoqda. Bu kabi urushlarning oldini olish uchun xorijiy oliy harbiy ta’lim va tadqidot muassasalari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish zarur. Bugungi barcha ishlarimiz aynan shunga yo‘naltirilgan”, — deydi mudofaa vazirining o‘rinbosari.
Shuningdek, anjuman davomida Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi professori Brian Todd “Afg‘onistondagi ichki mojaroning ahvoli va rivojlanishi”, Koreya respublikasi Milliy mudofaa universiteti prezidenti Li Seok Gu “Davlatlararo mojarolarning rivojlanish dinamikasi Koreya yarimoroli misolida” mavzularida ma’ruza qildi. | 8O‘zbekiston
|
To‘g‘on yorilishi oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 4,3 mingdan ortiq xonadon zarar ko‘rgan
“Yuksalish” umummilliy harakati Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, suv toshqinidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 10 ta MFYda (25 ta aholi punkti) dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 351 ta xonadon zarar ko‘rgan. Xonadonlardan 2 570 tasi yaroqsiz va 1 781 tasiga qisman zarar yetgan.
Shuningdek, hozirga qadar yo‘qolgan hujjatlar, bank kredit qarzdorliklari va pensiya to‘lovlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ham ma’lumot berildi:
Avvalroq Sardoba toshqini oqibatlari va ularni bartaraf etishga davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilingandi. | 8O‘zbekiston
|
Xitoydagi parrandachilik fabrikasida yuz bergan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning markaziy qismida joylashgan Xunan viloyatidagi parrandachilik fabrikasida yuz bergan portlash oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy ma’muriyat vakillarining ma’lum qilishicha, portlash 20-sentabr, seshanba kuni sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga fabrika hududida saqlanayotgan va pirotexnika vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddalar sabab bo‘lgan. | 2Dunyo
|
Garet Beyl ikki nafar qizalog‘ining onasiga uylanishga qaror qildi
Uels terma jamoasi va Madridning “Real” klubi a’zosi Garet Beyl uylanishga qaror qildi. U o‘zining bolalikdagi sevgilisi Emma Rays-Jonsning qo‘lini so‘radi, deb yozdi “ISport”.
Beyl 27 yoshini nishonlagan tug‘ilgan kuni vaqtida Emmaning qo‘lini so‘radi. Baxtli ayol esa Garetning so‘roviga “Ha!!!” deb javob qaytardi. Bu haqda futbolchining o‘zi “U ha deb javob berdi! Men bu tug‘ilgan kunni uzoq vaqt unutmayman” deb Twitter sahifasida izoh qoldirdi.
Garet va Emmaning ikki nafar qizalog‘i bor. Ayni vaqtda ular yozgi ta’tilni birgalikda o‘tkazmoqda. | 13Sport
|
Xitoyda kuchli yer silkinishi oqibatida binolar vayron bo‘lib, kamida uch nafar odam halok bo‘ldi
Xitoy shimoli-g‘arbida 24-mart kuni 5,4 amplitudali kuchli yer silkinishi sodir bo‘ldi. CGTN nashri zilzila oqibatida binolar vayron bo‘lgani va tabiiy ofatdan keyin aholi orasida halok bo‘lganlar borligini xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra, 65 ta aholi uyi vayronaga aylangan va kamida uch nafar odam halok bo‘lgan. 278 nafar fuqaro xavf ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilingan.
Zilzila episentridan 100 kilometr masofada joylashgan Aksu shahri va 250 kilometr masofadagi Xochen shahrida tabiiy ofat oqibatida binolarga ziyon yetgan.
Avvalroq Yaponiyada kuchli zilzila va sunami kuzatilgan. Hukumat yetti mingga yaqin aholi vakillarini evakuatsiya qilgandi.
Shuningdek, Islaniyada bir necha haftalar ichida 50 mingdan ziyod zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar qilingan. Silkinishlar poytaxt Reykyavikdan 30 kilometr masofa uzoqlikda qayd etilgan. | 2Dunyo
|
Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar tuzilmalariga O‘zbekiston nomzodlari ilgari suriladi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida qayd etilishicha, xalqaro tashkilotlar tuzilmalariga O‘zbekiston nomzodlari ilgari surilishi rejalashtirilmoqda.
Xususan, BMT, IHT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xalqaro moliyaviy institutlar tuzilmalariga O‘zbekiston nomzodlarini ilgari surish va bu boradagi ishlarni faollashtirish mo‘ljallanmoqda.
Bunda nomzodlarni ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, belgilangan tartibda tasdiqlash hamda O‘zbekiston nomzodlarini ilgari surish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Muddat — 2020-yil 1-iyul, keyinchalik — yarim yilda bir marta. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, vazirlik va idoralar mas’ul organlar sifatida belgilangan.
Shuningdek, xalqaro hamjamiyat e’tibor markazida turgan dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolar (inson huquqlari, odam savdosi, mehnat muhojirligi, giyohvandlik holatlari va boshqalar) haqida milliy hisobotlarni chop etish hamda O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda tarqatish rejalashtirilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Lego kompaniyasi “Forsaj”dagi Dominik Torettoga tegishli Dodge Charger’ni sotuvga chiqarmoqda (foto)
Lego firmasi Universal Pictures kinokompaniyasi bilan birgalikda “Forsaj” filmlari seriyasida foydalanilgan, 1970-yili ishlab chiqarilgan Dodge Charger R/T jamlanmasini taqdim etdi. Ushbu mashina Vin Dizel qahramoni Dominik Torettoga tegishli edi, deb xabar beradi Motor.
27-apreldan sotuvga chiqadigan Lego Technic jamlanmasining narxi — 100 dollar. Charger 1077 ta detaldan iborat bo‘lib, uzunligi 40, eni 17, balandligi 11 santimetrga teng.
O‘yinchoq modelning kapoti ham ochiladi, uning ostida V8 motori joylashgan. Yukxonasiga esa azot purkovchi ikkita ballonli tizim “yashiringan”. | 0Avto
|
AQSh Okinavadagi aviabazasiga yadro qurolini eltishga qodir 12 ta F-35 samolyotini joylashtiradi
AQSh Yaponiyaning Okinava orolidagi Kadena aviabazasiga 12 ta F-35A jangovar samolyotini joylashtiradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi rasman ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Samolyotlar va taxminan 300 kishidan iborat shaxsiy tarkib noyabr boshida Yuta shtatidan Kadenaga keltiriladi. Ularning Okinavada rotatsiya tizimi doirasida kamida 6 oy bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda AQSh dengiz piyodalarining Xonsyu orolidagi aviabazasida vertikal parvoz va qo‘nishga qodir 16 F-35B samolyotlari joylashtirib bo‘lingan.
Ma’lumot uchun, F-35 samolyotlari “stels” texnologiyasidan foydalanib loyihalangan va yadro qurolini eltishga qodir. | 2Dunyo
|
“TRANSYO’LQURILISN” DAVLAT KOMPANIYASINING SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATIShINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasi “TRANSYO’LQURILISN” davlat kompaniyasining muassisi hisoblanishi;
“TRANSYO’LQURILISN” davlat kompaniyasining ustavi 2008-yil 19-sentabrda “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi – Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;
“TRANSYO’LQURILISN” davlat kompaniyasi 2008-yil 24-sentabrda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi tomonidan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi;
“O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi tomonidan “O‘zyo‘lmashservis” yo‘l-ta’mirlash korxonasi balansida turgan va “TRANSYO’LQURILISN” davlat kompaniyasiga uning ustav fondini shakllantirish hisobiga belgilangan tartibda beriladigan davlat mol-mulki ro‘yxati belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi tomonidan belgilangan ro‘yxatga kiritilgan davlat mol-mulkini ikki hafta muddatda baholasin hamda uni belgilangan tartibda “TRANSYO’LQURILISN” davlat kompaniyasining ustav fondiga bersin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash loyiha davrida Vazirlar Mahkamasi nomidan “TRANSYO’LQURILISN” davlat kompaniyasining muassisi funksiyasini amalga oshiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
Fotogalereya: Marokashliklarning o‘ziga xos hayot tarzi
TravelAsk marokashliklarning boshqalarga o‘xshamgan, o‘ziga xos yashash tarzi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Dirham — Marokash rasmiy pul birligi, biroq ba’zida sotuvchilar hisobni rialda aytishadi. Rialda aytilgan hisobni 20 ga bo‘lsangiz, qancha to‘lash lozim ekanligini tushunasiz.
To‘ydan keyin raqifalarning har biri asl familiyasiga ega bo‘ladi, bolalarga esa otasining familiyasi qo‘yiladi.
Turar-joy uylari va qarorgohlar raqam o‘rniga turli odamlar ismi bilan nomlanadi.
Hozirga qadar ko‘chalarda poyabzal tozalovchilarni uchratish mumkin.
Bu yerda zakot berish juda keng tarqalgan. Mahalliy aholi o‘z farzandlarini bu narsaga belanchakda ekanligidanoq o‘rgatadi.
Bu yerda guldasta ichidagi gullarning soni hech qanday ramziy ahamiyatga ega emas.
Mamlakat qachonlardir Fransiya va Ispaniya tasarrufida bo‘lganligi sabab, mahalliy aholining aksariyati fransuz va ispan tilida erkin so‘zlasha oladi.
Marokash oshxonasi o‘zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Marokashliklar barcha meva va sabzavotlarning po‘stlog‘ini archib tashlaydi. Pomidorlarning esa urug‘i ham olib tashlanadi.
