text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Agar AQSh Rossiya hakerlik hujumlarini to‘xtatmadi va Amerika siyosatiga aralashishda davom etmoqda deb hisoblasa, ushbu chora joriy etiladi. AQSh ma’muriyati ushbu haftada Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta’sirini baholaydi va Moskvaning yangi tajovuzkor harakatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha choralar qabul qilishga tayyor. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Agentlikning ma’lumot berishicha, Rossiyaning qarz qog‘ozlariga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi mumkin: AQSh kompaniyalariga ikkilamchi bozorda ham ularni sotib olish taqiqlanishi ehtimoli bor. Ta’kidlanishicha, agar AQSh Rossiya hakerlik hujumlarini to‘xtatmadi va Amerika siyosatiga aralashishda davom etmoqda deb hisoblasa, ushbu chora joriy etiladi. 15 aprel kuni AQSh moliya vazirligi Rossiya davlat qarzlariga nisbatan sanksiyalar kiritilganini e’lon qildi: 14 iyundan keyin Amerika moliya institutlari birlamchi bozordan Rossiyaning rubldagi federal obligatsiyalarini sotib olishi mumkin emas.
Siyosat
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilishi holatlari keskin oshayotgani sababli 18 apreldan karantin qoidalari kuchaytirilishi ma’lum qilindi. Professional futbol ligasi ham karantin tartibiga amal qilgan holda bugun, 17 apreldan milliy chempionat o‘yinlarida tibbiy nazoratga jiddiy e’tibor qaratishga kirishdi. Pro liganing 5-turidan o‘rin olgan «Neftchi» — «Xorazm» bahsida stadionga tashrif buyurgan muxlislarning masofa saqlab o‘tirishlari uchun o‘rindiqlar alohida belgilab, ajratib chiqildi. Shuningdek, stadionga kirayotgan tomoshabinlarning harorati o‘lchanib, ularning tibbiy niqobda bo‘lishlari talab qilinmoqda. Bellashuv davomida ham muxlislarning ijtimoiy masofani saqlashlariga alohida e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan.
Sport
Superliga 5-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Paxtakor» (1:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, Namangandagi o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tegishli avtomobilga shikast yetgandi. «Ayrim muxlislar tomonidan tartibsizliklar uyushtirilgan va buning natijasida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tegishli bo‘lgan Ko‘chma televizion stansiyaning maxsus avtomobili shikastlangandi. Tartibsizliklar uyushtirgan muxlislar jazoga tortilishdi. MTRK avtomobili esa ta’mirdan chiqarildi. Umid qilamizki, endi bunday tartibsizliklar yuz bermaydi hamda jamoamiz ishqibozlari muxlislik madaniyatiga amal qilishadi», - deyiladi «Navbahor» klubi xabarida. Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» - «Paxtakor» uchrashuvidan keyingi tartibsizliklar uchun 7 kishi javobgarlikka tortilgan, O‘FA qaroriga ko‘ra «Navbahor» ishtirokidagi ikki uy uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi haqida ma’lum qilingandi.
Sport
Andijonlik o‘quvchi Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga suzish yo‘nalishi bo‘yicha yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Foto: Getty Images Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, andijonlik maktab o‘quvchisi Eldorbek Usmonov sportning suzish yo‘nalishi bo‘yicha olimpiada yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan kvalifikatsion turnirda g‘olib bo‘ldi hamda Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Eldorbek Usmonov hozirda Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabi 11-sinfida tahsil oladi. Bundan avval, Almati shahrida bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha lisenzion turnirda o‘zbekistonlik kurashchilar Tokio olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.
Sport
Mashg‘ulotlarda UXX, politsiya, chegara xizmati, milliy gvardiya, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar xizmati mintaqaviy bo‘linmalari hamda ijroiya hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari vakillari ishtirok etadi. Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning aksariyat oblastlarida keng miqyosdagi ko‘p bosqichli antiterror mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda UXX matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar davomida strategik muhim obektlar va davlat chegarasini himoya qilish bo‘yicha harakatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Mashg‘ulotlarda UXX, milliy politsiya, davlat chegara xizmati, milliy gvardiya, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar xizmati mintaqaviy bo‘linmalari hamda ijroiya hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari vakillari ishtirok etadi. UXX o‘tgan haftada Xarkov, Xerson va Sumi oblastlarida o‘quv mashg‘ulotlari boshlagandi. Avvalroq AQSh va Yevropa davlatlari Rossiya qo‘shinlarining Qrim va Ukraina chegarasida joylashishidan xavotir bildirgandi.
Siyosat
Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 20 aprel kunidan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,46 so‘mga oshib, 10 525,64 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 79,28 so‘mga ko‘tarilib, 12 670,77 so‘mga teng bo‘ldi. Rubl kursi esa 0,23 so‘mga pasaygan va 1 rubl 138,40 so‘mni tashkil etgan. Qayd etish kerakki, dollarning rasmiy kursi o‘tgan hafta davomida kun sayin ko‘tarildi va bugungi kurs 1 hafta oldingiga nisbatan 50,23 so‘mga farq qilmoqda.
Iqtisodiyot
Kelinglar, shu oydan boshlab va har doim bir-birimizga nisbatan biroz mehribon bo‘laylik! EVOS barchani yaxshilik oyi bilan muborakbod etadi! Reklama huquqi asosida
Oila va Jamiyat
Tinch okeanida dunyodagi eng katta A-68 aysbergi erib ketdi. Bu haqda ReN TV xabar berdi. Telekanalning ma’lumot berishicha, to‘rt yil avval Antarktidadan ajralgan vaqtida aysbergning maydoni 6 ming kv kilometrni tashkil etgan. O‘sha paytda uning og‘irligi 1 trln tonnaga teng bo‘lgan. Hozirda aysberg ko‘plab bo‘laklarga bo‘linib ketgan. A-68 parchalanayotgani o‘tgan yili ma’lum bo‘lgandi. Olimlar uning uzoq vaqt davomida erimay turganidan hayron qolishgandi. U Larsen muzligidan 2017 yil iyulda ajralgan.
Xorijiy Yangiliklar
«Toshkent metropoliteni» UK rahbari Oybek Xudoyqulov metropolitenda bir kunlik yo‘lovchilar tashuvi 100 ming nafarga yetkazilishini ma’lum qildi. «Mazkur jamoat transportida bir kunlik yo‘lovchilar tashuvini 100 ming nafargacha chiqarishni rejalashtirganmiz. Shu reja asosida dastur tayyorlangan va yana 53ta vagon sostavini keltirmoqchimiz», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. Metropoliten rahbarining ma’lum qilishicha, Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun harakat xavfsizligi 100 foiz darajada ta’minlangan. «Hozirda havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan kunlik nazorat olib borilyapti. Xalqqa xizmat qilish maqsadida 24 soat davomida metropoliten xodimlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan», degan u.