Mamlakat aholisi juda mehmondo‘st. Yaqindan tanish bo‘lmagan odamlar bilan ham quchoqlashib ko‘rishiladi. | 3Foto
|
Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimiga tayinlandi
31.01.2018
2018 yil 31 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5318-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12 va 24 bandlariga muvofiq Ixtiyor Baxtiyorovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etildi. | 12Siyosat
|
Inqirozdan chiqish rejasi. Belarusda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilib, yangi saylovlar o‘tkazilishi mumkin
Reja 2022 yilgacha Belarus Konstitutsiyasiga prezident vakolatlarining bir qismini hukumat va parlamentga berishni, shundan keyin mamlakatda yangi prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.
28 avgust kuni Venada YeXHT doimiy kengashining Belarusdagi vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishi o‘tkazilgandi. RBK manbalari ma'lum qilishicha, unda Minsk vakili ham ishtirok etgan, u o‘z chiqishida konstitutsion islohotlar, Aleksandr Lukashenkoning hisob bo‘yicha oltinchi bo‘lgan besh yillik muddati davomida yangidan saylovlar o‘tkazish - yagona yo‘l ekanini ta'kidlagan.
Minsk vakili konstitutsion islohotlar davomida Belarus siyosiy tizimlari liberallashuvi, siyosiy partiyalar roli oshishi va saylov qonunchiligi o‘zgarishiga ishonch bildirgan. Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar referendum orqali kiritilishi rejalashtirilmoqda — Lukashenko ham avgust oyidagi prezidentlik saylovlaridan oldin shuni va'da qilgandi.
Belarus Konstitutsiyasiga tuzatishlar loyihasi allaqachon tayyor bo‘lgan. Uni Konstitutsion sud raisining o‘rinbosari Natalya Karpovich rahbarligidagi sudyalar guruhi ishlab chiqqan. RBK Rossiyadagi «Belarus yo‘nalishida ishlaydigan» vazirliklardan biridagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, hujjat hali Lukashenko tomonidan tasdiqlanmagan.
RBK suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda muddatidan avval prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish masalasi Rossiya TIV hamda Belarus o‘rtasida 2 sentyabrdagi muzokaralarda ham o‘rtaga tashlangan.
«Aslida bu muxolifat taklif qilayotgan tashabbus, biroq jarayon nisbatan xotirjam muhitda o‘tadi», degan RBK manbalaridan biri. U yangi saylovlargacha Lukashenko o‘zi uchun xavfsizlik kafolatlarini ta'minlab olishi kerakligini qayd etib o‘tgan.
«Men shunchaki ketmayman» – Lukashenko rossiyalik jurnalistlarga katta intervyu berdi
Lukashenko bungacha ham bir necha marta muddatidan avvalgi saylovlar faqat konstitutsion islohotlardan keyingina o‘tkazilishi mumkinligi haqida gapirgandi. U 2016 yildan beri konstitutsion islohotlar haqida gapirib keladi, ammo aniq muddatni aytmagan. Shuningdek, U Konstitutsiyaning yangi tahriri jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishini ham aytgan. Hozircha hujjat omma e'tiboriga havola etilmadi. | 2Dunyo
|
Daniyalik aktyor va bastakor Maykl Xyusman 2016-yilning eng kelishgan erkagi deb topildi
KMusic nashri 2016-yilning eng kelishgan erkaklari reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxat mustaqil ekspertlar tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, 40 mamlakat vakili bo‘lgan 100 mashhur kishini o‘z ichiga oladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Maykl Xyusman. Kadr: YouTube
Reytingda yuqori o‘rinlarni egallash uchun chiroyli tashqi ko‘rinishning o‘zi kamlik qiladi, deb tushuntiriladi maqolada. Ekspertlar da’vogarlarning jismoniy tayyorgarligini, o‘ziga xos obraz yarata olganini va boshqa jihatlarni ham inobatga oldi.
Ro‘yxat boshiga daniyalik aktyor, musiqachi, bastakor Maykl Xyusman boshchilik qilmoqda. | 7Madaniyat
|
Klinton va Tramp teledebatlarining ikkinchi raundi kinoteatrlarda namoyish etildi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Hillari Klinton va Donald Tramp teledebatlarining ikkinchi raundi butun mamlakat bo‘ylab 260 ta kinoteatrda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi. Bu haqda Fox News telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Aholiga kinoteatrlarga kelib nomzodlarini qo‘llab-quvvatlash taklif etildi. Namoyish tekin bo‘ldi.
Hillari Klinton va Donald Tramp o‘rtasidagi teledebatlarning ikkinchi raundi Sent-Luisdagi (Missuri shtati) Vashington universitetida 9-oktabr mahalliy vaqt bo‘yicha 21:00 (Toshkent vaqti bilan 10-oktabr kuni soat 07:00) da boshlandi. | 2Dunyo
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan pasport tizimi, ro‘yxatdan o‘tkazish rejimi va respublika hududida yashash qoidalarini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki uni yo‘qotgan holda doimiy yashash uchun respublika tashqarisiga chiqib ketgan shaxslar tomonidan doimiy yashash uchun respublikaga qaytish xohishi bildirilgan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotidan o‘tishlari shart.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma asosida;
respublika hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun doimiy ro‘yxatdan o‘tish huquqiga egadirlar.
Doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportiga yoki xorijiy fuqarolarga, shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga respublika ichki ishlar organlari tomonidan berilgan pasportning o‘rnini bosuvchi hujjatlarga qo‘yiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga pasport tizimi, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashashning belgilangan qoidalariga qat’iy rioya qilinishi uchun mas’uliyat yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va joylardagi hokimiyat organlari bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin, bunda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash xohishini bildirgan xorijiy fuqarolarni, shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolarini, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor bersin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
YuNISEF poliomielit kasalligi mavjud mamlakatlarni sanab o`tdi
Poliomielit holatlari bugungi kunda faqat uchta mamlakatda uchramoqda.
BMTning Bolalar jamg`armasi (YuNISEF) bayonotida Poliomielit holatlari hozirda Afg`oniston, Nigeriya va Pokistonda uchrayotganligi qayd etilgan.
“30 yil oldin poliomielit 125 mamlakatda 350 ming nafar bolani falaj qilgan, biroq hukumatning ekstraordinar kuchlari, sog`liqni saqlash sohasi xodimlari, donorlar va poliomielitni yo`q qilish bo`yicha kuchlar sa`y-harakati bilan virus uchta mamlakat Afg`oniston, Nigeriya, Pokistondan tashqari hamma erda yo`q qilingan”, — deyiladi YuNISEF bayonotida.
Bugungi kunga qadar bir nechta kasallik holati qayd etilgan.
Atlantadagi konferensiya chog`ida bir qator davlatlar va hayriya tashkilotlari poliomielitni yo`q qilishga 1 milliard dollardan ko`proq mablag` yo`naltirishga kelishishgan. | 2Dunyo
|
Rasman: Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi
O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may, dushanba kuniga to`g`ri kelishi to`g`risida qaror qabul qildi. Shunga asoslangan holda, Prezidentning tegishli qarori e`lon qilindi.
3 va 4 may kunlari qo`shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi. | 5Jamiyat
|
Amerikalik olimlar saratonni yuzaga keltiruvchi vitaminlar nomini ma’lum qildi
Amerikalik tibbiyot xodimlari B6, B12 vitaminlarini iste’mol qilish va o‘pka saratonining yuzaga kelish xavfi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
B guruhiga kiruvchi vitaminlar qattiq charchoq, ko‘z nurining xiralashishi, depressiya yoki nerv tizimi faoliyatining buzilishida yordam beradi.
Shu bilan birga, ular onkologik kasalliklarning rivojlanish xavfini yuzaga keltiradi. Ayniqsa, ular tamaki chekuvchi insonlar uchun xavfli. Vitamin qo‘shimchalarini iste’mol qiladigan insonlar saratonga — 2 barobar, chekuvchilar esa 3—4 barobar ko‘proq uchraydi.
Tadqiqot mualliflaridan biri, Ogayo shtati universitetining xodimi, dotsent Teodor Braskining ma’lum qilishicha, olimlar 77 ming kishiga taalluqli ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan. Ular B12 vitaminini iste’mol qilish, o‘pka saratonining rivojlanishini 30 foizga, B6 esa 40 foizga oshirishini aniqlagan.
“Kuniga 55 mikrogrammdan ortiq B12 vitaminini iste’mol qilgan erkaklarda saratonning yuzaga kelish xavfi B guruhiga kiruvchi vitaminlarni ichmagan erkaklarga nisbatan 98 foizga yuqori bo‘lgani kuzatildi”, — deyiladi ilmiy ish natijalarida.
Avvalroq olimlar qanday mashqlar onkologiya xavfini kamaytirishini tushuntirib bergandi. | 14Texnologiya
|
Havo harakatidagi alohida vaziyatlar haqida havo kemalari ekipajlarining majburiy xabarnoma va bildirishnomalari shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-dekabrdagi 346-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Havo harakatidagi alohida vaziyatlar haqida havo kemalari ekipajlarining majburiy xabarnoma va bildirishnomalari shakllari 1 — 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 10Qonunchilik
|
O‘zbekiston Milliy universiteti Vatan himoyachilarini tabrikladi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 14 yanvar – Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari va OAV vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.
Tadbirni universitet rektori A. Marahimov ochib berdi. U o‘z chiqishida Vatan himoyachilari kunining tarixiy ahamiyati hamda barcha fuqarolarning Vatanni himoya qilish burchi haqida gapirdi.