Oila va Jamiyat
Mashg‘ulotlarga atom va dizel suvosti kemalari, Kola flotiliyasining kemalari, ta’minot kemalari va uchuvchi qurilmalar jalb etiladi. Foto: Rossiya mudofaa vazirligi Rossiya armiyasi Arktikada keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, shimoliy flot harbiy boshqarmasi organlari, harbiy birlik va qismlar mashg‘ulotlarning birinchi bosqichi uchun yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltirilgan. Mashg‘ulotlarga atom va dizel suvosti kemalari, Kola flotiliyasining kemalari, ta’minot kemalari va uchuvchi qurilmalar jalb etiladi. Rossiya mudofaa vazirligi uch hafta avval qo‘shinlarning nazorat tekshiruvi boshlanganini e’lon qilgandi.
Siyosat
Qrimning janubiy qismi (Sevastopoldan Feodosiyagacha) hamda Qora dengizning bir qismi ustidagi havo makoni parvozlar cheklangan hudud deb e’lon qilindi. Rossiya 20 apreldan 24 aprelgacha Qrim va Qora dengiz hududining bir qismi ustidan parvoz qilish cheklanishini ma’lum qildi. "Hudud havo kemalari parvozi uchun vaqtinchalik xavfli deb e’lon qilindi", - deyiladi uchuvchilar uchun xalqaro xabarnomada (NOTAM). Qrimning janubiy qismi (Sevastopoldan Feodosiyagacha) hamda Qora dengizning bir qismi ustidagi havo makoni parvozlar cheklangan hudud deb e’lon qilindi. Rossiya avvalroq Qora dengizning qator hududlarida xorij harbiy kemalari harakatlanishini noyabrgacha taqiqlagandi.
Xorijiy Yangiliklar
Qayd etilishicha, butun dunyoda smartfonlar savdosi o‘sgan. Joriy yilning birinchi choragida 340 million dona smartfon sotilgan. Samsung 2021 yilning dastlabki uch oyida eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya bo‘ldi. Bu haqda Strategy Analytics ma’lumotida aytilmoqda. Kompaniya birinchi chorakda 77 million dona gadjet sotib, bozorning 23 foizini egallagan. Ikkinchi o‘ringa Apple joylashdi – 57 million dona smartfon va bozorning 17 foizi. Uchinchi o‘rinni 49 million dona smartfon sotib, bozorning 15 foizini zabt etgan Xiaomi egalladi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Oppo (23 million dona smartfon va bozorning 11 foizi) va Vivo (20 million dona smartfon va bozorning 11 foizi) band etdi. Qayd etilishicha, butun dunyoda smartfonlar savdosi o‘sgan. Joriy yilning birinchi choragida 340 million dona smartfon sotilgan (2020 yilda 275 million dona). Smartfonlar savdosi o‘sishiga 5G texnologiyasining kengayishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Texnologiya
Mamlakatda bugungi kunda britancha shtamm bilan bog‘liq 192ta va janubiy afrikacha shtamm bilan bog‘liq 21ta holat aniqlangan. Foto: Getty Images Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bugungi kunda britancha shtamm bilan bog‘liq 192ta va janubiy afrikacha shtamm bilan bog‘liq 21ta holat aniqlangan. «Ammo bizda hech bir xorij shtammiga xos bo‘lmagan mutatsiyalar aniqlandi – biz sibircha va shimoli-g‘arbiy variantlar shakllanganini ko‘ryapmiz», - dedi Popova. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 4,7 mln nafardan oshgan, qariyb 106 ming nafar bemor vafot etgan.
Salomatlik
Shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan, uylarning tomlari uchib, daraxtlar qulagan. Foto: CNN Filippinga Surigay tayfuni yopirildi. Mamlakat sharqida 60 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Xabar qilinishicha, shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan, uylarning tomlari uchib, daraxtlar qulagan. Mamlakat meteoxizmati suv toshqinlari sodir bo‘lishidan ogohlantirgan. Yomon ob-havo sharoiti yana bir necha kun davom etishi aytilmoqda.
Xorijiy Yangiliklar
Ushbu reja hozircha Baydenga taqdim etilmagani aytilmoqda. Shu bilan birga, ma’muriyat Rossiyaga qarshi qo‘shimcha iqtisodiy choralar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Foto: Reuters AQSh ma’muriyati Ukrainaga qurol berish rejasini ishlab chiqmoqda, ammo prezident Jo Bayden rejani hozircha tasdiqlamadi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, «Bayden ma’muriyati xodimlari Rossiya hujum qilgan taqdirda Ukrainaga harbiy yordam berish imkoniyatini tayyorlamoqda». Ma’lumot berilishicha, bu yordam «tanklarga, kemalarga va havo hujumiga qarshi tizimlarni o‘z ichiga oladi». Ushbu reja hozircha Baydenga taqdim etilmagani aytilmoqda. Shu bilan birga, ma’muriyat Rossiyaga qarshi qo‘shimcha iqtisodiy choralar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. AQSh hukumatining taxminiga ko‘ra, hozir Ukraina chegarasida 80 mingga yaqin rossiyalik harbiy joylashtirilgan.
Siyosat
Sog‘liqni saqlash vazirligi 20 aprel kuni O‘zbekistonda jami 27 828 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlangani haqida xabar berdi. Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 458 555 nafarga yetdi. 20 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni: Namangan viloyati (3864 nafar), Farg‘ona viloyati (3532 nafar), Samarqand viloyati (3245 nafar) band qildi. Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni: Farg‘ona viloyatida 66 381 nafar, Namangan viloyatida 47 841 nafar, Andijon viloyatida 46 639 nafar, Samarqand viloyatida 43 394 nafarni tashkil qilmoqda.
Salomatlik
Joriy yil I choragida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklar soniga aniqlik kiritildi. “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bu qoidabuzarliklar orqali yetkazilgan zarar 1 mlrd 825 mln so‘mni tashkil qilgan. Iste’molchilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, elektr energiyasidan qoidalarga zid ravishda foydalanish holatlari hamon ko‘p uchraydi. Bu kabi holatlarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha joylarda o‘rganishlar o‘tkazildi. Xususan, 2021 yil I choragida jami 166ta iste’molchi tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Ushbu qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tizimga yetkazilgan zarar bo‘yicha jami 1 mlrd 825 mln so‘m elektr energiyasi miqdori qayta hisob-kitob qilindi. Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan undirish ishlari olib borilmoqda.