Tadbir doirasida universitetning iqtidorli talaba qizlari Vatan himoyachilariga kuniga bag‘ishlab tayyorlagan videorolik namoyish etildi. Unda to‘rt daqiqadan uzoqroq davom etgan videolavha o‘zining sifati va mazmuni bilan tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi. Videorolik internetga joylashtirilib, butun O‘zbekiston Vatan himoyachilariga tabrik sifatida yo‘llandi. | 5Jamiyat
|
Oliy liganing 2015-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2015-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Qur’a natijasiga ko‘ra, mavsumning dastlabki turlarida quyidagi juftliklar yuzaga keldi.
Oliy liga − 2015, 1-tur (13−14-mart) | 13Sport
|
Abdulloh Tohirovning bedarak yo‘qolishi tafsilotlari
Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli Abdulloh Tohirov 26 oktyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirilganidan so‘ng bedarak yo‘qoldi. Bu haqda birinchi bo‘lib «Ezgulik» huquqni himoya qilish jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar qildi.
Bedarak yo‘qolgan yigitning otasi Dilmurod Tohirovning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, 26 oktyabr kuni taxminan 7:00 da Qo‘rg‘ontepa tumanida «Andijon-Qo‘rg‘ontepa» yo‘lida Lacetti va Nexia-2 avtomobillari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ladi. Uning o‘g‘li ishonchnoma asosida qarindoshiga tegishli bo‘lgan Lacetti avtomobilini boshqargan. Abdulloh Tohirov amakisi Islombek Tohirovga qo‘ng‘iroq qilib, hodisa haqida ma’lum qiladi. Amakisi YTHda Abdulloh Tohirov aybdor bo‘lgani sababli yetkazilgan zararni qoplashni aytadi.
Dilmurod Tohirov ustaxonaga ikkinchi avtomobil haydovchisiga yetkazilgan zararni qoplash va yangi ehtiyot qismlarni sotib olish uchun keladi. Nexia-2 avtomobilini ko‘zdan kechirishi vaqtida uning yukxonasida VSF toifasidagi davlat raqami borligini ko‘radi. Bunday raqamlar odatda Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari avtomobillariga taqiladi.
Foto: Umidbek Davlatov. YTHda zarar ko‘rgan Lacetti avtomobili.
«Ehtiyot qismlarini sotib olgandan keyin boshqa ustaga ko‘rsatish uchun Nexia-2ni video oldim, chunki bu usta qimmat narx aytdi. Mashina viloyat IIBdagi yuqori lavozimli amaldorga (taxminlarga ko‘ra viloyat IIBning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Ergashevga) tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bilganimizdan keyin yozuvlarni tezda o‘chirdik. Biz aytilgan narxga rozi bo‘ldik va uyga qaytdik», — dedi Dilmurod Tohirov.
Qo‘rg‘ontepadan Jalaquduqqa qaytishda Dilmurod Tohirovga bir necha marta ukasi qo‘ng‘iroq qilib, Abdullohni ichki ishlar organlari xodimlari izlayotganini aytadi.
«Uyga yetib kelganimda o‘g‘limning telefonini olib, uni sindirib tashladim. Chunki u avtomobilni boshqarayotganda tez-tez telefonga chalg‘iydi. Bir nech oy avval shu sababli avariya sodir etgan edi. Men bu safar ham hammasi telefon sababli bo‘ldi, deb o‘yladim», — dedi Dilmurod Tohirov.
18:00 atrofida Abdulloh Tohirov qarindoshlari bilan Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga boradi. Yo‘lda ularga Andijonga kuzatib qo‘yish uchun Jalaquduq tuman IIB xodimi Farruh Yusupov ham qo‘shiladi.
Dilmurod Tohirov turmush o‘rtog‘i bilan viloyat IIBga boradi, u yerda ulardan kamerali mobil telefonni olib kelishlari so‘raladi. Ular uskuna uchun uyga qaytishga majbur bo‘ladilar. Ular ortidan esa bir necha IIB xodimi kelib, uyda tintuv o‘tkazadi. Tintuv vaqtida Jalaquduq tuman IIB xodimi Farruh Yusupov, uchastka noziri Nozimdon va bir necha kishi bo‘ladi.
«Yarim tunga yaqin tintuv tugadi. O‘sha singan telefon, kichkina kompyuter va fleshkani olishdi. Qaynukam mashinani sozlagan ustaga qo‘ng‘iroq qildi. U: „O‘zlaringiz aybdorsizlar. Nega videoga oldingiz? Buni qilmaslik kerak edi“, — deydi. Xodimlar bizdan videoyozuvni nima qilganimiz, qayergadir tarqatganimizni so‘rashdi. Shunda tushunib yetdimki, ish aynan avtomobilni videoga olish bilan bog‘liq», — dedi Abdullohning otasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IIO xodimlari 10−15 daqiqa Islombek Tohirovdan videoyozuv haqida so‘ragan.
«Shundan keyin xodimlar boshlig‘iga — Qahramon Ergashevga hisobot berishdi, u esa yana bir marta Islombek Tohirovga qo‘ng‘iroq qilib, undan yozuv haqida batafsil so‘raydi. U biz hech narsa tarqatmadik, deb aytadi. Ertasiga ertalab bizga o‘g‘limni yuqoridagi rahbariyat so‘roq qilishi uchun Toshkentga olib ketishayotganini xabar qilishdi», — dedi Dilmurod Tohirov.
Terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Ergashev birinchi kuni bedarak yo‘qolgan Abdullohning oilasi bilan bog‘lanib, Abdullohning tez orada chiqishi va shu boisdan xavotir olmasliklarini aytadi.
«U o‘g‘lim Rossiyada kimnidir so‘kkanini aytdi. Vaholanki u yerga o‘tgan yilning noyabrida borib, may oyida qaytgan edi. Oradan olti oy o‘tdi. Ikkinchi kuni shu sababni takrorladi. Biz unga o‘g‘limni bir kundan keyin qo‘yib yuborishlarini aytgani, biroq bunday bo‘lmaganini eslatdik. Qahramon Ergashev telefonda hammasini ayta olmasligini aytdi», — deya ma’lum qildi Adullohning otasi.
Dilmurod Tohirovning qayd etishicha, Qahramon Ergashev bilan yuzma-yuz uchrashganda Abdulloh Tohirovning boshqa sabab bilan qo‘lga olinganini aytadi.
«U ukamning oldiga kelib, unga o‘g‘lim prezidentning oilasini haqorat qilganini shipshitib aytdi. Men bu gaplarga ishonmadim, buni biz hech qayerga murojaat qilmasligimiz uchun qo‘rqitishga urinish sifatida qabul qildim. Mening o‘g‘lim nima uchun prezident oilasini haqorat qilar ekan? O‘g‘lim unday bolalardan emas, bu yolg‘on. Uning Toshkent bo‘yicha ham aldayotganini tushundim. Chunki u o‘g‘limni Toshkentdagi maxfiy joyda tutib turishganini aytdi», — dedi u.
Abdulloh Tohirov.
Dilmurod Tohirov 30 oktyabr kuni Toshkentga boradi va u yerda Simay Kom firmasi advokati Umidbek Davlatov bilan shartnoma tuzadi.
Advokat «Gazeta.uz»ga Abdulloh Tohirovning joyi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga qilingan murojaatlar natija bermaganini ma’lum qildi.
«Biz Andijonga bordik, Andijon viloyati prokuraturasiga, viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qildik, ma’muriy sudlarni tekshirdik, hibsga olish va tintuv uchun sanksiya berish to‘g‘risidagi ma’lumotni tekshirib ko‘rdik, «15 kunliklar»ga (maxsus qabul qiluvchilar — tahr.), qamoqxonalarni ko‘zdan kechirdik — topolmadik. Bugungi kunga qadar birorta ham rasmiy javob olganimiz yo‘q», — deya ta’kidladi Umidbek Davlatov.
Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, Jalaquduq tuman IIB xodimi Farruh Yusupov go‘yoki Abdulloh Tohirov 11 noyabr kuni ozodlikka chiqishi, unga qadar shovqin ko‘tarmaslik kerakligini aytgan.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov «Gazeta.uz»ga bu masalada izoh bera olmasligini ma’lum qilib, buni boshqa idora shug‘ullanayotgani bilan bog‘ladi.
«Ayni vaqtda bu idora matbuot uchun ma’lumotlarni tayyorlamoqda, tez orada uni e’lon qilish rejalashtirilmoqda», — dedi u.
Bosh prokuratura vakili esa ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.
Tahririyat Andijon viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Ergashev bilan bog‘lana olmadi. | 5Jamiyat
|
Toshkentda maktablar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi - hokimlik
Bugun, 9 sentyabrdan Toshkentdagi bir necha umumta'lim maktablarida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-gigiyena talablari asosida ta'lim jarayonlari boshlandi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu maktablarning barchasi mukammal ta'mirdan chiqqan bo‘lib, zamonaviy ko‘rinish, sharoit va qulayliklarga ega. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida ta'lim o‘quvchilar orasida masofa saqlagan holda olib borilishi uchun barcha choralar ko‘rilgan.
Avvalroq, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov maktablar ochilishi borasida fikr bildirib, bu bo‘yicha qarorni faqatgina barcha shahar va tumanlarning mahalliy Kengash deputatlari maktablarning haqiqiy tayyorligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatidan kelib chiqib, qabul qilishini aytib o‘tgan edi.
Toshkent shahar hokimligi ushbu haftada ochilishi rejalashtirilgan umumta'lim maktablari haqidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tasarrufidagi mukammal ta'mirlangan umumta'lim maktablarini tantanali ochish
JADVALI
Xabarda aytilishicha, ushbu mavzudagi qo‘shimcha ma'lumotlar yana taqdim etiladi. | 8O‘zbekiston
|
Germaniyalik avtopoygachi Samarqanddagi SOS Bolalar mahallasiga 1230 yevro mablag‘ni xayriya qildi
Shanxaydan Venetsiyagacha bo‘lgan masofani yangi Volkswagen Tiguan TSI150 avtomashinasida 6 kundan kamroq muddatda bosib o‘tish va shu orqali jahon rekordini o‘rnatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Rayner Sitlou Samarqand shahridagi SOS Bolalar mahallasiga xayriya qildi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.