Iqtisodiyot
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Mazkur xizmat orqali bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonida aholiga yanada qulaylik yaratiladi. Portaldagi yangi xizmat orqali fuqarolar emlash jarayoniga yozilishlari va emlangandan so‘ng bu haqdagi ma’lumotnomani ham olishlari mumkin bo‘ladi. «COVID-19’ga emlashga yozilish va holatni tekshirish» xizmatidan onlayn tarzda foydalanish mumkin. O‘zbekistonda 1 aprelda koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangandi, so‘nggi bir kunda 28 mingga yaqin kishi vaksina qabul qilgan va shu kunga qadar emlanganlar soni 450 mingdan oshdi.
Salomatlik
Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Prezident qarori bilan, polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Joriy yil mart oyi oxirida “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini o‘z ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi.
Siyosat
U Bali oroli yaqinida mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lgan, ammo belgilangan vaqtda mashg‘ulot natijasi to‘g‘risida ma’lumot berish uchun aloqaga chiqmagan. Foto: Reuters Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari bortida 53 kishi bo‘lgan suvosti kemasini qidirmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi. Agentlikning yozishicha, KRI Nanggala 402 suvosti kemasi bilan aloqa yo‘qolgan. U Bali oroli yaqinida mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lgan, ammo belgilangan vaqtda mashg‘ulot natijasi to‘g‘risida ma’lumot berish uchun aloqaga chiqmagan. Indoneziya hukumati Avstraliya va Singapurga kemani topishda yordam so‘rab murojaat qildi. KRI Nanggala 402 suvosti kemasi 1981 yilda Germaniyada qurilgan.
Xorijiy Yangiliklar
Prezident qarori bilan, general-mayor Bahodir Mirzarahimov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Mirzarahimov ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Prezidentning joriy yil mart oyi oxirida qabul qilingan farmoniga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi, Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tashkil etildi. Bundan oldin, general-mayor Azizbek Ikromov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga, polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Siyosat
Borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga dunyodagi davlatlarning 80 foizga yaqinini kiritish rejalashtirilgan. Foto: Getty Images Qozog‘iston AQSh fuqarolariga borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda AQSh davlat departamenti hisobotiga tayanib Deutsche Welle xabar berdi. Borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga dunyodagi davlatlarning 80 foizga yaqinini kiritish rejalashtirilgan. Davlat departamenti 34 mamlakat, jumladan, Qozog‘iston, Braziliya, Argentina, Haiti, Rossiya, Mozambik, Chad, Kosovo, Keniya va Tanzaniyani to‘rtinchi darajadagi xatarga ega davlatlar, deb topgan. Koronavirus sababli amerikaliklarning aksariyatiga Yevropa bo‘ylab sayohat qilishga ruxsat berilmagan. Bundan tashqari, Vashington yaqin kunlarda Yevropa, Xitoy, Braziliya, Eron va Janubiy Afrikada bo‘lgan noamerikaliklarga kirishni taqiqlagan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 28 milliondan oshgan.
Xorijiy Yangiliklar
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda qat’iy lokdaun joriy etilishiga qarshi chiqmoqda. Foto: Reuters Hindistonda epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda: mamlakatda to‘rt kun ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bir million holat qayd etildi, deb yozadi Times of India. Bu mamlakatda koronavirus tarqalishi bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi. Avvalroq bir million holat olti kunda qayd etilgandi. Oxirgi sutkada mamlakatda 295 mingdan ortiq yangi holat aniqlangan. Chorshanba kuni ikki mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan. Ammo Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda qat’iy lokdaun joriy etilishiga qarshi chiqmoqda. "Men shtatlarni lokdaunga oxirgi chora sifatida qarashga chaqiraman. Ular imkon boricha lokdaun joriy etishdan qochishga urinishlari kerak", - dedi Modi. Pandemiya boshlanganidan beri Hindistonda 15 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 180 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Salomatlik
Hindistonning Maharashtra shtatida koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada sisternadan kislorod sizib chiqishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. Foto: NDTV NDTV telekanalining xabar berishicha, voqea Nashik shahridagi davlat shifoxonasida yuz bergan. U yerda kislorod ta’minoti va o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmasiga ulangan 150ga yaqin bemor bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar kislorod ta’minotining izdan chiqishi oqibatida kislorod yetishmasligidan jon berishgan. Mahalliy hokimiyat vakili Suraj Mandxarning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda bemorlarga kislorod berilishi tiklangan. Shtatning sog‘liqni saqlash vaziri Rajyesh Top hukumat voqeaning batafsil tergovini o‘tkazishiga va’da bergan.
Salomatlik
Olimpiya o‘yinlari shiori – «Tezroq, balandroq, kuchliroq» 3 oydan keyin o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax matbuot anjumanida ma’lum qildi. Foto: Reuters «Men «Tezroq, balandroq, kuchliroq» shioriga «birgalikda» so‘zini qo‘shishni taklif qilgandim. Endilikda bu taklif XOQ a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va 3 oydan keyin shior biroz o‘zgarishi mumkin», deb aytgan Bax. «Citius, Altius, Fortius! » shiori birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari boshlanishidan 2 yil avval – 1894 yilda tasdiqlangan. Ushbu iborani ilk bor fransuz rohibi Anri Martin Didon o‘zi faoliyat yuritgan kollejda sport musobaqalari ochilishi vaqtida ishlatgan. Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari asoschisi baron Per de Kuberten ushbu iborani Olimpiada shiori sifatida taklif qilgan. Mart boshida Tomas Bax yangi 4 yillik muddatga XOQ prezidenti lavozimiga qayta saylangandi.
Sport
Kun.uz 21 aprel kuni «Maktab oldidagi qurilishga qarshi chiqqan direktorga jinoyat ishi ochildi. Prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzdi» sarlavhali maqola e’lon qildi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi shu kuni bildirish chiqarib, maqolada ko‘rsatilgan vajlar har tomonlama o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi. Tergov harakatlari Bosh prokuratura nazoratiga olingan. Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Toshkent tumanida ochilgan jinoyat ishida tumandagi 26-maktab direktori 173 million so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Toshkent viloyati prokuraturasi mazkur jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangani haqidagi rasmiy xabarida gumondor 173 mln so‘mni rastrata qilganini ta’kidlagan. Direktor Saida Hoshimova Kun.uz’ga murojaat qilib, bu holatda prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzgani, jinoyat ishi ayrim shaxslarning g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun atayin uyushtirilgani, taftish noxolis o‘tkazilgani haqida gapirib bergandi.
Oila va Jamiyat
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek Moskvani bu talabni 22 aprel soat 12:00gacha bajarishga chaqirdi. Chexiya / Foto: RIA Novosti Chexiya Rossiyaga ultimatum qo‘ydi: Moskvadan Rossiyadan chiqarib yuborilgan barcha diplomatlarni ortga qaytarish talab qilinmoqda. Chexiya tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek Moskvani bu talabni 22 aprel soat 12:00gacha bajarishga chaqirdi. Aks holda Praga rossiyalik boshqa diplomatlarni chiqarib yuborishga va’da bergan. Avvalroq Chexiya Rossiya maxsus xizmatlarini 2014 yilda o‘q-dori omborxonasidagi portlashga aloqadorlikda gumonlab, rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgandi. Bundan tashqari, Chexiya hukumati «Rosatom»ni Dukovani atom elektr stansiyasining yangi energiya bloki qurilishi bo‘yicha tenderdan chiqarib yuborishini ma’lum qildi. Bunga javoban Rossiya tashqi ishlar vazirligi 20 nafar chexiyalik diplomatni «persona non grata» deb e’lon qildi.
Siyosat
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20 daraja issiqni tashkil etadi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Ekologiya
Yangihayot tumanida yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani hududidan o‘tgan 4R-21 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.A. "Howo" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil ag‘darilgan. Ro‘y bergan hodisa natijasida, avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi M.A.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in bartaraf etilgan. Transport vositasiga zarar yetgan. Mazkur hodisa yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Oila va Jamiyat
Toshkent shahar IIBB xodimlari fuqarolardan pichoqlar va boshqa xavfli buyumlarni aniqlash ishlarini davom ettirmoqda. IIBB axborot xizmatiga ko‘ra, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi ko‘chalar, xiyobonlar va boshqa jamoat joylarida olib borilgan profilaktik tadbirlar doirasida xodimlar uch kun ichida 65 dona sovuq qurol va bita topdi. 20 aprel kuni Chilonzor tumani Guliston ko‘chasida 18 yoshli O.R.ning yonidan sovuq qurol turiga kiruvchi buklama pichoq topildi. Mazkur fakt asosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-2 moddasi (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga topshirildi. “Hurmatli fuqarolar. Cho‘ntakdagi pichoq o‘zingizga qarshi ishlashi mumkin: pichoqni qo‘llab nafaqat birovning, balki o‘z umringizni ham xazon qilasiz. Aslida, cho‘ntagingizdagi sovuq qurol sizning xavfsizligingizga hech qanday ta’sir qilmaydi”, deyiladi ma’lumotda.
Oila va Jamiyat
Meksikadagi klinikada 80 nafarga yaqin kishi soxta vaksinaning bir dozasini qariyb ming dollardan sotib olgan. Foto: PFIZER Meksika va Polshada Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinalari soxtalashtirilgani aniqlandi, deb xabar berdi The Wall Street Journal. Nashrning ma’lumot berishicha, Meksikadagi klinikada 80 nafarga yaqin kishi soxta vaksinaning bir dozasini qariyb ming dollardan sotib olgan. Meksikada aniqlangan flakonlar soxta markirovkaga ega bo‘lgan. Polshada aniqlangan flakonlarda esa ajin tushishiga qarshi vosita bo‘lgan, deb yozadi gazeta. Polsha hukumati mamlakatda hech kim soxta vaksina bilan emlanganini ma’lum qildi. Polsha va Meksikada aniqlangan barcha soxta vaksinalar musodara qilingan. O‘z navbatida, Pfizer kompaniyasi ularning soxtaligini tasdiqlagan.
Salomatlik
Avvalgi rekord AQShda qayd etilgandi. Yanvarda mamlakatda bir sutkada 297,4 ming holat aniqlangandi. Hindistonda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi: mamlakatda 314,8 ming kishida virus aniqlandi, deb xabar berdi Reuters. Avvalgi rekord AQShda qayd etilgandi. Yanvarda mamlakatda bir sutkada 297,4 ming holat aniqlangandi. Oxirgi haftalarda Hindiston hukumati mahalliy saylovlar oldidan ommaviy mitinglar va Kumbxa Mela festivalini o‘tkazishga ruxsat bergani uchun tanqid ostida qolgandi. Festival Gang daryosi sohilidagi Xardvar shahrida o‘tkaziladi. Unda ziyoratchilar daryoda cho‘miladi. Tashkilotchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, festivalga aprel davomida 150 mln kishi kelishi mumkin, deb yozadi Sky News. Bundan tashqari, Hindiston bozor va savdo markazlari yopilmagan, katta to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Xorijiy Yangiliklar
Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqasiga qur’a tashlandi. A guruhi: Yaponiya, JAR, Meksika va Fransiya. B guruhi: Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Gonduras va Ruminiya. S guruhi: Misr, Ispaniya, Argentina va Avstraliya. D guruhi: Braziliya, Germaniya, Kot-d′Ivuar va Saudiya Arabistoni. Olimpiada 2021 yil 21 iyuldan 7 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Sport
Bali sohillari yaqinida yo‘qolib qolgan KRI Nanggala 402 suvosti kemasida 72 soatdan keyin kislorod tugaydi. Bu haqda Indoneziya harbiy-dengiz floti boshlig‘i Yudo Margonoga tayanib Shannelnewsasia nashri xabar berdi. Foto: Florans Parli / Twitter Margononing ta’kidlashicha, kemadagi kislorod 24 aprel ertalabgacha yetadi. Ma’lum qilinishicha, kema 250 metr suv ostida bosimga bardosh bera oladigan qilib qurilgan. Uning bortida 53 kishi, jumladan, kema sardori, ekipajning 49 a’zosi va qurol bo‘yicha 3 mutaxassis bor. Kemani qidirish amaliyotiga 21ta kema, 5ta samolyot va 2ta suvosti kemasi jalb qilingan. KRI Nanggala 402 bilan aloqa u 21 aprelda Bali oroli yaqinidagi mashg‘ulotlar vaqtida sho‘ng‘ish uchun ruxsat olgandan 1,5 soat o‘tib yo‘qolgan.
Xorijiy Yangiliklar
Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida tuzilgan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasiga 2021 yil 21 aprelda O‘zbekistonga Moskva – Andijon - Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berildi. Qayd etilishicha, ushbu aviakompaniya parvozlarni Boeing 757-200 havo kemasida amalga oshiradi. Bundan oldin, Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgandi.