Rayner Sitlou 2005-yildan buyon o‘zining rekord urinishlarida bosib o‘tiladigan har bir kilometr uchun 10 sent miqdorida xayriya ajratadi va butun dunyo bo‘ylab joylashgan SOS Bolalar mahallalarini qo‘llab-quvvatlab keladi.
Bu safargi loyihasida mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Rayner Sitlou O‘zbekistonni tanladi va Shanxaydan Venetsiyagacha bo‘lgan 12 300 kilometrlik masofa uchun jami 1230 yevro miqdoridagi mablag‘ni 6-avgustda Samarqand shahrida joylashgan SOS Bolalar mahallasiga topshirdi.
Rayner Sitlou Shanxay shahridan Venetsiya shahrigacha bo‘lgan 12 300 kilometrlik masofani Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan quyidagi 11 davlat orqali bosib o‘tishni rejalashtirgan: Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Bolgariya, Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya va Italiya.
“Yangi Tiguan — Buyuk Ipak yo‘li” deb nomlangan mazkur loyihaga 20-avgustda Shanxayda start beriladi. 25-iyuldan boshlab esa jamoa Venetsiyadan Shanxaygacha bo‘lgan trassa bilan tanishib kelmoqda. Rekord o‘rnatish yo‘lidagi, taxminan, 1 000 kilometrlik masofa O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Mazkur rekordni o‘rnatishda Rayner Sitlouga rossiyalik avtojurnalist Petr Bakanov va fotograf Dimitriy Makarov hamrohlik qiladi.
O‘zining so‘nggi rekord urinishida Rayner Sitlou 2017-yil aprel oyida Dakardan Moskvagacha bo‘lgan 8 000 kilometr masofani 3 kun-u 3 soat vaqt orasida bosib o‘tgan edi. | 0Avto
|
“O‘zbekenergo” Jahon bankining 60 million dollarlik kreditlarini jalb etmoqchi
“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2015-yilning birinchi choragida Jahon bankining 60 million dollarlik mablag‘larini jalb etishni rejalashtirmoqda. U Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan temir yo‘l liniyasi uchun elektr ta’minoti obyektlarini qurishga yo‘naltiriladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” kompaniya vakiliga tayanib.
“O‘zbekenergo” vakilining aniqlik kiritishicha, mablag‘lar Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki manbalari hisobidan ajratiladi. Loyiha Angren—Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li uchun 110/220 kV yuqori kuchlanishli liniyalar va podstansiyalar qurishni ko‘zda tutadi.
2013-yilning iyul oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK Angren–Pop yo‘nalishi bo‘yicha yangi, uzunligi 129 kilometrlik elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishini boshlagan. Mazkur yo‘l Qamchiq dovoni orqali o‘tib, Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning qolgan hududlari bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
Umumiy qiymati 1,769 milliard dollar bo‘lishi ko‘zlangan loyiha uchun bir milliard dollargacha xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari ishlatiladi; qolgan qismini esa O‘zbekiston tomoni moliyalashtiradi. Qurilish besh yil muddatda tugatilishi rejalashtirilgan. | 8O‘zbekiston
|
Senatorlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunini ma’qulladi
Bugun, 28-fevral kuni, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi boshlangani haqida xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, senatorlar majlis kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishga kirishgan.
Ta’kidlanishicha, Senat a’zolari yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunini muhokama qilishdan boshlagan.
O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 24-yanvar kuni parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida muhim qadam qo‘yish va mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelgan, biroq O‘zbekiston fuqarosi maqomini olmagan insonlar muammosini qonunga muvofiq hal etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini qayd etgandi. 1995-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini avtomatik tarzda berish taklif etildi. Bu 50 mingga yaqin insonning hayotidagi eng jiddiy muammo hisoblanadi.
Qonunning amaldagi tahriri 28 yil avval qabul qilinganligi va uning deyarli barcha normalari eskirib, zamon talablariga javob bermay qo‘yganligi ta’kidlandi. Qonunda fuqarolik sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarni yanada soddalashtirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan qonunchilik bazasini yaratish, shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligini olish va bekor qilish borasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash nazarda tutilgan.
Qonun bilan mustahkamlanayotgan yangi normalar haqida so‘z borganda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilab qo‘yilganligi qayd etildi. Bundan tashqari, tug‘ilgan joyi yoki ota-onasining fuqaroligi bo‘yicha bolalarning O‘zbekiston fuqaroligini belgilash tartibi mustahkamlandi. O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik mexanizmlari nazarda tutilgan.
So‘zga chiqqanlar qonun qabul qilinishi bilan sohaga doir qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilda bo‘lishi, inson huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishi ta’minlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoуev Milosh Zemanga tabrik yo`lladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoуev 28 oktyabr - Mustaqil Chexoslovakiya tashkil topgan kun munosabati bilan Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zemanga tabrik yo`lladi.
Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. | 12Siyosat
|
Gross Insurance rivojlanishning yangi istiqbollarini ochmoqda
Gross Insurance sug‘urta kompaniyasi O‘zbekistonning sug‘urta bozorida yetakchi mavqeni saqlab qolishda davom etmoqda va ichki hamda jahon bozorlarida moliyaviy ishonchliligini yana bir bor isbotlamoqda. Kompaniya ushbu tadbirni ulkan voqea sifatida nishonladi, u 27-fevral kuni eng yirik xalqaro darajadagi mehmonxonalardan biri, Hilton’da bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davra suhbati shaklida bo‘lib, unda 2020-yil yakunlari sarhisob qilindi va erishilgan natijalar doirasida joriy yilga mo‘ljallangan ulkan rejalar har tomonlama muhokama qilindi.
O‘tgan yil haqiqiy sinovga aylandi, kompaniya to‘g‘ri qurilgan strategiya tufayligina uni muvaffaqiyatli yengib o‘ta oldi. Gross Insurance qisqa vaqt ichida ish uslublarini qayta ko‘rib chiqishga, biznesni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini sinab ko‘rishga va samarasiz usullardan voz kechishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu yil kompaniyaning rejalari buyuk, ulkan qayta qurish ishlari olib borilmoqda va hozirda o‘xshashi bo‘lmagan, yangi mahsulotning bozorga chiqishi rejalashtirilgan.
Gross Insurance mijozlarga innovatsion xizmatlarni joriy etishda so‘zsiz yetakchi hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy nashr Global Banking & Finance Review ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya 2020-yilda “O‘zbekistonda onlayn sug‘urta sohasidagi eng yaxshi kompaniya” va “O‘zbekistonning turizm sohasidagi eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi” nominatsiyalariga ega bo‘lgani buning isbotidir.
Kompaniya nafaqat ushbu nomlarni saqlab qolishni rejalashtirmoqda, balki ularni sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarishga ham tayyor.
Hisobot davrida 623 ming yangi shartnomalar tuzildi, 49 milliard sug‘urta tovonlari to‘landi va 264 trillion so‘mlik majburiyatlar amalga oshirildi. Gross Insurance kompaniyasi har bir bo‘limning ustuvor vazifalari, yangi tamoyillari va mexanizmlarini batafsil bayon qilgan holda, joriy yil uchun o‘zining jiddiy rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning barchasi sug‘urta ishida yangi bosqichga o‘tish va yangi brendni yaratish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Kompaniyaning 9 yillik faoliyati davomida yaxshi an’analar paydo bo‘ldi, jumladan, har yili eng yaxshi filial Gross Insurance kompaniyasining ramziy bayrog‘iga sazovor bo‘ladi. Bu yil bayroq Gross Insurance markaziy operatsion filiali direktori Mansur Isroilovga taqdim etildi.
“Biz doimo mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni yanada samarali qilish, sug‘urta polisi bo‘yicha xizmatni qulay, narxlarni esa yanada arzonroq qilish yo‘llarini izlaymiz. ‘Eng yaxshi reklama — bu yuqori sifatli xizmat’ — biz odamlar bilan ishlashning har bir bosqichida, birinchi qo‘ng‘iroqdan tortib, tun-u kun ishlaydigan call-markazimizgacha hamda ekstremal holatlarda yordam ko‘rsatishni tashkil etishda ham ushbu qoidaga amal qilamiz. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, men bu yil ramziy bayrog‘imizni olganimdan mamnunman, bu biz qabul qilgan har bir qarorning to‘g‘ri ekanligidan dalolat. Ayniqsa, bu biz katta o‘zgarishlar bosqichida ekanligimizni va ularning bir qismi ekanligimdan faxrlanishimni ta’kidlamoqchiman”, — deydi Gross Insurance markaziy operatsion filiali direktori Mansur Isroilov.
Bugungi kunda muvaffaqiyatli kompaniya bo‘lishimiz tasodif emas. Bu oldindan rejalashtirilgan strategiya, prinsiplarga rioya qilish va nafaqat yangi tendensiyalarga moslashish, balki ularni o‘zimiz yarata olishimizdir.
Kompaniya mijoz, sherik va xodimlar, ularning professionalligi hamda ishonchi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanladi.
Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazining yagona telefon raqami — 1166.
Veb-sayt: gross.uz
Facebook: fb.com/grossuz
Instagram: grossuzb
Telegram: t.me/grossuzb | 8O‘zbekiston
|
Prezident Bektemir tumani faollari bilan uchrashdi
Bektemir tumani Toshkent shahri sanoatining 10 foizini ta`minlaydi. Joriy yilning o`tgan davrida bu erda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat ko`rsatish 8 foizga, eksport 11 foizga o`sgan
Uchrashuvda tumanda yangi “o`sish nuqtalari”ni topish va aholi hayotini yaxshilash borasidagi rejalar aytib o`tildi.