Siyosat
Sergey Shoyguning buyrug‘iga ko‘ra, 23 apreldan boshlab qo‘shinlarni doimiy joylashgan punktlariga qaytarish boshlanadi. Foto: TASS Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu janubiy va g‘arbiy harbiy okruglarni tekshirish tadbirlari yakuniga yetganini ma’lum qildi. «Kutilmagan tekshiruvdan maqsadga to‘liq erishildi deb hisoblayman. Qo‘shinlar mamlakatni ishonchli mudofaa qilish qobiliyatini namoyish etdi. Shu munosabat bilan janubiy va g‘arbiy harbiy okruglarni tekshirish tadbirlarini yakunlashga qaror qilindi», – dedi u. Shoyguning buyrug‘iga ko‘ra, 23 apreldan boshlab qo‘shinlarni doimiy joylashgan punktlariga qaytarish boshlanadi. Buyruqqa ko‘ra, Rossiya janubidagi harbiy mashg‘ulotlarda qatnashgan qo‘shinlar 1 maygacha doimiy joylariga qaytariladi. Avvalroq Rossiya nazorat tekshiruvi doirasida g‘arbiy chegaralariga ikkita armiya va uchta desant qo‘shinlari bo‘linmasini tashlagani xabar qilingandi.
Siyosat
Talabalar orasida koronavirus aniqlangani uchun Andijon davlat universitetidagi o‘qish jarayonlari 14 kunlik onlayn tartibga o‘tkazildi. Bu haqda universitet Telegram-kanalida ma’lum qilindi. Foto: KUN.UZ «Respublikamiz hududida, COVID-19 kasallanish holati ortayotgani, universitetimiz talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlangani sababli 2021 yilning 22 aprel sanasidan boshlab, fakultetlarda o‘quv jarayonlari 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkaziladi. Epidemiologik vaziyat barqarorlashsa, an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish haqida universitet rasmiy sahifalarida ma’lumot beriladi», – deyiladi xabarda.
Ta'lim
Foto: Chilonzor Premium "CHILONZOR PREMIUM" turar joy majmuasi sotuvda bor-yo‘g‘i 10 xonadon qolganini ma’lum qiladi. Majmuaning kadastrga bog‘liq hujjatlari ham tayyor. Ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, xarajatlarsiz yangi, zamonaviy uyni xarid qiling. Boshlang‘ich to‘lov 30 foiz! Qolgani 3 oy davomida muddatli to‘lov - 0 foiz. "CHILONZOR PREMIUM" TJM 8 qavatdan iborat bo‘lib, eng yuqori qismida pentxaus joylashgan. Sifatli va mustahkam materiallardan qurilgan, standartlarga javob beruvchi uylar siz va oila a’zolaringiz uzoq yillar davomida baxtli, totuv hayot kechirishingizni ta’minlaydi! Eng asosiysi turar joy majmuasi kadastr hujjatlariga ega bo‘lib, uyni rasmiylashtirish ishlari bir zumda amalga oshiriladi. Uylarning barchasida qurilish ishlari yakuniga yetgan. O‘lchamlar: 3 xona 95 kv.m 4 xona 130 kv.m Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun bizga qo‘ng‘iroq qiling! Chilonzor tumani, Ts-kvartal. Bunyodkor stadioni ro‘parasida joylashgan +99897 1407777, +99897 7072550 Reklama huquqi asosida
Oila va Jamiyat
Bu Polshaning rossiyalik uch nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq. Foto: Kommersant’ Rossiya tashqi ishlar vazirligi Polshaning besh nafar diplomati 15 mayga qadar mamlakatni tark etishi kerakligini ma’lum qildi. Bu Polshaning rossiyalik uch nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq. Polsha TIVning bayonotiga ko‘ra, ular diplomatlik maqomini buzgan va Polsha manfaatiga zarar yetkazuvchi harakatlarni amalga oshirgan. «Polshaning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha provokatsion harakatlariga javob tariqasida vazirlik Rossiyadagi Polsha elchixonasining besh nafar xodimini "persona non grata" deb e’lon qildi. Ular 2021 yil 15 mayi yakuniga qadar Rossiya hududini tark etishi kerak»,— deyiladi Rossiya TIV bayonotida. Avvalroq Chexiya Rossiya elchixonasining 63 nafar xodimini o‘z hududidan chiqarib yuborishi xabar qilingandi.
Siyosat
Toshkentning Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-Sergeli katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Qayd etilishicha. shu munosabat bilan 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha quyidagi manzillarda issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: 8-Issiqlik qozonxonasi; «Mustaqillik», «Do‘stlik», «O‘zgarish», «Habibiy» , «Shukur Burhonov», «Tinchlik», «Guliston», «Bobur», «Ittifoq, «Nilufar», «Navro‘z», «Humo», «Yorqin hayot», «So‘g‘diyona», «Qumariq», «Olchazor» MFYlari; Do‘stlik-1, 2 mavzelari; Sergeli-1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-a, 9, 15, 16, 17, 18 mavzelari; Sergeli- A, 5A, 6A, 7A, 11A; Temir yo‘lchi G-40 mavzesi; Yo‘ldosh-16 A yangi daha; 8- va 9-qurilish hududi; 10-qurilish hududi.
Oila va Jamiyat
Avvalroq Rossiya Qrimda keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi. Ukraina qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari Qrim bilan chegaradagi Xerson oblastidagi poligonlardan birida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligiga tayanib TASS xabar berdi. Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar «jangovar holatga yaqin sharoitlar»da o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarga zenit-raketa majmualari va zenit qurilmalari jalb qilingan. So‘nggi vaqtda Donbassdagi vaziyat keskinlashishi ortidan Ukraina va Rossiya harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Avvalroq Rossiya Qrimda keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi. Mashg‘ulotlarga 10 mingdan ortiq harbiy, 1,2 mingdan ortiq harbiy texnika, 40dan ortiq jangovar kema va 20ta ta’minot kemasi jalb etilgan.
Siyosat
24 aprelda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana iliq va quruq havo kirib keladi. Havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-27 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 23-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Ekologiya
O‘zbekistonda 243ta maktab o‘quvchilari masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 23 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 243ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlangani tufayli ta’lim olish to‘liq onlayn ta’limga o‘tkazilgan. 29ta maktabda faqat kasallik aniqlangan o‘quvchi o‘qiydigan sinflar karantinga yopilib, o‘quvchilar onlayn ta’lim olmoqda. “Bu raqamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib chiqib o‘zgarib boradi. Onlayn ta’lim olayotgan maktab o‘quvchilari uchun Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda “Onlayn maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan”, deyiladi xabarda. Shuningdek, onlayn maktab darslarini Uzeduonlinemaktab telegram kanali orqali ham qayta ko‘rish imkoniyati mavjud. Eslatib o‘tamiz, avvalroq onlayn ta’limga o‘tgan maktablar soni 163tani tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ta'lim
23 aprel kuni mamlakatda 332 ming, undan bir kun avval esa 314 ming holat aniqlangandi. Hindistonda ketma-ket uchinchi kun sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi yangilandi, deb xabar bermoqda Reuters. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, o‘tgan sutkada Hindistonda 346,7 ming nafar yangi bemor qayd etilgan, 2,6 ming kishi vafot etgan. 23 aprel kuni mamlakatda 332 ming, undan bir kun avval esa 314 ming holat aniqlangandi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda kasallik yuqtirganlar soni 16,6 mln nafarga yetgan. Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinda turibdi. Pandemiya davrida Hindistonda 189,5 ming kishi vafot etgan. Hukumat sog‘liqni saqlash sohasida muammolarga duch kelgan. Aksariyat shifoxonalarda tibbiy kislorod, koyka va zarur dori-darmonlar yetishmayapti, deb yozadi CNN.