Masalan, Bektemir tumaniga Toshkent viloyatining O`rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridan jami 1 ming 639 gektar er o`tkaziladi. Natijada tuman hududi 3 ming 472 gektarga etadi. Buning hisobiga yangi sanoat va xizmat ko`rsatish ob`ektlari barpo etish, minglab ish o`rinlari ochish imkoniyati yaratiladi.
Yaqin uch yilda tumanda umumiy qiymati 3,3 trillion so`mlik 61 investisiya loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilda 52 ta shunday loyiha ishga tushirilib, 2 ming 700 dan ziyod yangi ish o`rni yaratilishi mo`ljallangan.
Tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o`rtasida 1,5 foiz ekani qayd etildi. Maktabgacha ta`lim muassasalari etishmasligi, qator mahallalarda ichki yo`llar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi ko`rsatib o`tildi.
Yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, kambag`allikni kamaytirish, uy-joyga muhtoj oilalarga uy ajratish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.
Xizmat ko`rsatish sohasini keskin rivojlantirish, yangi ijtimoiy ob`ektlar barpo etish, kommunal tarmoqlarni qurish va ta`mirlash, uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalariga to`xtalib o`tildi.
Davlatimiz rahbari mahalla raislari, yoshlar etakchilari bilan muloqot qildi. | 12Siyosat
|
O`z ixlosmandlarini kutayotgan dendropark, noodatiy tuzli ko`l hamda 12 mingga yaqin o`simlik turiga ega flora.... Turkiyaning eng so`lim maskanlariga sayohat qilamiz (foto)
Turkiyaning boy florasi ham professional, ham havaskor botaniklar uchun xazinaning o`zginasi. 12 000 ga yaqin o`simlik turlari mavjud bo`lgan Turkiya florasi havaskor va professional botaniklar uchun juda kerakli manba hisoblanadi. Mamlakatda butun Evropa qit`asi bilan taqqoslanadigan darajada o`simlik turlari xilma-xilligi mavjud.
Ma`lumki Turkiya, Evropa-Sibir, O`rta er dengizi va Eron-Turon mintaqalarini o`z ichiga oladigan uch xil o`simlik geografiyasiga ega dunyodagi yagona davlatdir. Turkiyadagi o`simliklarning 3500 dan ortig`i (30%) endemik hisoblanib, bu erda shuningdek 2300 dan ortiq qo`ziqorin turlari ham uchraydi.
Tabiatni sevuvchi sayohatchilar Turkiyaning boy florasini mamlakatning tabiiy landshaftlari, milliy va botanika bog`lari orqali nodir geografik hususiyatlari haqida ma`lumotga ega bo`lishlari mumkin.
Turkiyaning noyob flora va faunasini kuzatish va ular haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lish uchun – 46 ta milliy bog`, 259 ta tabiat bog`i, 31 ta qo`riqxona hududi, 114 ta tabiiy zona va 85 ta yovvoyi tabiatni rivojlantirish zonalari mavjud.
Turkiya shimoli-g`arbidagi Qirqlarelidan 97 kilometr uzoqlikda joylashgan Ig`neadagi milliy bog` 3155 gektar maydonni egallaydi.
Boy biologik xilma-xillikga ega Ig`neada tekis o`rmonlar, botqoqliklar, chuchuk suvli ko`llar va qirg`oqlarini o`z ichiga olgan noyob ekotizimlardan biri hisoblanadi.
2007 yilda milliy bog` deb e`lon qilingan va 472 xil o`simlik turiga ega mintaqada, shuningdek Saka ko`li, Deniz ko`li, Hamam ko`li, Pedina ko`li, Mert ko`li, Erikli ko`li kabi ko`llar tizimini o`z ichiga oladi.
Tabiat mo``jizalarini suratlarga muxrlaydigan botaniklar uchun ko`zni qamashtiruvchi landshaftlar, shuningdek, qorabaklan qushi, oq dumli burgutlar, mayda kerkenezlar va mayda yashil o`rmon qushlari kabi jami 194 turdagi qushlarni uchratish mumkin bo`lgan ig`neada qushlarni ham kuzatish mumkin bo`lgan markaz hisoblanadi. U erda o`z chodiringizni qurib, tabiat bilan hamnafas bo`lishingiz mumkin.
Tuz ko`li Turkiyadagi ikkinchi yirik ko`l va dunyodagi eng katta sho`rlangan ko`llardan biri hisoblanadi. Bu flamingolar ko`payadigan kam sonli hududlardan biri bo`lib, har yili bu erda o`rtacha 10 000 ta flamingo dunyo yuzini ko`radi. Ko`lning suv harorati va iqlim sharoiti maqbul bo`lganda, tuxumdan chiqadigan polaponlar soni 20 000 ga etadi, bu dunyodagi eng katta ko`rsatkichlardan biridir.
Yaqin vaqtgacha bu g`ayrioddiy ko`l faqat sho`rlanish darajasi bilan mashhur bo`lib, qaldirg`och va yovvoyi g`oz kabi boshqa ko`chmanchi qushlar uchun yashash joyi sifatida tanilgan edi. Ammo 2020 yilda bir guruh turk olimlari Tuz ko`lida 72 xil noyob endemik o`simlik turlarini aniqlagach, ushbu kashfiyot ilm-fan olamida katta shov-shuvga sabab bo`ldi va endilikda Tuz ko`li botanika ixlosmandlari va qushlarni kuzatuvchilarni ham o`ziga jalb qilmoqda. Ko`l odatda juda sayoz bo`lib, uning mo``jizaviy ko`rinishi, o`simlik va hayvonot dunyosi qiziquvchilari uchun suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Yaqin vaqtgacha bu g`ayrioddiy ko`l faqat sho`rlanish darajasi bilan mashhur bo`lib, qaldirg`och va yovvoyi g`oz kabi boshqa ko`chmanchi qushlar uchun yashash joyi sifatida tanilgan edi. Ammo 2020 yilda bir guruh turk olimlari Tuz ko`lida 72 xil noyob endemik o`simlik turlarini aniqlagach, ushbu kashfiyot ilm-fan olamida katta shov-shuvga sabab bo`ldi va endilikda Tuz ko`li botanika ixlosmandlari va qushlarni kuzatuvchilarni ham o`ziga jalb qilmoqda. Ko`l odatda juda sayoz bo`lib, uning mo``jizaviy ko`rinishi, o`simlik va hayvonot dunyosi qiziquvchilari uchun suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi.
1949 yilda asos solingan va Mustafo Kamol Otaturk tavalludining 100 yilligini nishonlash doirasida 1982 yilda Otaturk dendroparki nomini olgan bu tabiat jannati Istanbulning eng yashil tumanlaridan biri, Belgrad o`rmoniga tutash bo`lgan Sarierda joylashgan.
Uch ming kvadrat metr maydonni egallagan Otaturk dendroparkida 2000 dan ortiq mahalliy va ekzotik o`simlik turlari, shuningdek, o`rdak va oqqushlar yashaydigan uchta ko`l va minglab daraxtlar, jumladan eman, archa, qizil daraxt, alder va chinorlar o`sadi. Istanbul universiteti o`rmon xo`jaligi fakultetiga qarashli Otaturk dendroparkiga dushanbadan tashqari har kuni tashrif buyurish mumkin.
2009 yilda 17 ming kvadrat metr maydonda tashkil etilgan Gaziantep botanika bog`i Gaziantepdagi birinchi botanika bog`I hisoblanadi. Mamlakatdagi yo`qolib borayotgan o`simliklar kolleksiyasini tashkil etuvchi ushbu yam-yashil hududda turli darajadagi o`simlik turlarini o`quvchilarga tanishtirish bo`yicha turli treninglar tashkil etilmoqda.
Bu mashhur bog` orqali botanika ixlosmandlari nafaqat g`ayrioddiy o`simliklarni kashf etishlari, balki Turkiyaning o`ziga xos o`simliklari haqida ham ma`lumot olishlari mumkin.
Mo`tabar Shermuhammedova tayyorladi | 2Dunyo
|
Buxorodan topilgan VII asrga tegishli xazina muzeydan joy oladi
Ermitaj davlat muzeyining Buxoro arxeologik ekspeditsiyasi 2013-yilning yozida nodir xazina topishga muvaffaq bo‘lgani, topilma Buxoro shahridan 60 kilometrlik masofada vohaning janubi-g‘arbiy chegarasida joylashgan Poykend shahrida kashf qilingani haqida avval xabar bergan edik.
“Uz24” nashri Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali mudiri Normamat Sobirov bilan bog‘lanib, tangalar taqdiri bilan qiziqdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular ayni paytda Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida samarqandlik olimlar tomonidan ilmiy ishlanmoqda. Ular tangalarni tozalab, korroziya natijalarini bartaraf etgach, xazina Buxoroga qaytariladi va u ham ko‘rgazmali, ham ilmiy qiymatga ega buyum sifatida ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, xazina og‘irligi olti kilogrammni tashkil etadi. Undagi tangalar turlicha bo‘lib, Buxoro Sug‘di, Samarqand, Toshkent, O‘tror (Sirdaryo), Xorazm va Arab Xalifaligining markaziy viloyatlariga tegishlidir. Ular ichida eng qadimiysi Samarqand chekani bo‘lib, u VI-VII asrlarga taalluqli.
U 4200 ga yaqin ilk o‘rta asrlarga tegishli mis tangalardan iborat. Topilma Poykenddagi uylarning biridan chiqqan. Uy, hajmiga ko‘ra, badavlat oilaga tegishli bo‘lgan. | 8O‘zbekiston
|
MTT kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom e'lon qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Kengash tashkilotni boshqarishda strategik organ hisoblanadi.
Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo‘linmasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorini saylash;
tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy bo‘linma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
tashkilot faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet va budjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tashkilot direktorining hisobotlarini tinglash;
tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
tashkilot direktori, pedagog va boshqa xodimlarining faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;
tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta'lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘linmaga takliflar kiritish;
tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmaga takliflar berish.
Tashkilotda bolalarning sifatli ta'lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot direktoriga ko‘maklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.
Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma'muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘linmadan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, a'zo kiritiladi. | 8O‘zbekiston
|
Shoygu: Rossiya yadroviy qurilmalarining 95 foizi jangovar holatga shay
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya yadro strategik kuchlari qurilmalarining 95 foizdan ortig‘i jangovar holatga shay ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar beradi.
“Strategik yadro kuchlari yadroviy to‘xtatib turish masalalarini kafolatli hal etish imkonini beradigan darajada saqlanmoqda. Strategik maqsadli raketa kuchlarini ishga tushiruvchi qurilmalarning 95 foizdan ortig‘i jangovar qo‘llash uchun doimiy shay holatdadir”, — dedi Mudofaa vazirligi rahbari.
Sergey Shoygu, shuningdek, Rossiya qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining 90 foizga to‘ldirilganligi, shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning ulushi bir yil ichida o‘n foizga oshganligini ta’kidlab o‘tdi. | 2Dunyo
|
Qoraqalpog`istonda to`ylar o`tkazilishini tartibga solish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoev oilaviy marosimlarni tartibga solish, ularni isrofgarchilik va dabdabaga yo`l qo`ymasdan, shinam tarzda o`tkazish bo`yicha bir necha bor topshiriqlar bergan edi. Shu asosda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan «To`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida»gi qaror qabul qilindi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida ham oilaviy tadbirlarni o`tkazish yo`nalishida shakllangan o`ziga xos urf-odat va an`analar aholi ishtirokida o`rganib chiqildi. Jo`qorg`i Kengesning qarori e`lon qilindi, deb yozadi O`zA.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa muassasa va idoralarga, davlat va nodavlat tashkilotlarga to`y-hashamlar, oilaviy marosimlar o`tkazilishini tartibga solish bilan bog`liq masalalarni chuqur o`rganib chiqish topshirildi.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi boshlig`ining diniy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Nurilla Jamalov:
– Xalqimizda «birov to`ngib sakrasa, birov to`yib sakraydi» degan dono gap bor. Bunday dabdababozlikning sababi ham to`yingandan, deb o`ylayman. Isrofgarchilikning ham uvoli bor. O`ylamasdan qilayotgan ishimizning bir kuni javobi ham bor. Misol uchun, bir vaqtlar suv serob bo`lib, meva-cheva, nonimiz ham ko`p bo`ldi. Lekin, shu vaqtlari nonning axlat orasida yotganining ko`p guvohi bo`lardik. Sobiq ittifoq vaqtida hukumatda ishlaydiganlarga davlat tomonidan har oyda oziq-ovqatlar bepul berilar edi. Non, go`sht va boshqa mahsulotlarni eb ulgurmay, ortib qolsa, hovlining chekkasiga ko`madiganlar ham bo`ldi. «Unaqa qilib isrof qilguningcha, qo`shnilaringa bersang bo`lmaydimi» desam «Yo`q, men bersam, nasibam unga o`tib ketadi» deb javob berganlarni ham uchratdik. Bu ishlar uchun ham jazo oldik, aholimiz bir necha bor suvsizlikni boshidan kechirgani, chigirtkalarning ko`payib ketib etilishib turgan hosilni yo`q qilgani bekor emas. Hozirgi vaqtda eng katta yutug`imiz – tinchligimizdir. Biz shu tinchligimizning qadriga etmay to`yib sakramoqdamiz.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Mahallalar Kengashi yoshlar tashkiloti etakchisi Aziz Xalmuratov:
– To`y va boshqa marosimlarimiz qadriyatlarimizning ko`zgusi. Shunday ekan to`y-bazmlarning, marosimlarning ixcham, xalqning manfaatlarini, milliy qadriyatlarimizni va urf-odatlarimizni hisobga olgan holda o`tkazilishini ta`minlash kerak. Yoshlarimiz o`rtasida ushbu tushunchani singdirish maqsadida targ`ibot ishlarini olib bormoqdamiz.
Ishlarimiz o`z natijasini berib, shunday marosimlarimizning tartibli, isrofgarchiliksiz o`tkazilishiga erishmoqdamiz. O`zbekiston aholisining 60 foizdan ortig`ini yoshlar tashkil etadi. Ular ertangi kunimizning egalari ekanligini hisobga olsak, birinchi navbatda yoshlarni to`g`ri yo`lga solib, obod kelajakni qurish yo`lini ko`rsatishimiz kerak.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Ayjamal Nurjanova:
— Har qanday qiz voyaga etib, oq ko`ylak kiyishni orzu qiladi. Umrida bir marta bo`ladigan baxtli kunning esda qolarli bo`lishini xohlaydi. Yonidagi tengdoshlari, do`stlaridan kam bo`lgisi kelmay, dabdabali to`yning to`rida o`tirishni havas qiladi. Lekin, bir kunlik to`yning keyini baxtsiz turmush, hatto, ajrashuvlar bilan yakunlanayotganining ko`p guvohi bo`lmoqdamiz. To`g`ri, ota-onalar ham farzandi uchun borini sochadi. Bolalarim baxtli bo`lar, degan umidlar bilan to`y qiladi. Shunday bo`lsa ham, katta to`y-bazmlar ularning baxti uchun kafolat bo`lmaydi. Barchasi yoshlarning bir birini tushinib, totuv yashashiga bog`liq.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh shtabining katta inspektori, mayor Murat Mirzamuratov:
– To`ylarimizni foydasiz urf-odatlardan xoli o`tkazishimiz darkor. To`ylarda urf bo`lgan «gulyanka» sababli qanchadan qancha fuqarolarimiz jismoniy va moddiy zarar ko`rmoqda. To`g`ri, shuning orqasidan ro`zg`orini tebratayotgan haydovchilar ham bor. Lekin, har qanday qing`ir ishning parchasi chiqadi. «Gulyanka»da avtomobil boshqarish tavakkal ish, kunlarning birida avtohalokat bilan yakunlanadi. Sababi bir-ikki soatlik «qidirishma» uchun to`y egalari ayrim paytlarda har bir avtomashinaga 500 AQSh dollarigacha pul to`lamoqda.
Menimcha, «gulyanka»ni umuman yo`q qilish kerak. Buning uchun dastlab ushbu maqsadda yo`lga chiqqan avtomashina boshqaruvchisini bir necha yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish va avtomashinani avtotransport qo`yish maydonchasiga joylashtirish kerak. Hozirgi vaqtda qo`llanilayotgan haydovchiga jarima solish choralarimiz natija bermayapti, aksincha jarimadan qutilish maqsadida avvalgidan ham qimmatroq narxda to`ylarga ko`proq buyurtma olmoqda. | 5Jamiyat
|
Ekologiya qo‘mitasining yangi rahbari Ohangaron maishiy chiqindi poligonidagi holatni o‘rgandi (foto)
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi mutasaddilar Ohangaronda joylashgan Toshkent maishiy chiqindi poligoni hamda Yashnobod tumani chiqindilarni qayta yuklash stansiyasidagi holatni o‘rgandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Ohangarondagi maishiy chiqindi poligoni sanitar holati qoniqarsiz ekanligi qayd etilib, uning atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va hududni obodonlashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Xususan, poligonda qo‘riqlashni kuchaytirish, bu yerga olib boruvchi yo‘lni ta’mirlash, poligonga xususiy chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalarni keng jalb qilish, chiqindilarni qayta ishlash orqali poligon kengayishining oldini olish masalalari kelishib olindi.
Respublika shaharlarida sanitar-tozalash xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan “Toza hudud” va “Maxsustrans” korxonalarini davlat-xususiy sherikchilik sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Namangan shahri hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov 5-mart kuni Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi. | 8O‘zbekiston
|
“O‘zagrokimyohimoya” Toshkentda xodimlarini propiska qilish huquqiga ega tashkilotlar safiga qo‘shilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zagrokimyohimoya” AJ rahbarlari, xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari quyidagi mazmundagi band qo‘shilishi mumkin:
“65. ‘O‘zagrokimyohimoya’ aksiyadorlik jamiyati”. | 8O‘zbekiston
|
9 iyul kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari
2017 yilning 9 iyul kuni Toshkent shahri hududida 1 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
2017 yilning 9 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2411 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 736 tasini qo‘pol turdagi, 30 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 9 iyul kuni jami 993 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 396 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 597 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi. | 5Jamiyat
|
APL. "Arsenal" ochko yo‘qotdi, Azarning dubli "Chelsi"ga g‘alaba keltirdi
Angliya chempionati 19-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.
"Brayton" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilib, durang qayd etdi – 1:1.
"Chelsi" esa safarda "Uotford"ni mag‘lub etdi – 1:2.
Brayton – Arsenal 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 7 Obameyang, 1:1 – 35 Lokadiya.
Brayton – Rayan, Montoyya, Daffi, Balogun, Bernardo, March, Gross, Stivens, Propper, Lokadiya (Knokert, 86), Myurrey (Andone, 79).