Salomatlik
Operatsiyaga Turkiya harbiy-havo kuchlari, artilleriya va maxsus xizmat askarlari jalb etilgan. Foto: DPA Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasi a’zolariga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bu haqda Yeni Safak gazetasi xabar berdi. Nashrning yozishicha, operatsiya Iroqning Metin aholi punkti hududida o‘tkazilmoqda. Operatsiyaga Turkiya harbiy-havo kuchlari, artilleriya va maxsus xizmat askarlari jalb etilgan. Avvalroq Milliyet gazetasi mamlakat harbiy samolyotlari partiyaning Metin, Zap, Avashin-Basyan va Qandildagi obektlariga zarba berganini ma’lum qilgandi. Turkiya Iroqdagi Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi ilgari ham bir necha marta operatsiyalar o‘tkazgan. Mamlakat parlamenti qurolli kuchlarning respublika chegarasidan tashqarida harakatlanishiga berilgan mandatni muntazam ravishda yangilab boradi. Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasi terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan.
Siyosat
Foto: facebook.com Suriyaning Baniyos shahri yaqinida turgan neft tankeriga drondan zarba berildi. SANA axborot agentligining xabar berishicha, buning oqibatida kemada yong‘in chiqqan. Kema Livan suv hududi tomondan 2ta snaryad bilan o‘qqa tutilgan. Snaryadlardan biri kemaning tumshuq qismiga tegib, unga katta zarar yetkazmagan. Biroq ikkinchi snaryad palubaga tushib, jiddiy talafotga olib kelgan. Ayni vaqtga kelib yong‘inni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Ta’kidlanishicha, hujum oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Al-Hadath telekanalining xabar berishicha, hujumga Eron tankeri uchragan bo‘lishi mumkin. Bu orada Al-Mayadeen telekanali Damashq tankerga Isroil droni yordamida zarba berilgan deb hisoblayotganini ma’lum qilgan.
Xorijiy Yangiliklar
Foto: Getty Images Fransiyaning Eperne shahridagi emlash markazida xatolik tufayli 140 kishiga Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi o‘rniga fiziologik eritma (fizrastvor) kiritildi. Le Point nashrining xabar berishicha, voqea 20 aprelda yuz bergan. Ushbu xatolik haqida emlash markazining o‘zi xabar qilgan. Markaz xodimlari barcha 140 kishi bilan bog‘lanib, eritma xavfli emasligini aytib, ularni tinchlantirgan. Shundan keyin fizrastvor bilan «emlanganlar»ning bir qismi haqiqiy vaksina qabul qilgan, qolgan qismi esa 28 aprelda emlanadi. «Bunday holatlarning oldini olish uchun markazga qo‘shimcha tibbiy xodim jo‘natildi», deb ma’lum qilingan xabarda. Fransiya sog‘liqni saqlash idoralari xatolikka nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.
Salomatlik
Foto: Getty Images AQSh va NATOning bir qator davlatlari Afg‘onistondagi bir nechta bazadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Kobuldagi anjumanda AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Skott Miller ma’lum qildi. «Biz bir qator bazalardan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladik», deb ma’lum qilgan Miller. Uning aytishicha, qo‘shinlardan bo‘shaydigan bazalar keyinchalik Afg‘oniston hukumat kuchlariga topshiriladi. Shu bilan birga, Miller «Tolibon» tomonidan zo‘ravonlik holatlari ko‘payayotganidan tashvish bildirgan va 1 maydan keyin ham bu holat davom etsa, «unda bu toliblarning xatosi» bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan. Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Vashington 1 maydan boshlab Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishini, ushbu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlash rejalashtirilayotganini e’lon qilgandi. AQShning avvalgi ma’muriyati Afg‘oniston hukumati bilan amerikalik harbiylarni 2021 yil 1 maygacha olib chiqish bo‘yicha kelishib olgandi.
Siyosat
Foto: KUN.UZ Bugun kunduz kuni respublika hududiga iliq va quruq havo massalari kirib kelishi davom etadi, buning hisobiga ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduz kungi harorat 27-30 daraja issiqqa, janubda va cho‘l hududlarida 30-35 daraja issiqqacha yetadi. Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 27-29 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Ekologiya
Ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJda yong‘in yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ma’lum qilishicha, “Taxiatosh IES” AJda hech qanday yong‘in va shu kabi favqulodda holatlar yuz bermagan. Ushbu holatni Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqlagani aytiladi. Kecha, 25 aprel kuni soat 20:46da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz bergani sababli 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi va 1-, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushishi natijasida o‘chib qolgan. Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talafot yetmagan. Soat 21:23da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan. Energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib energotizimga ulanmoqda, deyiladi “Issiqlik elektr stansiyalari” matbuot xizmati xabarida.
Texnologiya
«Qishloqqurilishbank» Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 ming yevro miqdoridagi xorijiy valutadagi qalbaki pul aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida viloyat IIBga taqdim qilingan. «Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi», deyiladi xabarda. Avvalroq, Sayxunobod tumanidagi mahallalardan birining kotibi «Asakabank» mas’ullari bilan til biriktirib, fuqarolar nomiga ularning xabardorligisiz kredit olganligi haqida xabar berilgan edi.
Iqtisodiyot
Foto: KUN.UZ 25 apreldan boshlab mamlakatga juda issiq havo massalari jadal kirib kelishi boshlandi. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha aprel oyining oxiriga qaraganda yozning boshi uchun xos bo‘lgan ochiq ob-havo harorati kuzatildi. «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun va ish haftasi davomida harorat me’yordan 5-8 darajaga ko‘p bo‘ladi. Havo harorati kechalari 14-17 daraja iliq, kunduz kunlari 32-35 daraja issiq, janubda va cho‘l hududlarida 37-38 daraja issiqqacha bo‘ladi. Kunduzgi harorat shu kunlar uchun bo‘lgan mutlaq maksimumga yaqinlashadi. Hafta oxirida Kaspiy dengizining shimoliy hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Respublika hududida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, lekin yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi. Kunduz kuni harorat 27-32 daraja issiqqacha biroz pasayadi, ammo me’yordan yuqori bo‘lib qoladi.
Ekologiya
Avvalroq Putin ukrainalik hamkasbi «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytgandi. Foto: president.gov.ua-Ofs Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi bilan istalgan joyda uchrashishga tayyorligini bildirdi, deb yozmoqda Financial Times. «Bizni uchrashuv joyi o‘ylantirmaydi, gap uchrashuv mazmunida», — degan u. Zelenskiy 20 aprel kuni Putinga «Donbassning istalgan yerida uchrashish»ni taklif qilgandi. Oradan ikki kun o‘tib, Putin ukrainalik hamkasbi «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytdi. Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Reznikov Zelenskiy bu taklifni qabul qilmasligini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra, prezident «poytaxtga borib, tajovuzkor mamlakat vakili bilan uchrashmaydi».
Siyosat
Avvalroq Zelenskiy Putinga «Donbassning istalgan yerida uchrashish»ni taklif qilgan, Putin esa Zelenskiy «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytgandi. Foto: EPA/REUTERS Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘z ofisi rahbari Andrey Yermakka topshiriq berdi. "Hammasi uchrashuv bo‘ladigandek ketayotganga o‘xshayapti. Men Donbassda uchrashishni taklif qildim. Rossiya prezidenti uchrashish niyatini tasdiqladi. U Moskvada uchrashishni taklif qildi. Men prezident ofisi rahbari Andrey Yermakka prezident Putin ma’muriyati bilan bog‘lanish, o‘zaro anglashib, uchrashuv joyini belgilash topshirig‘ini berdim", - dedi Zelenskiy. Avvalroq Zelenskiy Putinga «Donbassning istalgan yerida uchrashish»ni taklif qilgandi. Putin Zelenskiy «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytdi.
Siyosat
Sergey Shoygu Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Foto: RIA Novosti Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashish uchun ishchi tashrif bilan Tojikistonga bordi. Xabar qilinishicha, Sergey Shoygu Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Avvalroq KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov Dushanbeda o‘tkaziladigan yig‘ilishda harbiy xavfsizlik, tahdidlarga qarshi turish va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilinishini aytgandi. KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a’zo hisoblanadi.
Siyosat
Cheklovlar 29 aprel kuni soat 19:00dan boshlab kuchga kiradi va 17 may kuni 05:00da yakunlanadi. Foto: Turkish Presidency via AP Koronavirus epidemiyasi avj olgani sababli Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to‘liq lokdaun joriy etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an e’lon qildi, deb xabar berdi Anadolu agentligi. Turkiyada bu davr mobaynida: shaharlararo qatnovlar cheklanadi; maktablarda qatnab o‘qish to‘xtatiladi; jamoat transportida yo‘lovchilar sig‘imi 50 foizdan oshirilmaydi; aksariyat muassasalar yopiladi. Qayd etilishicha, cheklovlar 29 aprel kuni soat 19:00dan boshlab kuchga kiradi va 17 may kuni 05:00da yakunlanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 4,6 milliondan oshgan, jami o‘limlar soni 38,7 mingga yetgan. O‘tgan sutkada 37,3 ming kishida koronavirus aniqlangan.
Salomatlik
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduz kungi harorat 30-35 daraja issiqqa, janubda va cho‘l hududlarida 37-38 daraja issiqqa yetadi. Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 31-33 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Ekologiya
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yangi prokuror ish boshladi. Bosh prokuror buyrug‘i bilan adliya maslahatchisi Bahriddin Bahodirov Qamashi tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. B.Bahodirov tayinlovga qadar, Qashqadaryo viloyati prokurorining xalqaro huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan. Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 13 aprel kuni yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tumanning sobiq prokurori Husniddin Bobomurodov yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani uchun ishdan olingandi. Mazkur yig‘ilishda xuddi shu ayblov bilan Shofirkon tumani prokurori, Xiva hamda Chust tumani IIB boshliqlari ham lavozimdan ozod etilgan. Bundan oldinroq Buxoro viloyatining Olot va Shofirkon tumanlariga yangi prokurorlar tayinlangani xabar qilingandi.
Siyosat
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida joylashgan uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Bugun, 27 aprel kuni soat 11:40da Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi «Obod turmush» MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Buning oqibatida binoning 2-qavatiga jiddiy zarar yetgan. Afsuski, hodisada bir nafar fuqaro vafot etgan. Mazkur holat tabiiy gaz sizib chiqishidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda. Mazkur vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy manbalari orqali berib boriladi», deyiladi vazirlik xabarida. Ayni damda viloyat hokimligi va mas’ul rahbarlar tomonidan ham ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Oila va Jamiyat
Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinal bosqichi boshlandi. «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi. Bellashuvda kuchlar teng keldi. Kristian Pulishichning goliga Karim Benzema javob berdi. Javob bahsi 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. YeChL. Yarimfinal. Dastlabki o‘yin Real — Chelsi 1:1 27 aprel, «Alfredo Di Stefano» Gollar: Benzema (29) — Pulishich (14). Real — Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 77), Militao, Varan, Nacho, Marselo (Asensio, 77), Kazemiro, Kroos, Modrich, Vinisius (Azar, 66), Benzema (Rodrigo, 90+2). Chelsi — Mendi, Kristensen, Tiago Silva, Ryudiger, Aspilikueta (Jyeyms, 66), Kante, Jorjino, Chilluell, Maunt, Verner (Haverts, 66), Pulishich (Ziyosh, 66). Ogohlantirishlar: Vinisius (27), Pulishich (38), Kroos (60), Marselo (65), Varan (78), Odriosola (89).
Sport
Foto: Getty Images Britaniya poytaxti Londonda ikki bino o‘rtasida 35 metr balandlikda shaffof akril suv havzasi o‘rnatildi. CNN telekanalining xabar berishicha, basseynning suv bilan birga og‘irligi 400 tonna, devorlari qalinligi esa ba’zi joylarida 30 smgacha yetadi. Sky Pool deb nomlangan havza Nine Elms turar joy majmuasidagi ikkita baland binoning 10-qavati o‘rtasida joylashgan. Basseynning chuqurligi 3 metrni, uzunligi 25 metrni tashkil qiladi. Unda bir nechta yoritish rejimi mavjud. Ta’kidlanishicha, basseynga ushbu majmuada yashovchi aholigina tashrif buyura oladi. Ma’lum qilinishicha, suv havzasi o‘z turidagi eng kattasiga aylandi. Uning konstruksiyasi AQShning Kolorado shtatida qurilgan. Basseyn rasman 19 may kuni majmua aholisiga tantanali ravishda taqdim etiladi.