Arsenal – Leno, Lixtshtayner, Papastatopulos, Koselni (Meytlend-Naylz, 70), Kolashinats, Djaka, Torreyra, Genduzi, Ozil (Ivobi, 46), Obameyang, Lyakazett (Remzi, 62).
Ogohlantirishlar: Montoyya (45), Myurrey (58), Kolashinats (81).
Uotford – Chelsi 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 45 Azar, 1:1 – 45 Pereyra, 1:2 – 58, penalti Azar.
Uotford – Foster, Ketkart, Xolebas, Femeniya, Kabasele (Mariappa, 16), Dukure, Kapu, Pereyra, Sema (Kina, 67), Deulofeu (Saksess, 82), Dini.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar, Kante, Villian, Kovachich (Barkli, 80), Pedro (Xadson-Odoi, 43; Emerson, 85), Jorjino.
Ogohlantirish: Foster (58). | 13Sport
|
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 42-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 43-banddagi, 49-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 53-bandning ikkinchi xatboshisidagi “aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 10Qonunchilik
|
1-5 noyabr kunlari O`zbekistonda sinov tariqasida aholini onlayn ro`yxatga olish o`tkaziladi
2023 yilda o`tkaziladigan aholini ro`yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkaziladi.
Davlat statistika qo`mitasi tashabbusi bilan O`zbekiston aholisini keng ko`lamli ro`yxatga olish tadbirlari oldidan joriy yilning 1-5 noyabr kunlari Internet tarmog`i orqali aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Onlayn tadbirda census.stat.uz havolasi orqali O`zbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin. | 5Jamiyat
|
AQShda migrantlar siyosati qisman soddalashtirildi
AQSh Ichki ishlar vazirligi seshanba kuni o‘z saytida ikki memorandumni chop etdi, ularda noqonuniy immigratsiya bilan kurashish siyosatiga izoh berilgan - xususan vazirlik migrantlarni qaytarish ishlarini soddalashtiruvchi bir qator choralar qo‘llashni rejalashtirmoqda.
Memorandumlar soddalashtirilgan deportatsiya jarayoni joriy qilinadigan xorijliklar sonini oshiradi. Bu jarayon avval chegaradan 100 mildan kamroq masofaga yaqinlashgan va ikki hafta davomida AQShda bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanar edi. Endi esa gap AQSh hududiga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelgan va mamlakatda kamida ikki yil yashaganini isbotlay olmaydigan barcha xorijliklar haqida ketmoqda.
Bundan tashqari, "qo‘lga ol va qo‘yib yubor" norasmiy nomi bilan mashhur siyosatni qat'iylashtirish rejalashtirilmoqda.
Memorandumda mamlakatga ota-onasi tomonidan noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan yuz minglab yoshlarga nisbatan siyosatning qa'iylashtirilishi haqida hech narsa deyilmagan. Bu avloddagilarning ko‘pchiligi AQShda voyaga yetgan bo‘lib, ular o‘zlarini amerikalik deb hisoblashadi, biroq hujjatlarda noqonuniy migrantligicha qolishgan. Nazariy jihatdan olib qaraganda, ularni istagan vaqt mamlakatdan deportatsiya qilishlari mumkin. | 2Dunyo
|
O‘zbekistonda 4-iyul kuni 312 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 142 tasi aholi orasida qayd etildi
O‘zbekistonda 3-iyul soat 23:30 dan 4-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 312 ta holat aniqlandi. 23-iyundan beri bir kunlik kasallanishlar soni 200 tadan yuqori bo‘lmoqda, ikki kundan buyon esa 300 tadan yuqori bo‘lmoqda. Bir kun ichida 312 kishida koronavirus aniqlanishi 3-iyuldagi rekorddan (318 kishi) keyingi ikkinchi natijadir. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 9708 nafarga yetdi.
Yangi kasallanganlarning
Kun davomida 6 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 3 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Bir kun ichida aholi orasida aniqlangan holatlar soni 142 tani tashkil etdi. Bu 7-iyundan keyingi eng katta ko‘rsatkich. 7-iyunda aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 237 tasidan 217 tasi aholi orasida qayd etilgandi. Iyul oyining o‘zida aholi orasida aniqlangan kasallanish holatlari ikkinchi marta 100 nafardan oshmoqda. 2-iyul kuni 113 kishida kasallik aniqlangandi. Iyul oyining ortda qolgan 4 kunida aholi orasida jami 350 ta kasallanish holati kuzatildi. Iyun oyida aholi orasida kasallanganlar 350 nafarga yetishi uchun 8 kun kerak bo‘lgandi.
Toshkent shahrida bir kun ichida 159 ta yangi holat qayd etildi. Bu kun davomida butun mamlakatda qayd etilgan holatlarning yarmidan biroz ko‘proq degani. Ulardan 105 tasi aholi orasida, 54 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlandi. Poytaxtda 2-iyul kuni ham yangi holatlar 100 nafardan oshgandi (aholi orasida 67, karantindagilar orasida 48, jami 115). Ammo Toshkent shahridagi eng ko‘p kasallik aniqlangan kun 7-iyun kuniga to‘g‘ri keladi. O‘shanda poytaxtda 195 ta yangi holat qayd etilgandi, kasallanganlarning 183 nafari bitta kompaniya ishchilari edi. Toshkentda 4-iyundan buyon uzluksiz ravishda aholi orasida kasallik aniqlanadi.
Toshkent viloyatida Yuqori Chirchiqdagi “O‘rtasaroy” karantin markazida 86 kishida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, viloyatda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida 15 ta, aholi orasida 36 ta holat qayd etildi. Viloyat aholi orasida eng ko‘p kasallik aniqlanadigan hududlardan biri hisoblanadi. Toshkent viloyatida 17-iyundan 4-iyulgacha faqat 29-iyun va 1-iyul kuni aholi orasida kasallik qayd etilmagan. Lekin Toshkent viloyatida aholi orasida bir kun ichida buncha ko‘p odamda koronavirus aniqlanmayotgandi. Bungacha 18-iyunda aholi orasida 14 ta holat qayd etilishi viloyat uchun eng katta ko‘rsatkich bo‘lib turgandi. 26-iyundan 3-iyulgacha Toshkent viloyatida aholi orasida qayd etilgan holatlarning o‘zi 35 tani tashkil etadi.
Sirdaryo viloyatida qayd etilgan 8 ta holatning barchasi xalqaro yuk mashinasi haydovchilari orasida aniqlandi. Sirdaryo viloyati Toshkent viloyatidan so‘ng xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari tez-tez kasallik aniqlanib turadigan hudud hisoblanadi. Viloyatda 1-iyul kuni ham 8 nafar haydovchida koronavirus aniqlangandi.
Navoiy viloyatida aniqlangan 6 ta holatning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida qayd etildi. Navoiyda 11-iyun kuni aholi orasida 18 ta kasallanish holati qayd etilganidan so‘ng viloyatda aniqlanayotgan yangi holatlar koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida qayd etilmoqda. 15-iyunda 5, 18-iyunda 6, 19-iyunda 4, 24-iyunda 5 va 27-iyunda 3 va 2-iyul kuni 6 kishida kasallik aniqlangandi.
Buxoro viloyatida qayd etilgan 1 ta holat aholi orasida aniqlandi. Viloyatda 1-iyul kuni ham aholi orasida 5 ta holat aniqlangandi. Umuman olganda, Buxoro aholi orasida tez-tez kasallanish holatlari kuzatilib turadigan hududlardan biridir. Viloyatda iyun oyida 11 kunda aholi orasida koronavirus aniqlangandi.
Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan yagona holat karantindagilar orasida aniqlandi. 5-iyunda viloyatga koronavirus qaytganidan so‘ng, asosan karantindagilar orasida kasallik qayd etilmoqda. 5-iyundan 4-iyulgacha Qashqadaryoda qayd etilgan 196 ta holatdan 185 tasi karantindagilar orasida, 11 tasi aholi orasida aniqlangan. Viloyatda oxirgi marta 23-iyun kuni aholi orasida kasallanish holati qayd etilgandi.
4-iyul kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida avvaliga 55 nafar, so‘ngra yana 119 nafar bemor tuzalib, jami 174 nafar fuqaro sog‘aydi. Oxirgi marta 20-iyun kuni ham koronavirusdan sog‘aygan bemorlar faqat Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida tuzalib chiqqandi. Ammo o‘sha kuni bugungidan 10 baravar kam bemor tuzalgan — 17 nafar. Hozirda Toshkentda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 4000 nafardan oshdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9708 nafar bemordan 6425 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich 29-iyundan buyon o‘zgarmayapti.
17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunda ularning soni 2000 nafardan, 28-iyunda 2500 nafardan, 2-iyulga kelib esa shifoxonadagi bemorlar soni 3000 nafardan oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 3252 nafar bemordan 2800 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 452 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.
Qoraqalpog‘istonda 9, Namanganda 15, Xorazmda 23, Andijonda 33, Buxoroda 34, Jizzaxda 38, Navoiyda 43, Samarqandda 74, Qashqadaryoda 82 va Surxondaryoda 101 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-iyul kuni ikki bemorning koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berdi.
Birinchi o‘lim. 1-iyul kuni toshkentlik 65 yoshli erkak V.M. o‘ta og‘ir ahvolda Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.
Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020-yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qo‘yilgan.
3-iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etgan. 65 yoshli V.M. koronavirusdan vafot etgan Toshkentdagi 17, O‘zbekistondagi 30-bemor bo‘ldi.
Ikkinchi o‘lim. G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol D.Sh. 1-iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja tashxisi qo‘yilgan.
“Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi”, — deyiladi SSV xabarida.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bemor ayol qaysi kuni vafot etganiga aniqlik kiritmagan. Ammo “Daryo”ga ma’lum bo‘lishicha, bemor 3-iyul kuni hayotdan ko‘z yumgan. 35 yoshli D.Sh, koronavirusdan vafot etgan Buxorodagi ikkinchi, O‘zbekistondagi 31-bemorga aylandi.
35 yoshli D.Sh. ismli ayol O‘zbekistonda koronavirusning eng yosh qurboni bo‘lishi mumkin. SSV koronavirusdan vafot etgan 31 kishidan 6 nafarining yoshiga aniqlik kiritmagan. Yoshi keltirilgan bemorlar ichida eng yoshi esa buxorolik ayol bo‘lib turibdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3252 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 9 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 16, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 8 nafarni tashkil etayotgandi.
Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 42 659 nafar, statsionar karantinda esa 24 301 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 733 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 1863 nafarga ko‘paydi. Uy karantinidagi fuqarolar soni iyun oyida ham biron marta 41 mingga chiqmagandi. Iyul oyida uy karantinidagilar soni bu qadar ko‘payishiga oyning 4 kuni ichida aholi orasida 350 ta holat aniqlangani sabab bo‘lishi mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi
Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini 2018 yilning 25 sentabridan 2 foiz bandga oshirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mazkur qaror so‘nggi oylarda yuzaga kelgan tashqi iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilinib, inflyatsion kutilmalarning oshishi, ma'muriy tartibga solinadigan narxlarning o‘sishi va valyuta almashuv kursi o‘zgarishining ichki narxlarga ta'siri kuchayayotgan sharoitlarda inflyatsion bosimni pasaytirishga yo‘naltirilgan.
Yillik inflyatsiya sur'atlarining sekinlashib borishiga qaramasdan, inflyatsion xatarlarning kuchayishi hisobiga kelgusida ushbu dinamikaning o‘sish tomonga o‘zgarishi ehtimoli keskin oshdi. Pul-kredit siyosatining qat'iylashtirilishi mazkur xatarlarni hamda inflyatsion kutilmalarni pasayishiga xizmat qiladi.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Yillik inflyatsiya darajasi 2018 yilning avgust oyida ham dastlabki prognoz ko‘rsatkichlari doirasida pasayishda davom etib, 15,7 foizni tashkil etdi. Mazkur dinamika meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy arzonlashishi hamda 2017 yildagi pul massasi oshishi va milliy valyuta devalvatsiyasining inflyatsiya darajasiga ta'sirini kamayib borishi bilan izohlanadi.
Markaziy bank tomonidan 2018 yilning boshida iqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysiga muvofiq yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasini 11,5-13,5 foiz oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinib, ushbu prognoz quyidagilarga asoslangan edi:
• asosiy savdo hamkor davlatlarda makroiqtisodiy barqarorlikning yanada mustahkamlanishi bilan mamlakatimiz uchun qulay tashqi iqtisodiy sharoitlarning saqlanib qolinishi;
• ma'muriy tartibga solinadigan narx va tariflarning bir maromda oshirilishi;
• umumlashtirilgan davlat byudjyetining muvozanatli ijrosi ta'minlanishi;
• iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining mo‘tadil sur'atlarda o‘sishi.
Ammo, bugungi kunda yuzaga kelgan holat monetar siyosatning 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari va keyingi pul-kredit siyosati sharhlarida qayd etilgan inflyatsion xatarlarning kuchayayotganligini ko‘rsatmoqda. | 4Iqtisodiyot
|
Andijonda Hindiston kompaniyasi tomonidan onkologik dori vositalari ishlab chiqariladi
9 may kuni Hindistonning onkologiya va gepatologiya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi ilg‘or kompaniyalaridan biri bo‘lgan Vivalia Remedies PVT. LTD kompaniyasi direktori Vaybxav Kumar Axluvaliya Andijonga keldi.
Vaybxav Kumar Axluvaliya Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan dori vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan muzokara olib bordi. Muzokarada to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritish hisobiga loyihalarni amalga oshirish va joriy yilning 1 oktyabridan dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni boshlanishi bo‘yicha bilan kelishuvga erishildi.
Loyihaning birinchi bosqichida 300dan ortiq turdagi noyob onkologik dori vositalari ishlab chiqarish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi.
Ayni paytda Andijon viloyatida tashkil etilgan farm-zona sanoat ishlab chiqarish hududida 4 korxona yiliga 350 turdan ziyod 100 milliard so‘mlik dori vositalari ishlab chiqarmoqda. Joriy yilda yana 10 korxona qurilishi yakunlanib, mahsulot ishlab chiqarish boshlanadi.
Elmurod Ermatov. | 8O‘zbekiston
|
Jamoalar Antonio Konte uchun kurash boshladi
Italiyaning «Inter» klubiga egalik qiluvchi Xitoyning Suning kompaniyasi jamoa bosh murabbiyligiga Antonio Konteni taklif qilishni istamoqda. Bu haqda Football Italia nashri Tuttosport bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, 47 yoshli mutaxassisga yillik maoshi 15 million yevro bo‘lgan to‘rt yillik shartnoma taklif qilinmoqda. Shuningdek Konte yangi futbolchilarni sotib olish uchun 400 million yevro byudjyetga ega bo‘ladi.
«Neradzurri»larning Suning rahbarligidagi birinchi murabbiy Frank De Bur bo‘lgandi, ammo yarim mavsum ishlamasdan turib iste'foga chiqarilgandi.
Uning o‘rniga murabbiy etib tayinlangan Stefano Pioli «Inter» bilan 9 uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozondi va jamoani to‘rtinchi o‘ringacha olib chiqdi. Ammo 51 yoshli mutaxassisning uzoq muddatli yangi loyihadagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Bundan oldinroq Xitoy jamoalaridan biri ushbu murabbiy uchun yiliga 25 million yevro maosh to‘lashga tayyorligi ma'lum bo‘lgandi.
47 yoshli Antonio Konte «Chelsi» rahbarligiga Yevro-2016 turniridan keyin kelgan va 2019 yilgacha davom etuvchi shartnoma tuzgandi. APLning 24 tur uchrashuvlaridan keyin «ko‘klar» jamoasi eng yaqin ta'qibchisini 12 ochko farq bilan ortda qoldirib, turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. | 13Sport
|
Buxoroda qo‘shni ayolni o‘roq bilan o‘ldirgan 71 yoshli erkakka hukm o‘qildi
2021-yilning noyabrida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 70 yoshli M.A. qo‘shni ayolni o‘tkir tig‘li o‘roq bilan jarohatlab, uning qotiliga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” dasturida ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tuman sudida sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qilgan.
2021-yilning 24-noyabr kuni “Gajdumak” mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Fuqaro M.A. soat taxminan 08:30 larda daraxtlarni butalashga chiqqan. Shu vaqtda 55 yoshli qo‘shni ayol J.M. u butalayotgan daraxt o‘ziga tegishli ekanini aytib, daraxt tanalarini noo‘rin kesayotganiga e’tiroz bildirgan. Ikki qo‘shni o‘rtasida o‘zaro janjal boshlangan. M.A. esa jahl ustida qo‘lidagi ish quroli – o‘tkir tig‘li o‘roq bilan J.M.ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba qasddan qattiq jarohat yetkazgan. Oqibatda ayol olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, ikki qo‘shni o‘rtasida avvaldan o‘zaro kelishmovchilik bo‘lib kelgan. Har ikki oila ham 2014-yildan buyon mahalla fuqarolar yig‘inidagi notinch oilalar ro‘yxatida turadi.
Sud sudlanuvchi M.A.ga nisbatan jazo tayinlashda uning 71 yoshda ekani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi va aybiga to‘liq iqrorligi, shuningdek, ijobiy o‘tmishini inobatga olgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modda (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Avvalroq Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasida sotuvchini pichoqlab o‘ldirgan yigit 10 yilga qamalgani, Navoiyda kuyovini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgani, Andijonda 32 yoshli fuqaro qarzini so‘rab kelgan ayolni pichoqlab o‘ldirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
“Islom davlati” AQShga hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda
“Islom davlati” terrorchilik guruhi AQShga hujum uyushtirishi mumkin. Bu haqda markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennanning so`zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jon Brennan terrorchilarning hujumni uyushtirish imkoni deyarli mavjud emasligini ham aytib o`tdi.
"Men o`ylashimcha, ular o`z shaxsiy tarkibini, qurollarini, materiallarini va hujumni uyushtirish uchun zarur bo`lgan boshqa narsalarni olib kiradi”, –deydi Brennan. “Ularning rejalari haqida biz bilamiz, shuning uchun ularning muvaffaqiyat qozonishiga ishonmayman”
Brennaning fikriga ko`ra, terrorchilar bunday harakatlari sababi sifatida G`arb va musulmon davlatlari o`rtasidagi ziddiyatlarni ko`rsatishga urinmoqda.
“Terrorchilarning AQSh ularning mamlakatlarini nazorat ostiga olishi haqidagi gap-so`zlar haqiqatdan yiroq”, – deydi Brennan. | 2Dunyo
|
Pepsi Superliga. Bugun “Navbahor” “Paxtakor”ga qarshi jang qiladi, “Lokomotiv” esa “Metallurg”ga qarshi kurashadi
Bugun, 14-sentabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi 2-bosqichi dastlabki turi davom ettiriladi.
Chempionlik uchun kurashuvchi 4 jamoa o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, Bekobodda “Metallurg” Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Bahs 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Kunning ikkinchi o‘yini Namanganda kechadi. “Navbahor” muxlislari qarshisida “Paxtakor”ni qabul qiladi. O‘yin 20:00 da boshlanishi belgilangan.
Pepsi Superliga
23-tur bellashuvlari
14-sentabr, juma | 13Sport
|