Madaniyat
Foto: KUN.UZ 28 aprelda kunduz kuni respublika hududiga Erondan issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 30-35 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 36-38 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Poytaxtda havo kam bulutli va issiq bo‘ladi. Kunduzi termometr ustuni 34 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Ekologiya
28 aprel kuni «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro aeroporti direktori masalasi ko‘rildi. «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyatidan Kun.uz’ga ma’lum qilishlaricha, tadbirda Buxoro aeroportining kelgusidagi rivojlanish omillari, raqobatbardoshligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish masalasi muhokama qilingan. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rilgan. 20 yildan beri shu aeroportda ishlab kelgan Jahongir Rahimov Buxoro xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Jahongir Rahimov Unga «Uzbekistan Airports» bilan kelishgan holda shtat jadvalini tuzish hamda aeroport faoliyatini samarali olib borish vazifasi yuklatilgan.
Oila va Jamiyat
Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, “barcha masalalar bitta qo‘lda bo‘lishi lozim”. Qozog‘istonning birinchi prezidenti, Qozog‘iston xalq assambleyasi raisi Nursultan Nazarboyev assambleyaning umrbod raisligidan voz kechdi. U xalq assambleyasi raisi vakolatlarini mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirdi. "Barcha masalalar bitta qo‘lda bo‘lishi lozim. Men Qozog‘iston xalq assambleyasini boshqarish huquqini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirdim", - dedi Nazarboyev assambleyaning XXIX sessiyasida qilgan chiqishida. Qozog‘iston xalq assambleyasi 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u davlat rahbari huzuridagi maslahat organi hisoblanadi. Assambleyaga tashkil etilganidan boshlab Nursulton Nazarboyev rahbarlik qilib kelgan.
Siyosat
Xususan, sportchilar har kuni koronavirusga test topshiradi. Ularga jamoat transportidan foydalanish taqiqlanadi. Foto: Getty Images Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari musobaqalar davomida sportchilarga nisbatan amal qiladigan cheklov choralarini e’lon qildi. Xususan, sportchilar har kuni koronavirusga test topshiradi. Ularga jamoat transportidan foydalanish taqiqlanadi. Barcha qatnashchilar faqat olimpiya obektlaridagi maxsus ajratilgan joylarda va o‘zlari turgan mehmonxonadagina ovqatlanishi mumkin. Bundan tashqari, sportchilarning maxsus niqob taqmagan odamlar bilan muloqot qilishi taqiqlanadi. Shuningdek, ular bir metr ijtimoiy masofa saqlashlari lozim. Reglamentning yakuniy shakli iyunda – musobaqalar boshlanishidan bir oy oldin chiqishi kutilmoqda. Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli o‘yinlar bir yil keyinga ko‘chirilgan va shu yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha bo‘lib o‘tadi.
Sport
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIB Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.B. (ayol) 2018 yilda tug‘ilgan qiz farzandini fuqaro I.ga 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Buxoroda hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi O‘zbekistonda chaqaloq savdosining 3 ta asosiy sababi ma’lum qilindi Farzandini 120 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Oila va Jamiyat
Borrelning fikricha, Moskva hozirda "qarama-qarshilikni kuchaytirishga urinmoqda". Yevropa ittifoqi Rossiya bilan murakkab munosabatlar uzoq davom etishini kutmoqda, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel. "Rossiya bilan munosabatlar uzoq muddatga yomonlashishiga tayyor bo‘lish lozim", - dedi u Yevroparlamentda qilgan chiqishida. Borrelning qayd etishicha, "agar Rossiya astoydil xohish bildirsa, Bryussel bu munosabatlarni yaxshilashga tayyor". Ammo uning fikricha, Moskva hozirda "qarama-qarshilikni kuchaytirishga urinmoqda". U shuningdek, Rossiya bilan aloqa kanallarini ushlab turish kerakligini aytdi. Borrelning fikricha, YeI va Rossiya Eron yadrosi muammosi, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash kabi muhim xalqaro mavzularda hamkorlik qilishi mumkin.
Siyosat
Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Manchester Siti» safarda «PSJ» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Markinosning goliga de Bryyune va Mahrez javob berdi. Javob o‘yini 4 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. YeChL. Yarimfinal PSJ — Manchester Siti 1:2 28 aprel, «Park-de-Prens» Gollar: Markinos (15) — de Bryuyne (64), Mahrez (71). PSJ – Navas, Florensi, Markinos, Kimpembe, Bakker, Geyye, Paredes (Errera, 83), Verratti, Di Mariya (Danilu, 80), Neymar, Mbappe Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Diash, Kanselu (Zinchenko, 61), Rodri, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Foden, Mahrez, Silva. Ogohlantirishlar: Kanselu (31), Paredes (70), Neymar (74), de Bryuyne (86). Chetlatish: Geyye (77).
Sport
Internet olamida o‘zining mashhur kulgisi bilan tanilgan ispaniyalik Xuan Borxa 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozishdi. 5 aprel kuni 65 yoshga to‘lgan komik yurak kasalligidan vafot etgan. Bir necha yil avval Xuan Borxa Canal Sur telekanaliga intervyu bergan va suhbat davomida sohilda ishlaganini eslab, g‘aroyib tarzda kuladi. Bu kulgi keyinchalik internet olamida juda mashhur bo‘lib ketadi. Uni minglab turda parodiya qilib chiqishadi. Intervyuning original ko‘rinishi ilk marta 2007 yil YouTube’da paydo bo‘lgandi. Borxaning hayotida oxirgi yillarda qiyinchiliklar ko‘p bo‘lgan. 2020 yil uning oyog‘ini kesishadi. Internet foydalanuvchilari esa uning tibbiy qarzlarini to‘lash va nogironlik aravachasini sotib olishi uchun 14 ming yevro yig‘ishadi. 2021 yil internetda El Risitas nomi bilan mashhur bo‘lgan Xuan Borxa bu uchun odamlarga rahmat aytib, videomurojaat yo‘llagandi.
Madaniyat
Konsullik binosi Samarqand shahri Yalangto‘sh Bahodur 52-A uy manzilida joylashgan. Foto: Baxtiyor Mustanov Tadbirning ochilish marosimida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxon Sotiboldi, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va boshqalar ishtirok etishdi. Qozog‘iston elchisi hamda Samarqand viloyat hokimi tabrik so‘zi bilan chiqish qilishgach, ramziy lenta qirqildi va konsullik binosi ochildi. Avvalroq 7 mart kuni Samarqandda Turkiya bosh konsulxonasi binosi ham ochilgan edi.
Siyosat